O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Bolalarda tayanch- harakat tizimi faoliyatining buzilishi



Download 6,21 Mb.
bet34/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

5.4. Bolalarda tayanch- harakat tizimi faoliyatining buzilishi.
Gavdaning chiroyli bo‘lishida bola tug‘ilganidan boshlab uning harakat—tayanch apparati o‘sib rivojlanishiga etarli e’tibor berish lozim. Agar u partada noto‘g‘ri o‘tirsa, yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan og‘ir jismoniy ishlar bilan shug‘ullansa, juda keng yoki tor oyoq kiyimlardan foydalansa, tayanch-harakat apparati noto‘g‘ri shakllanadi. Umurtqa pog‘onasining 3 xil: skolioz (yonga), lordoz (oldiga) va kifoz (orqaga) qiyshayishi farq qilinadi. Umurtqa pog‘onasining kasalligida umurtqa pog‘onasining fiziologik holatdan chiqib, old, yon va orqa tomonga qiyshayishi kuzatiladi. Skolioz tug‘ma bo‘lishi mumkin, lekin ko‘proq 5-15 yashar bolalarda, ayniqsa o‘quvchilar orasida ko‘proq uchraydi. Odamda qaddi-qomat 6 -7 yoshlardan boshlab shakllana boshlaydi. Uning maktabga borishi bilan partada dars davomida qanday o‘tirishi, doskaga chiqib o‘zini qanday tutishi, yurganda sumkasini qo‘liga olib, egilib yurishi yoki uy sharoitida xo‘jalik ishlarini bajarish jarayonida o‘zini qanday tutishi qaddi -qomat shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning kechalari uxlashini ham nazorat qilib borish muhim, uning tor joyda qisilib yotishi, baland yostiqlardan foydalanishi, g‘ujanak bo‘lib uxlashi tana suyaklari va umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi. Tayanch-harakat apparati faoliyatidagi patologik o‘zgarishlardan yana biri yassi oyoqlik bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, u asosan, bir joyda uzoq vaqt tik turib qolish, og‘ir yuk ko‘tarish, oyoqni qisadigan poyafzallar kiyish, raxit kasalligiga uchraganda uni uzoq vaqt davolamasdan yurish va shunga o‘xshash boshqa hollarda kelib chiqadi. YAssi oyoqlik oyoq panja gumbazining yuqoridagi sabablariga ko‘ra qisman yoki to‘liq tekislanishi oqibatida paydo bo‘ladi. YAssi oyoqlik tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. YAssi oyoqlikning oldini olishda dastavval oyoqqa mos keladigan poyafzal kiyish, yozda yumshoq erda (qumli yoki tuproqli) yalang oyoq yurish foydali. YAssi oyoqlikning kelib chiqishida oyoq panjalari muskul va boylamlarining kuchsizligi ham ma’lum o‘rin tutadi. SHuning uchun jismoniy tarbiya darslarida ularni yaxshi rivojlantiradigan va kuchaytiradigan mashqlar bajarish (oyoq uchida, tovonida, chekkasida yurish) muhim ahamiyatga ega.
SHunday qilib, o‘quvchi partada to‘g‘ri o‘tirganda qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi a’zolari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‘ziga zo‘r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir tomonga engashtirish odati borligi tufayli har bir o‘quv choragi o‘quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko‘chirish tavsiya qilinadi. O‘quvchilarning jismoniy mehnatini tashkil etishga doir muayyan gigiena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlim taalluqlidir. 8 yoshli bola uchun yuk og‘irligi 2 kg dan, 9-10 yoshli bola uchun 3 kg, 10-12 yoshli bola uchun 5 kg, 13-17 yosh oralig‘idagi bolalar uchun 12 kg dan oshmasligi kerak. Meditsina ko‘rigi sinfda jismoniy tayyorgarligi etarli, sog‘ligida o‘zgarish bor o‘quvchilarni aniqlashga imkon beradi. Bunday bolalar ustidan muntazam ravishda meditsina ko‘rigi olib borilishi shart. Agarda shunday bolalar borligi ma’lum bo‘lsa, ular bilan maxsus dastur asosida shug‘ullanish, qad-qomat buzilgan, umurtqa pog‘onasi qiyshaygan bo‘lsa, maxsus gimnastika mashqlari tayinlash va vrach tavsiyanomasi bo‘yicha davolash zarur.3
Sinf jihozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar
Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishi sinf xonalari, laboratoriyalarning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi, tana proporsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi yozuv stoli va stul kabi qismlar bo‘ladi. Bolalarda tayanch-harakat tizimi o‘suvchan bo‘lib, turli ichki va tashqi omillar ta’siriga sezuvchan bo‘ladi, natijada noto‘g‘ri o‘tirish, og‘ir, uzoq vaqt davomida bir xil (monoton) harakat qilish uning shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Bu erda shu narsa diqqatga sazovorki, bolaning maktabda shug‘ullanishi bilan u o‘tirganda, doska va safda davomli tik turishi tufayli juda ko‘p statik yuklamaga duch keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar sutka davomida 4-6 soat, yuqori sinflarda esa 8-10 soatgacha yuklamalarni olishadi. Bola tanasiga tushadigan statik yuklama u o‘ziga mos kelmaydigan partalarda o‘tirsa yanada ko‘payadi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egiluvchanligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘iga bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm masofa qolishi kerak. Masofa maksimal minimal va normal bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib o‘tiradi. Partaning cheti o‘tirgichdan 3-5 sm o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-20 gradus qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni engillashtiradi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘yining oldingi raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm buyli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. Hozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi nomerli partalar qo‘llaniladi. Bular A. B, V, G, D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchig‘ida shu partada o‘tirishi mumkin bo‘lgan bolaning bo‘yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi qo‘yilgan bo‘ladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., sinf doskasi bilan birinchi parta orasi 200 sm, yonbosh devor bilan parta orasi 50 sm va orqa devor bilan oxirgi parta orasi 65 sm bo‘lishi kerak.
Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf sathiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm dan 300 sm gacha, eni 120sm bo‘lib, boshlang‘ich sinflarda poldan 75-80 sm, yuqori sinflarda 80-90 sm tepaga o‘rnatiladi.



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish