Qo‘zg‘alish va tormozlanish - asosiy nerv jarayonlaridir. Bu jarayonlarning bosh miyada bir - biriga munosabati, birining o‘rnini ikkinchisi egallashi, ularning bir - biri bilan almashinish tezligi nerv jarayonlarining dinamikasi deyiladi. Qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarining katta yarim sharlar po‘stlog‘i boshqa qismlariga tarqalishi va u joylarda ham qo‘zg‘algan qismlarni paydo bo‘lishi qo‘zg‘alish yoki tormozlanish irradiatsiyasi deyiladi. Agar qo‘zg‘alish yoki tormozlanish bir necha qismlardan bir joyga to‘plansa, bu nerv jarayonlari konsentratsiyasi deyiladi. Qo‘zg‘alishiing yarim sharlarda tarqalishini elektroensefalogramma yordamida kuzatish mumkin. YArim sharlardagi qo‘zg‘alish boshqa bo‘limlarga ko‘proq retikulyar formatsiyaning o‘ziga xos bo‘lgan tolalari orqali tarqaladi. Markaziy nerv tizimida tormozlanishning tarqalishi retikulyar formatsiyadan yarim sharlarga keladigan tormozlovchi impulslar tufayli ro‘y beradi.
Nerv jarayonlarining irradiatsiya va konsentratsiyasi paytida yarim sharlar po‘stlog‘idagi tormozlovchi sinapslar ta’sir doirasinng o‘zgarib turishi bu jarayonlarning chegarasini belgilaydi. Po‘stloqdagi qo‘zg‘alish irradiatsiyasi maktab yoshigacha bolalarda va balog‘at yoshidagi o‘smirlarda kuchaygan bo‘ladi, yosh oshgan sayin u kamayadi. Qo‘zg‘alish konsentratsiyasi maktab yoshidagi bolalarda e’tibor bilan tinglash, o‘qish, masalalarni echish va boshqalar asosida yotadi. Bosh miyada oddiy shartli refleks hosil bo‘lishi analiz va sintezdan iborat. Dastlab analiz (tahlil etish) retseptor neyronlarida, keyinchalik kontakt neyronlarda vujudga keladi. Oliy analiz esa analizator markazlarida odam organizmi uchun eng zarur signallarning tanlanishi tufayli sodir bo‘ladi. YArim sharlar po‘stlog‘i kelayotgan alohida ta’sirlarni birlashtirib sintez qila oladi. Analiz va sintez bosh miyada bir paytda yuz berishi mumkin. Bosh miyada dastlabki shartli signallar ular bilan birga keladigan barcha kompleks ta’sirlarga ham shartli refleks asosida javob shakllanadi. Bu hodisa shartli reflekslarning generalizatsiya bosqichi deyilib, u yarim sharlarning turli qismlarida kuzatiladi. Hayotimiz davomida juda ko‘p ta’sirlarga javoban shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Bular bir necha marta qaytarilib avtomatik ravishda bajarilishi mumkin. Bir-necha shartli refleksning ketma-ket avtomatik ravishda sodir bo‘lishiga dinamik streotip deyiladi. Dinamik streotipning hosil bo‘lishida bosh miyada turli omillarga javob reaksiyalari dastlab generalizatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ichki tormozlanishning rivojlanish bosqichiga o‘tib ta’sirotlarni ajratish qobiliyati kuchayadi va oxirgi harakatlarning shakllanishi avtomatlashish bosqichi bilan tugaydi. Ma’lum bir individga xos fe’l-atvor hosil qilishda dinamik streotip ishtirok etadi. Bolalarda imkoniyati boricha ijobiy, ularning rivojlanishiga yordam beradigan dinamik streotipli harakatlarni shakllantirish zarur. Bolaning o‘sishi, rivojlanishi, turmush sharoitlarining o‘zgarishi bilan bosh miyada ma’lum muddatli aloqalar paydo bo‘lib, eskilari yo‘qolib, yangi dinamik streotip hosil bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlari
Odam tabiatning faqat biologik emas, balki ijtimoiy mahsuli bo‘lib, uning oddiy nerv faoliyati o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Oliy nerv faoliyatidagi odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan narsa – konkret signallarni analiz va sintez qilinishidir.
Nutq. Odam va hayvonlar uchun taxminan bir xil bo‘lgan tashqi va ichki ta’sirlarni (yorug‘lik, tovush, mexanik ta’sirlar, bosim va boshqalar) I.P.Pavlov birinchi signal tizimi deb atagan. Faqat insonda bu signallarni nutq orqali ham ifodalash mumkin bo‘lganligi uchun Nutq tufayli insonda Nutqni ifodalashda harakat, imo-ishoralar muhim ahamiyatga ega. Aynan shu narsa nutqni paydo bo‘lishini tezlashtirgan. Nutq bu so‘zlar yig‘indisi emas, balki ma’lum bir ma’noni anglatadigan tovushlar, yozuvlar va harakatlardir. Nutqning shakllari ham bir necha xilga ajraladi. Nutqni akustik shakli. So‘zlarni ovoz yordamida ifodalanishi. Ovoz nutq uchun eng muhim tarkibiy elementlardan biridir. Eshitganda xotirada o‘rtacha har bir so‘zning 10 ms dan to‘xtalib o‘tishi so‘zning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Nutqni kinestezik shakli ovoz chiqarayotgan paytda biotoklar kuchayganligi aniqlangan. Soqov odamlar gapirayotganda lablardan ko‘ra qo‘lda bioelektrik faollik ortiq bo‘ladi. Nutqni optik shakli. Nutqni nafaqat eshitib, balki ko‘rib ham tushunish mumkin, bu yozilgan nutq yoki uning optik shaklidir.
Hayotining ikkinchi yarim yilida bola kattalar gapini tushuna boshlaydi. 7-8 oylik bola kattalar nutqidagi tovushlarni takrorlay oladi, 9-10 oyda kattalar ketidan yangi bo‘g‘inlarni takrorlaydi. Bir yoshga to‘lgan bola o‘nga yaqin oddiy va soddalashtirilgan so‘zlarni gapiradi. 1-1,5 yashar bolaning so‘z boyligi 10-20 ta so‘zni tashkil qilib, faqat otlardan iborat bo‘ladi. So‘z boyligi kengayishi natijasida 1.5-2 yashar bola so‘zlarni kalta gaplarga birlashtiradi. Ikki yashar bola 200 ga yaqin so‘zni o‘zlashtirgan bo‘ladi. Bu so‘zlar tarkibiga endi faqat otlar emas, balki sifat va fe’llar ham kiradi. 2-3 yashar bolalar tilning grammatikasidan foydalanaboshlaydilar. Endi bola tuzgan gaplar ko‘p so‘zlardan iborat bo‘ladi. Uch yoshga borib bola nutqining shakllanishi deyarli tugaydi. Keyingi yillarda bola o‘z fikrini to‘g‘ri grammatik holda bayon etishni o‘rganadi. Umuman, bola odamlar orasida o‘sib, tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lgan holdagina miyaning nutqqa taalluqli sohalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatish darajasi etarli bo‘ladi.