O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Nerv to‘qimasi tuzilishi va funksiyalari



Download 6,21 Mb.
bet13/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

3.1Nerv to‘qimasi tuzilishi va funksiyalari.
Nerv to‘qimasi nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralari neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikligi va shakli jihatidan har xil bo‘ladi. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta, shoxlangan o‘simtalar-dendritlar va bitta shoxlanmagan uzun o‘simta-akson bor. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dendritlari to‘planib, kul rang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasn esa mielin pardasi bilan qoplangan nerv tolalari (aksonlar) dan tashkil topgan bo‘ladi. Neyronlar tashqi tomondan parda-membrana bilan qoplangan.
Nerv markazida ma’lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani bajarilishida bir guruh neyronlar ishtirok etadi. Bir guruh neyronlarning funksional birikmasi nerv markazi deb ataladi.
Nutq funksiyasi, lablar, hiqildoq, harakat muskullarining nerv markazlari uzunchoq miya, o‘rta va bosh miya katta yarim sharlar po‘tlog‘ida, so‘zlar ma’nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Nerv markazlari qo‘zg‘alish tormozlanish, transformatsiya, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega.
Nerv tizimi faqat tirik organizmlarga xos bo‘lib, turli organizmlarda turlicha tuzilgan va murakkablik darajasi bilan ham farqlanadi. Nerv tizimi tirik organizmning barcha to‘qimalari va a’zolarining o‘zaro aloqasini va bir butun bo‘lib harakat qilishini ta’minlaydi. Uning faoliyati tufayli xilma-xil impulslar qabul qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga javob reaksiyalari shakllanadi. Buning natijasida organizm o‘z-o‘zini idora qilishi va tashqi muhit sharoitiga moslashuvi jarayonlari boradi.
Nerv tizimi a’zolar va to‘qimalarga faol moddalar yordamida qon orqali ta’sir qiladigan gumoral tizimlar bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi.
Nerv tizimi markaziy va periferik tizimlarga ajratiladi. Markaziy nerv tizimi-bosh va orqa miyalardan iborat bo‘lib, u o‘zaro bog‘liq bo‘lgan neyronlar to‘plamlari-nerv markazlari va nerv tolalarining yig‘indisidan iboratdir. Bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari butun gavda a’zolari bilan bevosita bog‘langan. SHuning uchun bosh va orqa miyada joylashgan asab hujayralari butun gavdani idora qiladi. Bosh va orqa miyaning ko‘ndalang kesimlarida kulrang va oq moddalar ajratiladi. Kulrang modda asab hujayralarining tanasidan, oq modda esa mielin pardasi bilan o‘ralgan nerv tolalaridan tashkil topgan.
Nerv tizimining periferik qismi nerv gangliyalari (bosh va orqa miyadan tashqarida joylashgan neyronlar to‘plamlari) hamda nerv tola va boylamlaridan iboratdir.
Yuqoridagilardan tashqari, vegetativ va somatik nerv tizimlari farqlanadi. Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarning faoliyatini hamda modda va energiya almashinuvini boshqaradi. Somatik nerv tizimi esa ko‘ndalang targ‘il muskullarning qisqarishini va tananing fazoda harakatini ta’minlaydi.
N eyron – nerv to‘qimasi demakdir. Turli axborot uch xil neyronlar bo‘yicha o‘tkaziladi va uzatiladi. Birinchi tipdagi neyronlar – sezuvchi yoki afferent neyronlar. Ular axborotni sezuvchi nerv uchlaridan yoki maxsus tuzilmalardan – retseptorlardan bosh va orqa miyalardagi nerv markazlariga olib boradi. Nerv markazlarida olingan ma’lumotning qayta ishlovi amalga oshiriladi. Axborotning qayta ishlovida ikkinchi guruh neyronlari – oraliq neyronlar ishtirok etadi. Bu neyronlar bosh va orqa miya kanalidagi kiritma neyronlardir. Markaziy nerv tizimidan keyin axborot tanadagi barcha a’zolar va to‘qimalarga uchinchi guruh neyronlar – motoneyronlar orqali yuboriladi. Glial hujayralar. Glial hujayralar odatda neyronlar atrofida joylashib, ular uchun tayanch, oziqlanish va himoya vazifasini o‘taydi. Postnatal ontogenez davomida nerv va glial hujayralarning nisbati o‘zgarib turadi. CHaqaloqda glial hujayralarning soni neyronlarga nisbatan kam bo‘lib, 20-30 yoshlarda ularning nisbati tenglashadi, keyinchalik (30 yoshdan keyin) glial hujayralarning soni ortib ketadi. Masalan, 70 yashar keksalarda bosh miyadagi glial hujayralarning soni 70 % ni tashkil qiladi.
Bosh miya va orqa miyaning nerv hujayralari.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish