Gazlarni fizik absorbtsiya usulida tozalashning xemosorbtsion tozalashdan farqi shundaki, gazlarni vodorod sulfid va karbonat angidritdan tashqari, uglerov seooksidi va merkaptanlardan tozalash mumkin. - Fizik–kimyoviy absorbtsiyada gazlarni tozalashda kombinatsiyalangan (qo`shma) absorbentlar ishlatiladi. Ular kimyoviy va fizik absorbentlar aralashmasidan iborat. Bunday absorbentlar gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalarining oraliq erish ko`rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Bunday absorbentlar gaz tarkibidan vodorod sulfid va vodorod dioksididan tashqari oltingugurtning organik birikmalaridan yupqa tozalash imkoniyatinimi beradi. Sanoatda “Sulfinol” fizik-kimyoviy absorbent sifatida eng ko`p tarqalgan bo`lib, diizopropanolamin (30-40%), silfunol (tetragidrotionen dioksidi 40-60%) va suv (5-15%) aralashmasidan tashkil topgan. Shu bilan birga bugungi kunda “Ukarsol” absorbenti ham qo`llanilib kelinmoqda. Bu absorbent tarkibida CO2 bo`lgan gazlarni vodorod sulfid bilan birga oltingugurtning organik birikmalaridan selektiv tozalash imkonini beradi.
Gazlarni absorbtsion tozalash tizimi 14 2) Gazlarni adsorbtsion tozalsh. Gazlani tozalashning bunday usuli qattiq yutuvchi moddalar (adsorbentlar) orqali selektiv tozalashga asoslanadi. Gazlarni adsorbtsion tozalashning yutuqligi: - adsorbentlar yuqori yutuvchanlik xossasiga ega; - gazlarni yupqa tozalash bilan quritish (-70 oC gacha) imkoniyati mavjudligi. Uning kamchiliklari: - jarayonning yarim davriyligi;
Gazlarni adsorbtsion tozalash texnologik tizimi 3) Katalitik usul. Bunday usul suyuq yutuvchi moddalar (absorbent) yoki qattiq yutuvchi moddalar (adsorbent) yordamida to`la tozalanmagan gazlarni qayta (ikkilamchi) tozalashda ishlatiladi. Sanoatda katalitik tozalashning ikki usuli qo`llaniladi: - vodorod yoki suv bug`i bilan gidratlash natijasida vodorod sulfid va oltingugurt qatnashmagan birikmalarga ajratish. Bu jarayonda katalizator sifatida kobalt oksidi, nikel, alyuminiy oksidi, molibden qo`llaniladi; - vodorod sulfidni oddiy oltingugurt yoki merkaptanlarni disulfidgacha katalitik oksinlantirish.
Har bir gaz konlarida tabiiy va yo`ldosh gazlar tarkibidagi oltingugurt birikmalari va ularning konsentratsiyasi turlicha bo`ladi. Bunday gazlar tarkibida asosan oltinguguert birikmalari vodorod sulfid ko`rinishida, hamda ba‟zi hollarda uglerod serooksidi va yengil merkaptanlardan iborat bo`lib, ularning konsentratsiya miqdori vodorod sulfidga nisbatan kam bo`ladi. Aniq bir gaz tozalash jarayoni qurilmalarida gaz tarkibidan oltingugurt birikmalarini ajratib olish miqdori tozalanayotgan gaz sarfi va gaz tarkibida oltingugurt birikmalarining boshlang`ich konsentratsiyasiga bog`liq. Shuni ta‟kidlash lozimki, tozalangan gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalarining qoldiq miqdoriga ham talablar turlicha bo`ladi. Masalan, gidrotozalsh jarayoni qurilmalarida tozalangan gaz tarkibidagi oltingugurt birikmalari miqdori 5 g/m3 dan kam bo`lmasligi, yoki etilen ishlab chiqarish uchun tozalangan gaz tarkibida oltingugurt birikmalari miqdori esa 0,0001 mg/m3 dan oshmasligi talab qilinadi. Shuning uchun ham, qoldiq konsentratsiya miqdoriga qo`yilgan talablarning turli tumanligi, gazlarni tozalshning bir qator jarayonlarini yaratilishiga asos bo`ldi. XEMOSORBTSION TOZALASH JARAYONI Gazlarni xemosorbtion tozalsh jarayoni keng tarqalgan bo`lib, u gazlarni 99,9% gacha tozalsh imkoniyatiga ega. Bunda etanolaminli tozalsh jarayoni ko`p qo`llaniladi. Mono- va dietanolaminlar gaz tarkibidan vodorod sulfid va uglerod dioksidini, trietanolaminlar esa – faqatgina vodorod sulfidlarni ajratib oladi. Gazlarni monoetanolaminli tozalsh jarayoni eng qadimiy jarayon bo`lib, u 1950-yillarga qadar oltingugurt birikmalardan tozlashda yagona jarayon hisoblangan. 16 Bunday jarayon gaz tarkibidan oltingugurt birikmalarni ajratishda 20-40 oC haroratda va yugori bosimlarda olib boriladi. Atmosfera bosimi ostida va 105-130 oC haroratda yutuvchi modda regeneratsiya jarayoni borim oltingugurt birikmalari ajratib olinadi. Bu jarayon uchun asosan monoetanolaminning 15-20 foizli konsentratsiyasi va moni- va dietanolamin aralashmasi qo`llaniladi.