I.2.Tabiiy gazni vodorod sulfiddan tozalash jarayoni va qo`llaniladigan jihozlar
Gazlarni sintetik tseolitlar yordamida tozlash. Tseolitlar – bu sintetik yoki tabiiy alyumosilikatlar, ularning karkasida kremniy va alyuminiy tetraedrik konfiguratsiyada bo`lib, ishqor metallarini bilan birikgan. Boshqa adsorbentlarga nisbatan tseolitlar yuqori yutuvchanlik xossasiga ega, ifloslanish va kokslanish darajasi past. Ulardagi o`yiqlarning turli o`lchamlarda bo`lganligi bilan, molekulalarning o`lchamlariga bo`g`liq holda adsorbtsiyada unikal selektiv xususiyatlariga ega. Ularni qo`llash natijasida: adsorbentning hajmiy og`irligini kamaytirish mumkin, past bosimlar o`zgarishlari rejimlarida ishlatish mumkin, gaz yo`qotilishini bo`lmaydi, qurilmaning ishonchliligi va uzoq muddatda ish vaqtini ta‟minlash mumkin. Gazlarni tozlashda CaA tipidagi tseolitlar ishlatiladi. Bunda gazlarni quritish ham amalgam oshiriladi. Jarayon 1,7-5 MPa bosim ostida amalgam oshiriladi. Vodorod sulfidning qoldiq miqdori 1mg/m3. Gaz tarkibidan birinchi bo`lib suv va vodorod sulfid, keyin esa – uglerod dioksidi adsorbtisyalanadi. Tseolitlarni regeneratsiya qilishi uchun, ularni 300-350 oC gacha qizdirilgan tozalangan gaz oqimidan o`tkaziladi. 23 Bunday jarayonning kamchiligiga, adsorbentni regeneratsiya qilish uchun ko`p miqdorda toza gaz sarflanadi (10% hajmiy toza gaz) va qayta ishlatilgan gaz yodirilib, gazning va oltingugurtning yo`qotilishiga sabab bo`ladi. Gazlarni aktivlashtirilgan ko`mir yordamida tozalash. Faollangan ko`mirlar odatda tarkibida uglerod bor yog`och, torf, hayvonlar suyagi, toshko`mir kabi mahsulotlarni havosiz haydash yo`li bilan olinadi. Ko`mir faolligini oshirish uchun unga 900 °C dan ortiq temperaturada havosiz termik ishlov beriladi. Bunda, materiap g`ovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida ekstraktsiya qilib olinadi. Faollangan ko`mirlarning solishtirma yuzasi - 600...1750 m2 /g, to`kma zichligi - 250...450 kg/m3 , mikrokovaklar hajmi - 0,23...0,7 sm3 /g. juda kam
1.2-Rasm
Adsorbtsiya jarayonini tashkil etish usullari. Adsorbtsiya jarayonini tashkil etish sxemalari 1.2-rasmda keltirilgan. Donador adsorbentlar uchun qo`zg`almas (a) va harakatchan (b,v) qatlamli sxemalar ishlatiladi. Birinchi holatda jarayon davriy bo`adi. Dastavval adsorbent qotlami L orqali bug`-gaz aralashmasi G o`tkaziladi va u yutilayotgan modda bilan to`yintiriladi; undan so`ng siqib chiqaruvchi modla V yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Anashunday yo`l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya`ni desorbtsiya jarayoni sodir buladi. Ikkinchi holatda adsorbent L yopik sistemada tsirkulyatsiya qishadi (2.5 b-rasm). Adsorbentning to`yinishi qurilmaning yuqori – adsorbtsion zonasida, qayta tiklanish esa - pastki desorbtsion zonasida yuz beradi. Agar, adsorbent kukun, changsimon ko`rinishda bo`lsa, tsirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlamli sxema ko`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |