O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet16/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

Odam bosh miyasi
Uzunchoq miya va miya ko‘prigi orqa miyaning davomi bo‘lib, murakkab reflektor jarayonlarni amalga oshiradi hamda orqa miyani bosh miyaning yuqori bo‘limlari bilan bog‘lab turadi. Demak, uzunchoq miya va Varoliev ko‘prigi reflektor va o‘tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi.Uzunchoq miyaning uzunligi 3-3,5 sm va ko‘rinishi orqa miyaning shakliga o‘xshash tuzilmadir. Uzunchoq miya ichidagi bo‘shliq rombsimon yoki to‘rtinchi miya qorinchasi nomini olgan bo‘lib, u orqa miya kanalining davomi hisoblanadi. Uzunchoq miyada nerv hujayralarining ikki tomonlama simmetrik joylashgan uyumlari bo‘lib, ular yadrolarni hosil qiladi.
Uzunchoq miyaning reflektor funksiyasida bosh miyaning 5-12 juft nerv yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miya yuz terisi, ko‘z, burun, tilni nerv tolalari bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, nafas olish, qon-tomirlar harakati, qayt qilish, ter ajratish, yutish, aksa urish, yo‘talishlarning nerv markazlari ham uzunchok miyada joylashgan.
O‘rta miya oyoqchalari, to‘rt tepalikdan va orasida joylashgan miya suv yo‘lidan iborat. Miya oyoqchalari — orqa miyadan chiqib keluvchi o‘tkazuvchi yo‘llardan va bosh miyaning yuqori bo‘limlaridan keluvchi o‘tkazuvchi yo‘llardan tashkil topgan. To‘rt tepalikning yuqoridagi ikkita tepaligi ko‘ruv yo‘lining, pastki ikkita tepaligi eshitish yo‘lining po‘stloq osti markazlari hisoblanadi. To‘rt tepalikning yuqori va pastki bo‘laklarida eng sodda ko‘ruv (yorug‘likka qarab boshni burish) va eshituv (quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush kelgan tomonga burish) reflekslarining yoylari tugallanadi. To‘rt tepalikning ustki do‘mboqchalari ko‘zni nur yo‘nalishiga qarab ko‘z gavharining holatini atrof-muhitni aniq ko‘rishga (akkomodatsiyaga) moslashtiradi. O‘rta miya yadrolari sezuvchi va harakatlantiruvchi yadrolarga bo‘linadi. Harakatlantiruvchi yadrolar, ayniqsa qizil yadro, muskullar tarangligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi. Miya oyoqchasi tarkibidagi qoramtir modda murakkab yutish va chaynash harakatlarini, qo‘l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi va muvofiqlashtirish reflekslarini amalga oshiradi. O‘rta miyadagi qizil yadro — skelet muskullar tonusi boshqaruvida ishtirok etadi. O‘rta miyada yarim sharlarga boruvchi o‘tkazuvchi yo‘llar bor. Undan bosh miya nervlarining III (ko‘zni harakatlantiruvchi) va IV (g‘altak) nerv juftlari joylashadi. Qizil yadro o‘tkazuvchi yo‘llar orqali miyacha, oraliq miya va orqa miya bilan bog‘langan bo‘lib, qo‘l-oyoqlarni bukuvchi va yozuvchi muskullar tarangligini boshqarishda ishtirok etadi. Qoramtir modda nerv tutamlari orqali katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi markaziy pushtalar, peshona bo‘laklari va qizil yadro bilan bog‘langan. O‘rta miya ichida Silviev nayi (vodoprovod) nomini olgan bo‘shliq bor. U uzunchoq miya to‘rtinchi qorinchasining davomi bo‘lib, oraliq miyadagi uchinchi qoringacha o‘tadi. O‘rta miya ishtirokida hosil bo‘ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi. YAngi tug‘ilgan bolada ko‘z qorachig‘i refleksi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola 2-3 oylik bo‘lganida labirint reflekslari to‘la shakllanadi. Bola ulg‘aygani sayin tana holatini fazoda ushlab turish reflekslari rivojlanib murakkablashib boradi. O‘rta miya reflekslari 5-6 yoshli bolada kattalarnikidek bo‘ladi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish