O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 6,21 Mb.
bet19/130
Sana20.07.2022
Hajmi6,21 Mb.
#831131
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
2 5190905505534448806

Proeksion va assotsiativ zonalar. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida ma’lum bir xildagi signallarni tahlil qilishda ishtirok etuvchi zonalar proeksion zonalar deb ataladi. Retseptorlardan keluvchi signallarning analizi va sintezi ayni o‘sha erda ro‘y beradi. Proeksion zonalardagi neyronlar o‘ziga xos (maxsus) xususiyatga ega. Masalan, ko‘ruv neyronlarining ba’zilari ranglarni, ikkinchilari harakatlarni, uchinchilari esa shakllarni sezadi. Proeksion zonalarda har xil birlamchi sezgilarning tahlili ro‘y beradi. Bu zonalar periferiyadan kelgan signallarni alohida-alohida tahlil qilish xususiyatiga ega.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida, yuqorida ko‘rib o‘tilgan birlamchi sensor zonalardan tashqari, ikkilamchi sensor yoki assotsiativ zonalar ham mavjud. Assotsiativ zonalardagi neyronlar juda xam ko‘p o‘simtalar orqali boshqa sensor va motor neyronlari bilan aloqada bo‘ladi. Ikkilamchi maydonlar analizatorlarning nerv yo‘llari bilan birlamchi proeksion maydonlar orqali birikadi. Agar assotsiativ maydonchalar zararlansa, kishi eshitsa ham, (masalan, eshitish zonasi) taassurotlarning asl mohiyatini tushuna olmaydi. Ko‘ruv assotsiativ zonalari buzilganda, odam narsani ko‘radi, lekin undan qanday foydalanish mumkinligini yodidan chiqaradi. Assotsiativ zona proeksion zonalardagi ma’lumotni mantiqiy jihatdan tartibga keltirib, harakatlarimiz, fikrlarimizni maqsadga muvofiq ravishda boshqaradi.
Uchlamchi zonalar ham assotsiativ bo‘lib, ular faqat birlamchi va ikkilamchi zonalardan signallarni qabul qiladi. Barcha harakat reflekslarining rejalashtirilishi, nutqning rivojlantirilishi ,uchlamchi maydonlarga bog‘liq. Agar uchlamchi assotsiativ maydonlar tug‘ma ravishda zararlansa, bola gapira olmaydi, oddiy maqsadga muvofiq bo‘lgan harakatlarni ham o‘rgana olmaydi va h.k.
Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining peshona qismidagi premotor yoki ikkilamchi harakat zonasi, yarim sharlar po‘stlog‘i peshona qismidagi uchlamchi harakat zonasi ham assotsiativ zonaga tegishlidir. Harakat tizimi odamda 4-7 yoshlarda fiziologik jihatdan etiladi. Bu zonalar buzilganda xulq-atvor harakatlarida ketma-ketlik va maqsadga muvofiqlik yo‘qoladi. Demak, turli bo‘limlardagi assotsiativ zona odamning aqliy va ijtimoiy funksiyalarini boshqaradi. Odamda assotsiativ zonalar hayvonlardagiga nisbatan ancha yuqori rivojlangan.
Chap yarim shar axborotni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga ko‘proq moslashgan. Ko‘pchilikda (o‘naqaylarda) chap yarim sharlar nutq jarayonini boshqarib turadi. O‘ng yarim sharda nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan, ko‘rish bilan aloqador bo‘lgan funksional markazlar joylashgan.
Proyeksion zonalar assotsiativ zonalarga nisbatan ertaroq etiladi. Proeksion zonalarning etilishi 3 yoshgacha tugallanadi, assotsiativ zonalar esa keyinroq etiladi. 7 yoshga borganda assotsiativ zonalarning funksional etilishi kuzatiladi. Lekin ularning morfologik etilishi o‘smirlik davrigacha davom etadi. Bosh miya po‘stlog‘ning peshona bo‘limlari hammadan kech voyaga etadi. Ularning etilish ketma-ketligi nerv jarayonlarining yoshga bog‘liq xysusiyatlarini hamda bolalar va o‘smirlarning hulq-atvorini balgilaydi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish