O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet20/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

3.3. Shartli va shartsiz reflekslar.
YAngi tug‘ilgan bolalarning individual moslashuvning ilk shakllari natural shartli reflekslar hisoblanadi. Bola tug‘ilganidan keyin 2 hafta o‘tgach, bir xil rejimda ovqatlantirilganda ovqatlantirishdan 30 daqiqa ilgari bola qonida leykotsitlar konsentratsiyasi ortadi, gaz almashinuvi kuchayadi va keyin bola uyg‘onadi. Ushbu hodisalar vaqtga nisbatan natural ovqatlanish refleksi sifatida baholanadi. Deyarli bir vaqtning o‘zida yana bir natural shartli refleks, ya’ni ovqatlanish uchun tana holati refleksi paydo bo‘ladi. Unga signal sifatida proprioretseptorlarni, teri va vestibulyar retseptorlarni qo‘zg‘atgichlarini majmuasi xizmat qiladi, ovqatlantirish esa uni mustahkamlaydi.
Bolalarni rejimga moslashishi (uyqu, bedorlik, ovqatlanish ) ketma – ket qo‘zg‘atgichlar majmuasiga vaqtli aloqala tizimini hosil bo‘lishiga asoslangan. Tug‘ilganidan keyingi birinchi yarim yilda bolalar uchun tashqi shartli qo‘zg‘atgichlar katta ahamiyatga ega emas. Masalan, ular atrofdagi holatni o‘zgarishlariga reaksiya qilmaydilar, lekin ovqatlanish va uyqu rejimini buzilishiga juda sezgirdir.
Nerv tizimining umumiy faoliyati shartli ravishda quyi va oliy nerv faoliyatlariga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv tizimining turli ichki a’zolar va skelet muskullarini uyg‘unlashgan holda ishlashini boshqarib turadigan funksiyasi quyi nerv faoliyati deyiladi. Nerv tizimining tez-tez o‘zgarib turadigan, uning tashqi sharoitga moslashishini ta’minlaydigan funksiyasi oliy nerv faoliyati deb nomlanadi.
Oliy nerv faoliyati odamdagi xulq-atvorini, ulardagi ruhiy jarayonlarni va miyada, ayniqsa katta yarim sharlarda, turli ijtimoiy harakatlar va ruhiy jarayonlarning msxanizmlarini o‘rganadi. Bunday jarayonlarga fe’l-atvor, instinkt, xissiyot, mayl-istak, ehtiyoj, uyqu va bedorlik, signal tizimlari, bosh miyada nerv jarayonlarining faolligi kabi murakkab ruhiy fiziologik hodisalar kiradi.
Oliy va quyi nerv faoliyatlarini kat’iy ajratish mumkin emas, chunki bu nisbiy tushunchadir va faolligi bir-biriga bog‘liq. Quyi nerv faoliyatining fiziologik asosi-shartsiz reflekslardir. Oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi shartli va shartsiz reflekslarning yig‘indisidir. Oliy nerv faoliyati, I.P. Pavlov ta’rifi buyicha, odamning fe’l- atvoridir. Fe’l-atvor esa tug‘ma va hayot davomida orttirilgan harakatlar — instinkt va reflekslardan iborat bo‘ladi.
Tug‘ilmasdan oldin paydo bo‘lgan nerv aloqalari organizmning tug‘ma faoliyatini belgilaydi. Tug‘ma faoliyatlarga misol qilib shartsiz reflekslar va instinktlarni keltirish mumkin. Tug‘ma faoliyat bo‘lishi uchun shu faoliyatni vujudga keltiruvchi va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar odamning prenatal rivojlanish davrida etiladi. Bunday faoliyat shartsiz reflekslar va instinktlar asosida amalga oshiriladi.
Shartsiz reflekslar — hayotiy muhim bo‘lgan tug‘ma reflekslardir. Ular nisbatan doimiy bo‘lib, ma’lum retseptiv maydonlariga ta’sir etishi natijasida stereotip holda sodir bo‘ladi. SHartsiz reflekslar funksional jihatdan bir necha guruhlarga bo‘linadi. Ovqatlanish reflekslari, bularga yangi tug‘ilgan bolaning emish harakatlari, og‘ziga biror narsa solinganda yutish xarakatlari, so‘lak ajralishi va boshqalar kiradi. Himoya reflekslari, ya’ni tashqi muhitning noqulay omillaridan himoya qiluvchi reflekslar. Masalan, qo‘lini olovdan tortib olish refleksi, sovukdan titrash refleksi, kuchli yorug‘da ko‘zni yumish refleksi va boshqalar. Chamalash reflekslari, har qanday noma’lum ta’sirlovchiga nisbatan bo‘ladigan reflekslardir. YAngi va kutilmagan ta’sirlovchi har kimning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Notanish odamni ko‘rganda bolada ehtiyotkorona harakatlar paydo bo‘ladi. I.P. Pavlov fikricha, bu refleks tashqi dunyoni bilishda ham katta ahamiyatga ega. Bu reflekslar tashqi muhitga moslanishni osonlashtiradi. O‘yin reflekslari, bolalarda juda yaxshi ifodalangan va moslashuv axamiyatiga ega. O‘yin reflekslari yosh bolalarda, ular 3-6 oylik bo‘lishi bilan paydo bo‘la boshlaydi. Pedagog va tarbiyachilar o‘yin reflekslari asosida juda ko‘p shartli reflekslar va foydali malakalarni shakllantirishlari mumkin. YUqorida ko‘rib o‘tilganlardan tashqari jinsiy, tananing fazoda siljishini, muvozanatini ta’minlovchi hamda gomeostaz shartsiz reflekslari ham mavjud bo‘lib, ular hayotchanlikni saqlashda alohida ahamiyatga ega.
Instinkt bu tug‘ma reflekslarning murakkab zanjiri — tug‘ma kompleks xatti —harakatlar bo‘lib, odam va hayvonni tashqi va ichki sharoitlarga tubdan moslaydi. Instinkt bilan tug‘ma refleks o‘rtasida unchalik katta farq bo‘lmaydi. Ko‘pincha instinkt harakatlar stereotipi avtomatik holda amalga oshiriladi. Instinkt harakatlari irsiy bo‘lib, ular orasida ovqatlanish, jinsiy, himoya, ota-onalik va boshqa instinktiv harakatlarni ajratish mumkin. Ontogenez davomida yashash sharoitining o‘zgarishi instinktiv reaksiyalarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Ovqatlanish instinktining markazi gipotalamus va talamusning yadrolarida joylashgan. O‘z-o‘zini himoya qilishga javobgar instinktiv harakatlar markazi gipotalamus va bazal gangliyalarda joylashgan. Jinsiy instinktning markazi ham gipotalamusdadir. Hissiyotlar ham instinkt hisoblanib, sezgi, his-tuyg‘ularning bir belgisi sifatida namoyon bo‘ladi va ularning markazi limbik tizimda va bosh miya sopida joylashgan.
Individual hayot tajribasi asosida orttirilgan harakatlarning yig‘indisi — shartli reflekslardir. SHartli reflekslar yordamida organizm tashqi o‘zgaruvchan muhitga va sharoitga moslashadi, yoshiga, extiyojlarga mos ravishda o‘zgaradi. SHartsiz refleksni qandaydir befarq ta’sirot bilan bir necha bor mos kelishi natijasida shartli refleks hosil bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi ikki nuqtasining bir necha bor bir vaqtda qo‘zg‘alishi ular o‘rtasida vaqtinchalik aloqa hosil bo‘lishiga olib keladi. Demak, shartli refleks hosil bo‘lishi mexanizmi asosida vaqtinchalik aloqaning hosil bo‘lishi yotadi.
Shartli reflekslarning hosil bo‘lish fiziologik mexanizmlarini kesilgan limon mevasini ko‘rganimizda so‘lak ajralishining kuchayishi misolida ko‘rib chiqaylik. Uni ko‘rish bilan kuchli nordon maza esga tushadi va so‘lak shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi. Biror marotaba limonni tatimagan odamda hech qanday so‘lakning ajralishi kuzatilmaydi. I.P.Pavlov funksional jihatdan bir- biridan shunday uzoq bo‘lgan ikkita narsa-ko‘z va so‘lak bezlari o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini aniqladi va ular o‘rtasidagi fiziologik aloqani o‘rganish uning keyingi tekshiruvlari uchun asos bo‘ldi. Og‘iz bo‘shlig‘iga biror narsa tushgandan keyin so‘lak ajralishining kuchayishi — bu shartsiz, tug‘ma refleksdir. Uning fiziologik markazlari yaxshi shakllangan bo‘ladi. So‘lak ajralishini boshqaruvchi va turli narsalarning aksini tahlil qiluvchi markazlar o‘rtasida aloqalar paydo bo‘ladi. Limonni ko‘rganda kelib chiqqan qo‘zg‘alish to‘lqinlari uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazi orqali afferent tolalar bo‘yicha katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ensa qismidagi ko‘rish markazlariga etib borib, qo‘zg‘alishni keltirib chiqaradi. SHunda agar limonni tatish imkoniyati bo‘lsa, uni ko‘rgandan keyin odamda po‘stloq ostidagi va po‘stloqdagi so‘lak ajralish markazlarida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. SHartsiz omil bo‘lgan ozuqaning (limonning mazasi) ta’siri shartli omil (limonning ko‘rinishi) ta’siridan kuchli bo‘lganligi uchun ozuqa markazi funksional jihatdan ustun bo‘lib qoladi va ko‘rish markazidagi qo‘zg‘alish to‘lqinlarini o‘ziga tortib oladi. Natijada ikkita ilgari bog‘lanmagan markazlar o‘rtasida funksional bog‘lanish paydo bo‘ladi. Bu funksional bog‘lanish limonni iste’mol qilish jarayoni qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. Keyinchalik faqat limonning ko‘rinishi tufayli paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish to‘lqinlari vaqtinchalik funksional ko‘prigi orqali oziq —ovqat markaziga o‘tib, u erdan esa markazdan qochuvchi tolalar bo‘ylab so‘lak bezlariga borib, ularning faolligini oshiradi va so‘lak ajralishini kuchaytiradi. I.P.Pavlov shartli reflekslarning kelib chiqishini bosh miya yarim sharlarida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish bilan po‘stloq osti yadrolari o‘rtasidagi vaqtincha funksional aloqa deb hisoblagan. Hozirgi paytda ma’lum bo‘lishicha, shartli reflekslarning hosil bo‘lishida bosh miyaning turli bo‘limlari ishtirok etadi. Vaqtinchalik bog‘lanishning hosil bo‘lishida po‘stloq osti yadrolarning funksional ahamiyati kattadir.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish