5.1Suyaklarining kimyoviy tarkibi, tuzilishi va birikishi.
Skelet-muskul tizimi tayanch-harakat apparatini tashkil qiladi, bu apparat tarkibiga skelet va suyaklar kiradi.Odamning tayanch-harakat tizimi deganda undagi skelet va skelet muskullaridan tashkil topgan majmua tushuniladi. Skelet tizimi butun bir tananing tayanchi bo‘lib, ichki a’zolarni mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Ontogenez jarayonida skelet suyaklari rivojlanishining 3 ta bosqichi kuzatiladi:
Pardali bog‘lovchi – to‘qimali
Tog‘ayli
Suyakli
Ushbu bosqichni deyarli barcha suyaklar o‘tadi, bosh chanog‘i to‘plam suyaklari, yuz qismini suyaklari hamda o‘mrov suyaklari bundan mustasno. Ular tog‘ayli bosqichni o‘tmaydilar. Suyak moddasi organik moddalardan (1/3), asosan osseindan va anorganik moddalardan (2/3), asosan kalsiy tuzlaridan, ayniqsa, fosfor kislotali ishqordan (51%) tarkib topgan. Suyakning elastligi osseinga, mustahkamligi esa mineral tuzlarga bog‘liq. Ular hamkorlikda suyaklarni mustahkam qiladi. Suyaklarning kimyoviy tarkibi yoshga bog‘liq bo‘lib, bolalarda suyaklarni o‘ta elastik qiluvchi organik moddalar ko‘p bo‘ladi. Qari odamlarda organik moddalarning miqdori ancha kamayadi va bu suyaklarni yomon o‘sishi va shikastlanishi uchun sharoit yaratadi. Suyak to‘qimalariga osteotsitlar, osteoblastlar va osteoklastlar kiradi. Osteoblastlar – suyak hosil bo‘ladigan zonalardagi o‘suvchi hujayralardir, osteoklastlar esa suyakli moddalarni parchalanishini ta’minlaydi. Bular hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Suyak biriktiruvchi to‘qimalarning bir xili bo‘lib, uzun o‘simtali hujayralardan va tojsimon qattiq hujayra oralig‘i moddasidan iborat. Suyak to‘qimasi nervlar va qon tomirlari bilan ta’minlangan. Suyaklar sirtdan suyak pardasi bilan qoplangan. Suyak to‘qimasi kalsiy va fosfor uchun depo hisoblanadi.
5.2. Suyaklarning o‘sishi va rivojlanishi.
Skelet 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 85 tasi juft suyaklar bo‘lib, tog‘aylar va boylamlardan iborat. O‘lchami va shakliga binoan suyaklar naysimon va yassi bo‘ladi. Naysimon suyaklarning ko‘migi g‘ovak moddadan, o‘rta qismi tig‘iz moddadan iborat, o‘rtasi kovak bo‘ladi. Kovagi yog‘simon moddaga boy sariq ilik bilan to‘lgan. Naysimon suyaklar ko‘migidagi g‘ovak modda oralig‘i qizil ilik bilan to‘lgan. Qizil ilikda qon hujayralari hosil bo‘ladi. YAssi suyaklar sirtqi tomondan tig‘iz parda bilan qoplangan g‘ovak moddadan iborat. G‘ovak modda qizil ilik bilan to‘lgan. Kalla qutisi, to‘sh, kurak, qovurg‘alar yassi suyaklardan iborat. Ular himoya va tayanch funksiyasini bajaradi. G‘ovak moddadagi qizil ilik qon hujayralarini hosil qiladi. Bolalarda suyaklar yoshga qarab o‘sib, rivojlanib boradi. Ularning bo‘yiga o‘sishi suyak uchlari bilan tanasi orasidagi tog‘ay hisobidan bo‘lsa, eniga o‘sishi suyak pardasining ichki yuzasidagi hujayralar hisobidan bo‘ladi. Suyaklarning o‘sishini gipofiz bezi ajratib chiqaradigan o‘stirish gormoni boshqarib turadi. YOshlikda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘yning o‘sishi tezlashib, odam novcha bo‘ladi. Gormon kam ishlab chiqarilganida bola sekin o‘sadi va bo‘yi pakana bo‘lib qoladi. Skeletning rivojlanishi ayollarda 18 - 21 yoshgacha borsa, erkaklarda 20 - 24 yoshga borib nihoyasiga etadi. Skelet umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasidan iborat bo‘lgan tana skeleti, qo‘l-oyoqlar skeleti va bosh quti skeletidan iborat. Umurtqa pog‘onasi yuqoridan bosh qutisi va pastdan chanoq suyaklari bilan birlashgan bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi umumiy tana uzunligining 40% ini tashkil kilib, 24 ta erkin, alohida turuvchi (7 bo‘yin, 12 ko‘krak, 5 bel umurtqalari) va 9-10 ta birga qo‘shilib o‘sgan umurtqalardan (5 dumg‘aza, 4-5 dum.) iborat. Umurtqalar orasida tog‘aydan iborat chambarlar bo‘lib, ular umurtqa pog‘onasining harakatini yaxshilaydi. Bolalarda 1,5 yoshgacha barcha umurtqalarning o‘sishi jadal bo‘lib, bir tekis bo‘lsa, 3 yoshlilarda bel umurtqalari bo‘yin va yuqori ko‘krak umurtqalariga nisbatan ancha tez o‘sadi. 7-9 yosh va balog‘atga etishish davrida ham umurtqa pog‘onasining o‘sishi jadallashib, keyin bu holat deyarli sezilmaydi. Bolalarda umurtqa pog‘onasi yoshga bog‘liq holda suyaklanib boradi va bu jarayon umumiy bo‘y o‘sishining to‘xtashi bilan, ya’ni 21 — 23 yoshlarga borib yakunlanadi. Bola tug‘ilganidan keyin tegishli vaqt o‘tishi bilan uning umurtqa pog‘onasida fiziologik egilmalar paydo bo‘la boshlaydi. SHulardan dastlabkisi bola kallasini ushlab turadigan bulganidan keyin bo‘yin qismida hosil bo‘ladi (bo‘yin lordozi), o‘tirishni o‘rgangan 6 oylik bolalarda ko‘krak egilmasi (ko‘krak kifozi) hamda bola tik turish va yurishni o‘rganishi bilan bel egilmasi (bel lordozi) yuzaga keladi. Qovurg‘alarning suyaklanishi homila rivojlanishining 5-8 haftaligidan boshlanib, 20 yoshgacha davom etadi. Qo‘l va oyoq skeletlari. Qo‘l skeletiga o‘mrov va kurak suyaklaridan iborat elka kamari hamda elka, bilak, tirsak va panja suyaklaridan tashkil topgan erkin qo‘l qismi kiradi. Kurakning suyaklanishi bola 16-18 yoshga borguncha davom etadi, qo‘l erkin qismining suyaklanishi esa 18-20 yoshgacha, ba’zan undan ham keyinga qolishi mumkin. Panja va barmoqlarning suyaklanishi 11-12 yoshlargacha davom e tadi.2
Do'stlaringiz bilan baham: |