O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Nerv markazlarining asosiy xususiyatlari, tuzilishi va funksiyalari



Download 6,21 Mb.
bet15/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

3.2 Nerv markazlarining asosiy xususiyatlari, tuzilishi va funksiyalari.
Nerv markazlariga tizimiga bosh va orqa miya kiradi. U nerv tizimining boshqa qismlariga qaraganda tezroq rivojlanadi. CHaqaloq tug‘ilganida bosh miya massasi kattalar miyasining 25% ini tashkil qiladi. Bola bir oyligida bu ko‘rsatkich 50 % ni, 2,5 yoshligida -75% ni va 5 yoshda 100% ni tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining vazni 340 - 400 g bo‘lib, tana vaznining sakkizdan bir yoki to‘qqizdan bir qismini tashkil qiladi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o‘sadi. Bosh miyaning o‘sishi 20-30 yoshga borib to‘xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan tez o‘sadi.
Orqa miya kelib chiqishiga ko‘ra markaziy nerv tizimining qadimiy bo‘limi hisoblanadi. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda uning vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng bo‘lib, yassilashgan silindrsimon ko‘rinishga ega. YAngi tug‘ilgan bolada orqa miyaning massasi 6-10 g, uzunligi 13-15 sm bo‘ladi. 10 yoshda uning uzunligi ikki barobar oshadi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o‘sishi harakat faoliyati murakkablashishi bilan parallel boradi. Orqa miya odatda markaziy nerv tizimining boshqa bo‘limlariga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Homilaning dastlabki shakllanish davrida orqa miya anchagina katta bo‘ladi. YOsh bolalarning orqa miya ko‘ndalang kesimida oldingi shoxlarning orqa shoxlarga qaraganda sezilarli rivojlanganligi ko‘rinib turadi. Orqa miya segment shaklida tuzilgan bo‘lib, unda 8 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza, 1-2 ta dum segmentlari bo‘ladi. Jami 31 segment bo‘lib, ularning har biridan bir juftdan orqa miya nervlari chiqadi. Orqa miyaning har bir segmenti muskullarning muayyan guruhini, teri va boshqa a’zolarining ma’lum qismlarini innervatsiyalaydi. Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang va oq moddalar farqlanadi. Kulrang modda kapalaksimon shaklga ega va unda oldingi, orqa va yon shoxlarni ajratish mumkin. Orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxlarida harakat neyronlari joylashgan. Bular harakatlantiruvchi neyronlardir. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo‘ladi, ularga sezuvchi, ya’ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Sezuvchi neyronlarning tanasi orqa ildizlarning orqa miya tugunlarida, ya’ni orqa miyadan tashqarida bo‘ladi. Oldingi va orqa ildizlari birga qo‘shilib ketadi va shu tariqa orqa miya nervlari skelet muskullariga boradi. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nerv tolalari gavda, qo‘l va oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta’minlaydi. Ko‘krak va ikkita yuqori bel segmentlarining kulrang moddali oldingi va orqa shoxlaridan tashqari yana yon shoxlari mavjud. Ular simpatik nerv tizimiga qarashli tolalardir. Bu hujayralarning o‘simtalari orqa miya oldingi ildizlar tarkibiga kiradi. Orqa miyaning oq moddasi oldingi, yon va orqa kanalcha va ustunlarga bo‘linadi. Orqa miya reflektor va o‘tkazuvchi yo‘l funksiyalarini bajaradi.

Bosh miya odamda markaziy nerv tizimining oldingi va eng rivojlangan bo‘limidir. Bosh miya orqa miya singari oq (neyron o‘simtalari) va kulrang (neyron tanachalari) moddalardan iborat bo‘lgan to‘qimadir. Bosh miyada o‘rtacha 14 mlrd. nerv hujayrasi bo‘lib, uning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil qiladi.
1— uzunchoq miya,

  1. —miya kuprigi,

  2. — o‘rta miya,

  3. — gipofiz,

  1. — oraliq miya,

  2. — oldingi miyaning yarim sharlari,

7— chuvalchang,
8— to‘rt tepalik,
9— miyachaning yarim sharlari.



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish