O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar



Download 6,21 Mb.
bet37/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

6.3. Qalqonsimon va paraqalqonsimon bezlar.
Qalqonsimon bez hiqildoq va traxeya sohasida joylashgan bo‘lib, ikki yon va o‘rta bo‘laklardan tashkil topgan. Bu bez tug‘ilishdan ancha oldin faoliyat ko‘rsata boshlaydi va u homilaning maromli o‘sishi uchun nihoyatda zarur bo‘ladi. 2 yoshda uning vazni taxminan 2 g bo‘ladi. Balog‘atga etish davrida va postnatal davrida 25-30 yoshgacha bez kattalashadi. Katta odamda vazni taxminan 25-30 g bo‘lib, 50 yoshdan keyin asta-sekin kichrayib boradi.
Qalqonsimon bezning asosiy morfo-funksional birligi bu follikulalardir. Follikulalar oval shaklida bo‘lib, uning devori kubsimon epiteliylardan tashkil topgan. Follikulalar kolloid suyuqligi bilan to‘lgan bo‘ladi va unda tiroksin, triyodtironin gormonlari tiroglobulin oqsili bilan birikkan bo‘ladi. Follikula orasidagi bo‘shliqlarda g‘ovak biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, unda qalqonsimon bezning boshqa gormoni - kalsitonin ishlab chiqaradigan parafollikula to‘qima joylashgan.
Qalqonsimon bezning gormonlari biosintezida yod ishlatilishi munosabati bilan sog‘lom odamning yodga kundalik ehtiyoji taxminan 150-220 mkg dan iborat bo‘ladi. qalqonsimon bezning faoliyatini markaziy asab tizimi idora qiladi. Qalqonsimon bez gormonlarining ta’siri organizmning metabolitik faolligini oshirishi orqali namoyon bo‘ladi. Bunda hamma turdagi moddalar almashinuvi (oqsil, yog‘ va uglevod) kuchayadi, bu esa energiya hosil bo‘lishining ko‘payishiga va asosiy almashinuvining ortishiga olib keladi. YOsh bolalarda o‘sish jarayoni va rivojlanish uchun buning katta ahamiyati bor. Miya to‘qimasining rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan energiya bilan ham ta’minlanadi, shuning uchun yosh bolalarda bu gormonlarning etishmasligi ham aqlan, ham jismonan barkamolligiga putur etadi. Ular to‘qimalarda oksidlanish jarayonlari va issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi, to‘qimaning nafas olishini idora qilish orqali organizmdagi energetik va biosintetik jarayonlarni qulay darajada saqlab turadi, a’zolar faoliyatini shoshilinch sharoitga moslashtirishda ishtirok etadi, markaziy nerv tizimining faolligini oshiradi, o‘sish gormoni sekretsiyasini quvvatlab turadi.
Kalsitonin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini idora qiladi va kalsiyning suyak to‘qimasidan chiqishini tormozlash xossasiga ega, bu qon plazmasida kalsiyning ulushi pasayishi va suyak to‘qimasining kalsiyni jadal o‘zlashtirishi bilan o‘tadi. Kalsitoninning ta’sirida suyak to‘qimasini shakllantirishda ishtirok etadigan suyak hujayralarining faoliyati faollashadi, bu organizm o‘sayotgan davrda kalsiyga ehtiyoj oshgan davrlarda ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Gormonning sekretsiyasi qon plazmasidagi kalsiy miqdoriga bog‘liq: kalsiyning ko‘payishi gormon ishlab chiqarishni kuchaytiradi, kamayishi esa tormozlaydi. Kalsitonin turga oid o‘ziga xos xususiyatga ega.
Kishilarda uchraydigan giper va gipotireoz holat kasalliklar xusu-siyatiga bog‘liq. Gormon mikdori ortishi Bazedov kasalligi nomini olgan diffuz toksik buqoqda yuz berishi mumkin. Bolalarda bu kasallikni gripp, angina, qizamiq, ko‘k-yo‘tal, skarlatina, revmatizm kabilar yuzaga keltiradi. N.A.SHereshevskiyning fikricha, bolalarda bu kasallikni aksariyat burun-halqum va tomoq sohasini zararlantiradigan infeksiyalar ko‘zg‘atadi.
Qalqonsimon bez etarli miqdorda tireoid gormoni ishlab chiqarmasa miksedema, ya’ni shilliq parda shishi, endemik buqoq va yosh bolalarda kretinizm nomi bilan ma’lum kasalliklar sodir bo‘ladi. Miksedema katta odamda qalqonsimon bezning bezsimon to‘qimasi massasi kamayib ketganda yoki gormonlar sintezi tormozlanganda rivojlanadi. Gormonlar tanqisligi almashinuvning barcha turlari: oqsil, uglevodlar yog‘ va tuz-suv almashinuvi to‘qimalarda, ayniqsa, teri va teri osti kletchatkasida suv va natriy xlorid almashinuvi buzilishiga sabab bo‘ladi. Bunda yurak tomir va asab tizimilarida o‘zgarish qayd qilinadi. Odatda, yurak urishi sekinlashadi, yurak mushaklarining tarangligi va arterial bosim pasayadi. YUz, tovush boylamlari, til, lab, qo‘l-oyoqlarning panja va tovonlari shishadi. Organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko‘rsatishi pasayadi. Aql pasayishi, befarqlik, lanjlik, uyquchanlik, psixik buzilishlar sodir bo‘ladi. Issiqlikni boshqarish buziladi. O‘zgarishlar qaytar shaklda bo‘lib, qalqonsimon bez gormonlari bilan o‘z vaqtida davolanganda batamom yo‘qolib ketishi mumkin.
Ovqatda yod moddasi etishmaganda endemik buqoq kasalligi rivojlanadi. U tashqi muhitda yod tanqis bo‘lgan geografik hududlardagi aholining katta qismini, ayniqsa baland tog‘ hududlari, o‘rmon joylardagi aholini zararlaydi. Bu joylarda yodning sutkalik iste’moli atigi 20-80 mkg bo‘ladi. Noqulay ijtimoiy sharoit, kalsiy, ftor tuzlarining ko‘pligi, kam vitaminli ovqatlar ham kasallik rivojlanishiga imkon beradi. Bolalarda endemik buqoqda yurak urishi maromdan chiqaradi, arterial bosim o‘zgarib turadi, ular jismoniy va jinsiy rivojlanishda orqada qoladi. Bunda organizmning yuqumli kasalliklarga moyilligi ortadi. Suyak tizimining rivojlanishi buziladi: naysimon suyaklar serbar va kalta bo‘ladi. Aqliy rivojlanish kechikadi: bolaning tili kech chiqadi, aqli zaif, so‘z boyligi kam bo‘ladi.4
Paraqalqonsimon bezlar. Bular qalqonsimon bezning orqa yuzasidagi ikki juft bezdir. Qalqonsimon bez oldidagi bezchalarning hujayralari paratgormon ishlab chiqaradi, u qalqonsimon bez gormoni -tirokalsitonin bilan birga qonda kalsiy va fosfor miqdorining doimiyligini saqlab turadi. Sog‘lom kishilarda qondagi tirokalsitonin va paratgormon miqdori dinamik muvozanatda bo‘ladi. Agar tirokalsitonin suyak to‘qimasida kalsiy miqdorining ortishiga va fosforning kamayishiga imkon bersa, paratgormonning ta’siri buning aksicha bo‘ladi va qonda kalsiyning ortishi, fosforning kamayishiga olib keladi.
Umuman olganda, fosfor-kalsiy almashinuvini idora qilishda, shuningdek, adrenokortikotrop gormon, glyukokortikoidlar, o‘sish gormoni, tiroksin, jinsiy gormonlar D vitamini ham ishtirok etadi. Ularning hammasi paratgormonning antagonistlari (aks ta’sir ko‘rsatuvchi) hisoblanadi. Qalqonsimon oldi bezlarining faolligi qondagi kalsiy darajasiga bog‘liq va agar u etarli bo‘lmasa, gormon ko‘p, kalsiy darajasi oshganda esa gormon kam ishlab chiqariladi.
Qalqonsimon oldi bezlari sekretor hujayralarining faoliyati etarlicha bo‘lmaganda skelet muskulaturasi, jumladan, qorin, diafragma muskullari, qovurg‘alararo muskullar tortishib-qisqarishi kuzatiladi. Bolalarda aksariyat hiqildoq muskulaturasi spazmasi paydo bo‘lib, buning natijasida nafas etishmovchiligi va asfiksiya rivojlanadi. Ortiqcha jismoniy harakatlar ta’sirida talvasa xurujlari, yuqumli kasalliklardan zaharlanish, D-avitaminoz, nerv-ruhiy zo‘riqish, sovqotish, issiqlab ketish holatlari kuzatiladi.
Paratgormon ortiqcha ishlanganda ayniqsa suyaklarda va buyrakda o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y beradi. Suyaklarga ta’sir etib, u suyak hujayralari faolligini oshiradi, natijada fosfat va kalsiy suyaklardan suyak to‘qimasidagi qonga o‘tib, fosfor-kalsiy birikmalari suyakdan chiqishiga olib keladi, bu suyak to‘qimasining tolali to‘qima bilan almashinuviga, suyaklarning yumshashiga, qiyshayishiga va sinishiga sabab bo‘ladi. Organizmning mineral tarkibi balansi o‘zgaradi, natijada fosfor turli birikmalar shaklida suyaklardan qonga o‘tadi. Kalsiy tuzlarining organizm ichki muhitidagi konsentratsiyasining ortishi hujayra membranalari faolligini pasaytiradi, bu nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligining va muskul to‘qimalari tarangligining pasayishiga sabab bo‘ladi, antidiuretik gormon ta’sirini pasaytiradi, buning oqibatida buyraklardan ko‘p miqdorda siydik ajralib chiqaradi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish