O’zbеkiston davlatchiligi



Download 1,17 Mb.
bet23/155
Sana08.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#330327
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155
Bog'liq
ЭНГ ЯНГИ ТАРИХ МАЖМУА2021-2022 201021111306

Birinchi tamoyil iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustu­vor­li­gi­ni ta’­minlash. Bu qoida iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning barcha so­ha­­lari uchun poydevor vazifasini o‘tashini, ya’ni O‘zbekistonda iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Ta­mo­yil­da iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlari mavjudligi, ularni e’tiborga olmasdan ish yuritish mumkin emasligi aks etgan. Iq­ti­so­diy qonun­larning ob’ektivligini tan olib, xo‘jalik faoliyatini ular ta­labiga mos holda yuritish – o‘tish davri uchun muhim ahamiyatga ega ekan­li­gi qayd etil­gan. Iqtisodiyot o‘z qonunlariga ega bo‘lgani sababli uni siyo­­siy kurashlar, turli mafkuralar qurboniga aylan­ti­rish mumkin emas. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz o‘ziga xos ich­ki qonunlarga mu­­vofiq ri­voj­lanishi lozim. Biroq, bu iqtisodiyotga siyosat ta’siridan tamomila holi deb qa­rash­ni bildirmaydi. O‘zbekistondagi taraqqiyot zaruratidan kelib chiq­qan siyosat iqtisodiyotga faol ta’sir qilishi lozim bo‘ladi.

Ikkinchi tamoyildavlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshi­rish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etishi, es­ki­lik tarafdorlari qarshiligini bartaraf etishi shart. Bu qoida madaniy bo­zor iqtisodiyoti konsepsiyasiga tayanadi. O‘zbekiston mustabid-rejali, ma’muriy-buyruqbozlik uslubida boshqarilgan iq­ti­so­diyotdan erkin demokratik iqtisodiyot tomon borar ekan, G‘arb mamlakatlari asrlar davomida boshidan kechirgan tarixiy jarayonni o‘tashi shart emas. G‘arbda “beayov va tartibsiz” bozor iqtisodiyoti “yovvo­yi kapitalizm” nomini olgan va uzoq davr amalda bo‘lgan.

O‘zbekistonda esa madaniy bozor iqti­so­di­yotiga tar­­tibli ravishda o‘tish madaniy ra­qo­batni shakllantirishi, sheriklik alo­qa­la­­ri, iqtisodiy barqarorlikning us­tun bo‘lishi, ommaviy fa­ro­von­lik ka­bi belgilarga xos bo‘lishi ke­rak­ki, ularni davlatning ish­ti­ro­ki­siz ta­sav­­vur qilib bo‘lmaydi. Ik­kinchi tamoyil davlat iqtisodiyotga minimal darajada aralashib, uni o‘z holiga qo‘yishi zarur, degan g‘oyalarni inkor etadi va davlatning bu borada faolligini bildiradi. Jahonda dav­latning iq­tisodiy soha­da­gi funksiyasiga oid to‘plangan tajriba demokratik ja­miyat­da dav­lat­dan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy ins­ti­tut bo‘lmas­li­gini ko‘rsatdi.



Uchinchi tamoyil qonunlarning va ularga rioya qilishning ustuvorligini ta’minlash. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bi­lan qabul qi­lingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini hech qanday istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga so‘zsiz rioya qilishi lozim. Bu tamoyilga ko‘ra, qonunlar siyosiy hokimiyatni ta’minlovchi kuch, ularga jamiyat a’zolarini yuridik qo­nun­larga bo‘ysundiruvchi mexanizm sifatida qaraladi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar bar­cha­ning faoliyatiga tegishli, ammo ular ham eskiradi, ularni hayot taqo­zo­si­ga ko‘ra yangi qonunlarbilan al­mash­ti­rish zarur, ya’ni qonunchilikka ijo­­diy yondoshuv talab qilinadi. Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zga­ruv­chan­­lik yuridik qonunlarni ham o‘zgartirib borishni talab qiladi. Uchinchi tamoyil ta­la­b­lari yangi­cha qonunchilikni yaratishni taqozo etadiki, bu birinchidan, O‘z­­­be­kistonning milliy mustaqilligini, ikkinchidan, bozor isloho­t­la­ri­ni amalga oshirish uchun huquqiy baza yaratadi. Uchinchi tamoyil siyosiy tizimning bozor iqtisodiyoti talablariga monand tarzda demokratlashu­vi­ni bildiradi. Bu tizim sharoitida inson huquqlari, erki, fa­ro­vonligini ta’minlash bosh vazifaga aylanadi.

To‘rtinchi tamoyil faol ijtimoiy siyosat o‘tkazish. O‘zbekis­ton­da bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholining demografik holatini hisobga olgan holda,uni ijtimoiy himoyalash yuzasidan ol­­dindan ta’sirchan choralar ko‘rish lozim bo‘ladi. Bu tamoyil iqti­sodiyot va ijtimoiy sohalarning dialektik aloqadorligiga tayan­ga holda sotsial si­yo­sat yuritish zarurligini asoslaydi. O‘zbekistonning iqtiso­diy taraqqiyoti ij­­timoiy sohaning moddiy bazasini mustah­kam­la­shi, ijtimoiy sohaning ri­­vojlanishi esa inson omilini faol­lash­ti­rib, iqtisodiyotga kuchli ta’­sir ko‘rsatishi zarur. Ikki sohaning dia­lek­tik aloqadorligi ishlab chi­qa­­rishning moddiy va insoniy omil­la­ri yaxlitligidan kelib chiqadi. O‘z­­bekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli bozor iqti­so­diyo­ti­da­gi ijtimoiy yo‘naltirilgan, xalq farovonligini ta’minlashga qara­til­gan bozor xo‘jaligi bo‘lishini anglatadi. Shu maqsad yo‘lida yuritila­di­gan ij­timoiy siyosatning kuchliligi ijtimoiy adolatni ta’minlashi, ki­shi­­­larda boqimandalik kayfiyatini bartaraf etishi va ularda faol­lik­ni yuzaga keltirish bilan jamiyatdagi sotsial inoqlikni, sotsial guruh­lar o‘r­ta­sidagi muvozanatni ta’minlashni bildiradi. Bu siyosat inson omi­­lini ku­chaytirib shu orqali iqtisodiy taraqqiyotga kuchli ta’sir etadi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish