taqsimlash omillari
ham ta’sir qiladi. Ishlab
chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat
resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda
samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real
foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan
qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
13.2 - chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar
Real mahsulot ikki asosiy usulda:
1) resurslarning ko’proq hajmini jalb etiliti;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan ko’paytirilishi
mumkin (13.2-chizma):
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham
mavjud bo’ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi
kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda
davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar
1.Band bo’lganlar soni
2.Ishlagan kishi-soatlarining
o’rtacha miqdori
1.Texnika taraqqiyoti
2.Kapital qo’yilmalar hajmi
3.Ta’lim va malaka tayyorgarligi
4.Resurslarni joylashtirish
samaradorligi
5.Boshqa omillar
Mehnat
sarflari
Mehnat
unumdorligi
Ishlab
chiqarishning real
hajmi
241
mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini muhofaza qilishni tartibga
solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida iqtisodiy
o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga
oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat
unumdorligini oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga
jalb qilinadi.
3. Iqtisodiy o’sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish, hamda
uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari
pirovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu
modellar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida
ikkita nazariya - makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik
neokeynscha) nazariyasi, hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik
neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari
quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1) mahsulot ning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan
yaratiladi;
2) ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan
mahsulot iga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini
qo’shadi. Shunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan
mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar
o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud;
4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular
o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim
yo’nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l
qo’yadilar:
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi,
ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki,
barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar,
balki o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat
yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. Lekin barcha omillar
yaratilgan va o’sgan (ko’paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda
qatnashadilar;
242
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol
o’ynashini, qolganlari esa passiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech
bir tabiiy resurs, kapital resurslari jonli mehnat tomonidan harakatga
keltirilmasa, o’zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham
jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli
mehnat tomonidan saklab qolinishi million yillardan beri milliard martalab
tasdiqlanib kelmokda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi
kelmaydi.
Neoklassik model’ ko’p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisod chi
P.Duglas va matematik CH.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi
asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajminint
o’sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat
qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda:
Y
- ishlab chiqarish hajmi;
K
α
-kapital sarflari;
L
β
- ishchi kuchi sarflari;
A, α, β
- ishlab chiqarish funktsiyasining koeffitsientlari:
A
- mutanosiblik koeffitsienti;
α
va
β
- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari
bo’yicha elastiklik koeffitsienti.
Elastiklik koeffitsienti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi
natijasida boshqa bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini
ifodalaydi. Shunga ko’ra, α
koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o’sishi
ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini, β koeffitsienti esa ishchi
kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga
o’sishini ko’rsatadi. α
va β ning yig’indisi ishchi kuchi va kapital
sarflarining bir vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining
necha foizga o’sishini ko’rsatadi.
CH.Kobb va P.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash
sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib,
ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rsatkichlarini aniqlatshga harakat
qilganlar:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y
Bu ko’rsatkichlar shunianglatadiki, o’sha davrda AQSH qayta ishlash
sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini
243
0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish
hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini golland
iqtisodchisi yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil -
texnika taraqqiyoti ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish
funktsiyasi formulasi quyidagi ko’rinishni opli:
n
a
a
e
L
AK
Y
1
bu yerda:
e
n
- vaqt omili.
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda
nafaqat
miqdor,
balki
«texnika
taraqqiyoti»
atamasi
orqali
uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari - ishchi kuchi malakasining o’sishi,
innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning
takomillashuvi, Jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va
boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Harrod va amerikalik
olim Ye.Domarning iqtisodiy o’sish modellari e’tiborga molik
hisoblanadi.
Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo’lib, ular
quyidagilar orqali shartlanadi: 1) ular neoklassik modellardan farqli
o’laroq bir omilli modelь hisoblanadi. ya’ni bu modellarda milliy
daromadning o’sishi faqat kapital jamg’arishning funktsiyasi hisoblanib,
kapital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining
oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar
nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig’imi ishlab
chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog’liq bo’lmay, faqat ishlab
chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va
uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy
daromadning o’sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab
chiqarish kuvvatlarini kengaytiradi. O’z navbatida daromadning o’sishi
bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko’payishi
natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o’sishi
orqali to’liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko’ra, Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali
muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi:
244
Do'stlaringiz bilan baham: |