O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet14/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

Nerv tolalari – po‘stloq bilan qoplangan nerv hujayralari o‘simtalaridir. Neyronlarning tanasi va dendritlarning ko‘p qismi bosh va orqa miyada joylashgan. Dendritlarning qolgan qismi va uzunligi 1-1,5 m bo‘lgan neyronlarning o‘simtalari markaziy nerv tizimidan tashqarida – periferiyada joylashgan. Ular bir – biri bilan qo‘shilib, nerv sopi va nerv tolalarini hosil qiladi. Nerv tolalari tanamizning barcha qismlaridagi signallarni bir – biriga uzatib, turli a’zolar o‘rtasida aloqani ta’minlab, organizmning ishlashini yaxlit tizim sifatida ta’minlaydi.
Nerv tolalari va nerv soplarining asosiy funksiyasi – nerv impulslarini o‘tkazishdir. Uch xil nerv tolalari mavjud bo‘lib, bularga – markazga intiluvchi (afferent) – sezuvchi, markazdan qochuvchi (efferent) – harakatlantiruvchi va aralash nerv tolalari kiradi. Aralash nerv tolalari sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalaridan iborat. Nerv tolalari tuzilishi va funksional jihatdan mielinli va mielinsiz nerv tolalariga bo‘linadi.
Mielinli nerv tolalari. Ba’zi nerv tolalari yog‘simon parda – mielin bilan qoplangan. Bu parda trofik, himoya va elektroizolyasion vazifalarni bajaradi. Mielinli nerv tolalarida qo‘zg‘alishni o‘tkazish tezligi mielinsiz nerv tolalariga nisbatan ancha yuqori (1 soniyada 120 m atrofida), mielinsiz nerv tolalarida esa, qo‘zg‘alishni o‘tkazish kamroq (1 soniyada 1-30 m) bo‘ladi. Ko‘pincha sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari mielinli bo‘ladi
Ontogenezning quyi bosqichlarida mielinli parda bo‘lmaydi va uning rivojlanishi, asosan, tug‘ilgandan keyin 2-3 yil davomida tugallanadi. Mielin pardalarining shakllanishi yashash sharoitiga ham bog‘liq. SHaroit noqulay bo‘lganda mielin pardaning rivojlanishi bir necha yilgacha chuzilishi mumkin. Bu holat esa nerv tizimining boshqaruv faoliyatining sifatini pasaytiradi.
Mielinsiz nerv tolalari. Mielinsiz nerv tolalari faqat SHvann hujayralar bilan qoplangan va ular vegetativ nerv tizimi tolalarning tarkibiga kiradi. Og‘riq, harakat va bosimni sezuvchi tolalari odatda mielinsiz nerv tolalaridan iborat bo‘ladi.
Neyron va nerv tolalarining yoshga bog‘liq xususiyatlari
Embrional rivojlanishning ilk bosqichlarida nerv hujayrasi - neyron tanasi va ikkita differensiyalashmagan, shoxlanmagan o‘simtalardan iborat. Uning tanasida sitoplazma va katta yadro bo‘ladi. Neyronlarning etilish jarayoni sitoplazmaning tez ortishi bilan tasniflanadi. Shu bilan birga, unda ribosomalar soni ko‘payib, Golji apparati shakllanadi hamda akson va dendritlar yuzaga keladi. Nerv hujayralarining turli tiplari ontogenez davomida geteroxron ravishda shakllanadi. Eng erta, ya’ni embrional davrda, afferent va efferent neyronlar etiladi. Tug‘ilgandan keyin (postnatal ontogenezda) mayda nerv hujayralarining (oraliq neyronlar) etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, nerv tizimida plastik qayta qurishlar uchun sharoit yaratadi. Alohida olingan neyronlar ham bir vaqtda etilmaydi. Eng kech dendrit apparati etiladi, uning rivojlanishi tashqi axborotning miqdor va sifatiga bog‘liq. Aksonlarni qoplab turuvchi mielin po‘sti ontogenezning postnatal davrida rivojlanadi. Uning rivojlanishi nerv tolasi bo‘yicha qo‘zg‘alishning o‘tish tezligini oshiradi. Ontogenezda mielinlanish ko‘pincha periferik nervlardan boshlanadi. Keyin nerv tolalarining mielinlanishi orqa miya, miya sopi, miyachada davom etadi va, oxiri, katta yarim sharlar po‘stlog‘ida tugallanadi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari mielin po‘sti bilan tug‘ilish paytigacha qoplanadi. Sezuvchi nerv tolalarining (masalan, ko‘rish nervi) mielinlanishi bolaning birinchi postnatal rivojlanish oylarida kuzatiladi. Uch yoshgacha barcha nerv tolalarining mielinlanishi tugallanadi, lekin mielin po‘stining va o‘q silindrning 3 yoshdan keyin ham kuzatiladi.



Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish