aks etishiga qarab belgilaydi yoki ifodalaydi. An’anaviy
semantikadan farqli
ravishda, kognitiv semantika lingvistik voqea–hodisalarni ekstra–lingvistik
faktorlar ya’ni, asosan psixologik va ijtimoiy–madaniy faktorlarga tayanib
o’rganadi.
Kognitiv semantikaga fan sifatida katta hissa qo’shgan olimlarning biri
A.Vyerzbikadir. Uning ta’kidlashicha, belgilarni o’rganayotgan paytda, biz
insonning konseptual tizimini o’rgana olamiz va uning uchun qaysi davrda qanday
tushunchalar muhim ekanligini anglab olishimiz ham mumkin. Yuqorida
ta’kidlanganidek, insonning o’ylash jarayoni noverbal aks etadi va belgilar
yordamida tushuniladi.
Kognitiv semantika nazariyasiga ko’ra, til konteyner
va inson miyasidagi
bilimlar jamlanmasidir. Til inson sifatini aks ettiradi. Shuning uchun, kognitiv
semantika pragmatikani ham o’z nazaridan chetda qoldirmaydi. Kognitiv
semantika ma’noni ikkita asosiy birliklarga ya’ni ma’no tuzilishi va bilimlarning
aks etishiga ajratadi.
Olimlarning fikricha, ma’no konseptualdir ya’ni u haqiyqiy dunyodagi
narsaning ifodasi bilan bog’liqdir. Aksincha, u inson miyasidagi obyekt yoki g’oya
bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Ya’ni kishilar tomonidan bitta narsa bir xil
tushunilishi mumkin emas. Shuni ta’kidlash joizki, ma’no tushunilishi nutq
so’zlovchining shaxsiy tajribasiga bog’liq. Ma’nolar tog’ri, notog’ri, aniq va
noaniq ifodalanishi va anglatilishi mumkin. Bu narsalarni esa kognitive lingvistika
o’rganadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek kognitiv tilshunoslik til va ongning o’zaro
bog’likligini o’rganadi. Buning uchun esa albatta ma’no katta ahamiyatga ega. Biz
bir necha marotaba ma’no va unga bog’liq bo’lgan konsept tushunchasini ishlatdik.
Aslida konsept nima? XX asrning birinchi
yarmida konspet tushunchasi
tilshunoslikda qo’llanila boshladi. Aslida bu so’z ingliz tildan kirib kelgan bo’lib,
ko’pgina tillarga “tushuncha” ma’nosini beradi. Uning haqiqiy va chuqurroq
ma’nosini anglash uchun bir qancha tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.
Konsept barcha millatlar uchun umumiy maxsus xarakterga ega xususiyati
mavjud. Lingvistik ensiklopedik lug’atda bu tushunchaga quyidagicha ta’rif
beriladi: konspet – “so’z ma’nosi” kabi tushuncha bo’lib, faqat bog’lanishlar tizimi
nuqtai nazaridan farqlanadi; ma’no–til tizimida;
tushuncha ham mantiqda, ham
tilshunoslikda tadqiq etiladigan mantiqiy munosabatlar va formalar tizimida
bo’ladi” (Лингвистическая энциклопедия, 1990).
Tilshunoslarning fikriga ko’ra, har qanday konseptda quyidagi qatlamlar
bo’ladi va bu konseptning maqsadiga ham kiradi:
1.
Faol– hozirgi davr uchun umumiy xususiyatlari va asos guruhlarini
o’rganish.
2.
O’tmish– konspetning tarixiy rivojlanish. Ya’ni uning etimologiyasi va
yozuvgacha bo’lgan tarixi.
3.
Ichki– ma’no yoki tushunchaning kelib chiqish sabablari.
4.
Tahlil qilinayotgan so’zning paradigmatik bog’lanishlarini o’rganish.
Konspetning o’z ichida ikki xil usuli bor va
bular uning vazifasiga ham
kiradi. Bular madaniy va kognitiv. Madaniy jihatdan konsept – bu turli xil
madaniyatdagi turli xil tushunchalar. Kognitiv nuqtai nazaridan esa har qanday
ma’no bu konspetdir. Chunki har bir so’z qandayadir ma’lumotni anglatadi.
Demak, konsept – bu tasavvur. Konsept – bu tushuncha. Konsept – bu
tafakkur birligi. Konsept – bu tildagi milliy ma’no. Konsept – bu ma’no
belgilaydigan qism.
XIX asrning ikkinchi yarmida chet davlatlarida tilshunoslik fani ancha
rivojlandi. O’zbek tilshunosligida esa bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmiga
kelib boshlandi va bunda asosan zamonaviy adabiy til me’yorlar ishlab chiqildi.
Vaqt o’tgani sayin kechagi kun o’z o’rnini ertangi kunga bo’shatib bera
boshladi va o’zbek formal tilshunosligi ham yangi zamonaviy tilshunoslikka zamin
yaratib
til va tafakkur aloqadorligi, tilning ichki imkoniyatlari va dialektlar qattiq
urg’u bera boshladi.
Bugungi XXI asr o’zbek tilshunosligida kognitiv tushunchasi tez–tez
qo’llaniladigan bo’ldi va bu o’zbek tilshunosligi uchun tilshunoslik dunyosining
navbatdagi ochilmagan qirrasini ochilishi bo’ldi. Shu bilan bir qatorda o’zbek
lisoniysida “konsept” tushunchasi ham bot– bot uchrab turibti. Bu yangi fenomena
hali o’zbek tilshunosligida to’liq o’rnashmagan desak xato bo’lmaydi. Chunki bu
tushuncha “O’zbek tilining izohli lug’ati” 5–tomida berilmagan. Bundan tashqari
“lingvistik terminlarning izohli lug’ati” da ham berilmagan ekan.
Neologizm
sifatida mavjud bo’layotgan ushbu so’z o’zbek tilida quyidagi ma’nolarda
qo’llanilib kelinyapti:
1.
Milliy–madaniy bilim sifatida qaraluvchi lisoniy birlik.
2.
Bilimlar yig’indisini yetkazuvchi lisoniy birlik.
3.
Pragmatik Sistema.
Har qanday tushuncha bu qandaydir bilim majmui sifatida qaraladi va bu
o’rganish kuzatish, taqqoslash va analiz qilish orqali amalga oshiriladi. Shu
ma’noda har qanday fanda uni yanada chuqurroq idrok etish uchun uning o’ziga
mos keluvchi metodlardan foydalanishi fanni yanada yaxshiroq tushunishga
yordam beradi va metodologiya fani oldida ham o’z vazifasini bajaradi. Kognitiv
tilshunoslikdagi metodlar navbatdagi bobda ko’rib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: