O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti qo’lyozma huquqida udk hotamova iroda ibrohimovna



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana09.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#486830
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
cognitive peculiarities of compound words in literature

Asoslanmagan 
qo’shma so’zlar

Bunda biz mustaqil morfemalarning asl 
ma’nosi va tarkibidagi umuman bog’liqlikni uchratmaymiz. Natijada asoslardan 
leksik ma’noni xulosa qilib bo’lmaydi. Masalan: fiddlesticks –“nonsense rubbish” 
– “bekorchi yoki norozi” bo’lish. Fiddle – firibgarlik, stick – asosan yopishtirmoq 
ma’nosida keladi. Ikkita mustaqil asosning hech biri “bekorchi yoki norozi bo’lish” 
ma’nosini bermaydi va bular shu sababga ko’ra asoslanmagan hisoblanadi. Night–
cap – “a drink taken before going to bed at night” – tunda uxlashdan oldin 
ichiladigan dori”, sweet–tooth–one who likes sweet food and drink – shirin ovqat 
yoki ichimliklarni yaxshi ko’rmoq.
Barcha misollardan ko’rishimiz mumkinki, qo’shma so’zlarning tarkibdagi 
so’z leksik ma’nosidan bunday ma’nosini tushunib bo’lmaydi. Bu guruhga 
kiruvchi ba’zi qo’shma so’zlarning butun so’zdagi yoki komponentlardagi ma’nosi 
so’z asl ma’nosi bilan mantiqiy bog’liq bo’ladi. Yuqoridagi sweet–tooth misoli 
bunga namuna bo’la oladi: sweet – shirin, tooth – tish demak, butun so’z
tarkibidagi sweet – shirin so’zi shirin ichimlik yoki ovqatni yoqtirmoq ma’nosiga 
mantiqiy bog’langan. Umuman, semantik holatga uchramaydigan misollar ham 
bor, masalan, dog–days – “the hottest part of July and August” – “iyul va avgust 
oylaridagi eng issiq payt”.
O’zbek tilida: suyuq oyoq – odatda qizlarga nisbatan ishlatilib, yomon 
yo’lga kirgan qizlarga aytiladi. Sho’r tumshuq – chehrasini ochib gapirmaydigan 
yoki har gapga arazalaydigan inson, sovuq qon – gaplari muomalasi yoqimsiz 
bo’lgan odam. Barcha misollardan ko’rinadiki, ularning tarkibidagi asl ma’no 
tashkil qilingan qo’shma so’z ma’nosiga umuman bog’liq emas.
Ba’zi paytlarda shunday so’zlarga ham duch kelamizki, ular ham 
asoslangan, 
ham 
asoslanmagan 
turga kiradi xuddi omonim so’zlardek. Masalan:
night–cap
1) a cap worn in bed at night – kechda kiyib yotiladigan bosh 
kiyim. Bu to’liq asoslangan qo’shma so’z.


2) a drink taken before going to bed at night – kechasi uxlashdan oldin 
ichiladigan dori. To’liq asoslanmagan qo’shma so’z.
eye–wash
1) a liquid for washing the eyes – ko’zni yuvish uchun suyuqlik 
yoki tomchi. To’liq asoslangan qo’shma so’z.
2) something said or done to deceive a person – insonni aldash. To’liq 
asoslanmagan qo’shma so’z.
eye–opener
1) enlightening or surprising circumstance – voqea 
hodisalardan xabardor qilish, ko’zini ochish. To’liq asoslangan qo’shma so’z.
2) a drink of liquor – ichimlik, suyuqlik ochadigan. To’liq asoslanmagan 
qo’shma so’z.
Keling endi shunday misollardan o’zbek tilida ham ko’rib chiqsak. 
Katta og’iz
1) og’zi katta inson. To’liq asoslangan qo’shma so’z.
2. Lavozimiga nisbatan katta gapirib qo’yadigan inson. To’liq asoslanmagan 
qo’shma so’z. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish