Buxoro. Mir Arab madrasasi
XVI asr. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy tomonidan Buxoro xoni Ubaydullaxon 1533-1539 yillari in'om qilgan mablag' hisobiga qurilgan. Mazkur madrasada boshqa madrasalardan farqli o'laroq, xilxona ham mavjud. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy Movarounnahrda tasavvufda ulkan martabalarga erishgan. Mahalliy xalq uni "Arab amiri" ma'nosida "Miri Arab", deb ulug'lagan. Buxoro amiri Ubaydullaxonning o'zi ham shu maqbaraga dafn etilgan. Madrasada XX asrlargacha vaqf mollari saqlangan bo'lib, undan mudarris, talaba va imomlarga maosh tariqasida foydalanishgan. Bugungi kunda madrasada O'zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Mir Arab Islom o'rta-maxsus bilim yurti faoliyat ko'rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |