Klinik belgilar. Lichinkalari baliqlar ko‘zining xrustalida
parazitlik qilishi natijasida unda yallig‘lanish jarayoni kechib, uning xiralashuviga, ko‘zning ichki kamerasida yorug‘lik borishining qiyinlashuviga, ohak moddasining yig‘ilib qolishiga, xiralashuv va unda oq-sut rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning oldingi kamerasida ekssudat yig‘ilib qoladi, uning bosimi ostida esa ko‘zning shox pardasi qayrilib ko‘z chaqchayishining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan muguz pardaning shakli
o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Kasallik- ning o‘tkir oqimi, asosan, yosh baliqlarda kuzatiladi. Ularda serkariylarning MNSda kirib qolishi va harakati natijasida, nerv markazlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Serkariylar teri qatlami orqali organizmga kirib qolishi oqibatida, teri qatlamining jarohatlanishi, ayrim joylarining qorayib qolishi, qon quyilishi, umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Baliqlarning harakatida o‘zgarish namoyon bo‘ladi, ular tez va pala-partish suzadi, suv ostiga sho‘ng‘ib ketadi, tezda suv yuzasiga suzib chiqib, suvdan o‘zini otadi. Zog‘orabaliq lichinkalarining nobud bo‘- lishi ular organizmiga 5—7 ta serkariylarning kirishi natijasida kuzatiladi. Agarda serkariylar soni 10—12 ta bo‘lsa, o‘lim 70— 85 foizga yetadi. Har xil turdagi baliqlar serkariylarning orga- nizmga kirishi turlicha reaksiya beradi. Masalan, gulmohi turidagi baliqlarning lichinkalari uchun serkariylarning o‘ldiruvchi miq- dori karp turidagilarga nisbatan ikki marotaba ko‘p bo‘lsa, pelyadlar uchun 3—4 marotaba ko‘p miqdorni tashkil qiladi.
Kasallikning surunkali oqimi katta yoshdagi baliqlarda namo-
yon bo‘ladi. Yaqqol ko‘rinuvchi klinik belgilar kuzatilmaydi, bi- roq muguz pardasiga o‘rnashib olgan serkariylarning ta’siri na- tijasida ko‘rish qobiliyati qisman izdan chiqadi. Baliqlar yaxshi oziqlansa-da, oriqlaydi, o‘sish, rivojlanishdan orqada qoladi, ular ko‘proq suvning yuzasida suzib yurishi natijasida baliqxo‘r par- randalarga yem bo‘lib qoladi.
Patogenezi. Metatserkariylar o‘zlarining so‘rg‘ichlari bilan ko‘zning muguz pardasini jarohatlaydi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Muguz pardada ohak moddasining yig‘ilib qo- lishi uning xiralashuviga olib keladi. Ko‘rish funksiyasi qisman yoki butunlay buziladi.
Òashxis. Ko‘zning muguz pardasining yallig‘lanishi, ko‘z chaqchayishi, shox pardasining xiralashuvi diplostomoz kasal- ligiga gumon qilishga asos bo‘la oladi. Yakuniy tashxis muguz
pardani ajratib olib mikroskopik tekshirishdan o‘tkazilib qo‘yi- ladi. Muguz parda ko‘zning shishasimon tanasidan ajratib olib buyum oynachasiga o‘tkaziladi, ikkinchi buyum oynasi bilan berkitib biroz eziladi (oq doiracha, halqacha hosil bo‘lguncha) va mikroskopning kichik obyektivida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Har xil turga mansub metatserkariy ulardagi quloqsimon o‘simta va ohaksimon tanachaga qarab aniqlanadi. Metatserkariylar, odatda, muguz pardaning periferiyasida joylashgan bo‘lib, ular- ning miqdori ayrim vaqtda yuzdan ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |