Qashqadaryo. Husam ota majmuasi
XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan Movarounnahrga hijrat qilgan din arbobi bo'lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga asos solgan hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ'ib qilgan. U 1090-1091 yillarda olamdan o'tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo'g'ul xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko'rsatilgan qabr toshlarining mavjudligi bu yerga XIII - XIV asrlarda mo'g'ullar ham dafn etilganini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |