Atmosfera qatlamining yemirilishi
Ozon qatlami Yer atmosferasining qismini tashkil qiladi va yuqori konsentratsiyadagi ozonni (O3) saqlaydi. Ushbu qatlam taxminan 93 foizdan 99 foizgacha quyoshning o‘tkir ultrabinafsha nurlarini yutadi. Agar bu qatlamdan ultrabinafsha nurlari to‘liq o‘tsa, Yerdagi hayotga yakun yasashi mumkin. Ozon qatlamining katta qisimi stratosferaning quyi ya’ni, Yer yuzasidan 10 dan 50 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan.
Ozon qatlami azot oksidi, atomar xlor va brom kabi ozod radikalli katalizatorlar tufayli yemirilishi mumkin. Vaholanki, vulqon aerozollari, xlor va brom konsentratsiyalarining so‘nggi o‘nyillikda xlorning organik birikmalarining ko‘p miqdordagi tashlamalarining hisobiga, ayniqsa, asosiy namunada sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, yong’inga qarshi kurarshishda samarali bo‘lgan yong’in o‘chirish moddalarida, qishloq xo‘jaligidagi dezinfeksiya tadbirlarida va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollarda, reaktivlarda va ko‘pchilik boshqa sohalardagi ishlatiladigan xlorftoruglerod (XFU) va bromxloruglerodlar kabi ozon yemiruvchi moddalarning tabiiy va sun’iy manbalari mavjud. Bu stratosferadagi yashab qolish salohiyatiga ega ega bo‘lgan juda stabil bo‘lgan birikmalar, qachonki, ultrabinafshanurlari ta’siri ostida xlor va brom radikallari ozod bo‘ladi. Undan keyin har bir radikal ozonning yemirilishi reaksiyasi zanjirini katalizlashtirishi mumkin. Xlorning bir atomi ozonning 100000 molekulasiga ta’sir etishi mumkin. Bu ozon molekulalarining ultrabinafsha nurlari ni yutib qolish uchun yetarli bo‘lmaydigan buzilishlarga olib keladi.
Ozon yemiruvchi moddalarning atrof-muhitga ta’siri birinchi marta 1980 yilning o‘rtalarida Antarktida ustidagi stratosferadagi ozon qatlamining 1975 yildagi holatiga nisbatan 60-70 foiz kamayishining kuzatilishi bilan aniqlangan. Umumiy kenglikda ozon qatlamining taxminan 3-6 foizga siyraklashgan.ozon qatlamining siyraklashishi natijasida, ultrabinafsha nurlarining ortishi oqibatida, Yer yuzasi bu nurlarning yetib kelishi, o‘z navbatida aholi salomatligi va ekologiya bilan bog’liq muammolarni ortishiga olib keladi. Xususan: teri raki, o‘simliklarning shikastlanishi, shu jumladan o‘simlik mahsulotlarini yetishtirilishining kamayishi, fotosintez jarayonlarining susayishini chaqiruvchi plankton va fitoplankton kabi okeanning xilma-xilligining muhim turlarining kamayishiga olib keladi. Fitoplanktonlarning qisqarishi global isishga ta’sir etadi. Ma’lumki, ular okeandagi uglerod zahirasini tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Ozon qatlami yemirilishi inson salomatligi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarishga ta’siri tufayli hukumatlararo choralar 1985 yilda ozon qatlamini muhofaza qilish haqidagi Vena konvensiyasiga qabul qilindi, 1987 yil 16 sentyabrda esa, ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga kiritilgan. Ushbu ikki hujjat zon yemiruvchilarni ishlab chiqarilishi va ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, sanab o‘tilgnan xalqaro kelishuvlarda belgilangan choralar o‘ziga, ozon yemiruvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni importi va eksporti ustidan nazorat o‘rantilishini ham oladi.
Hozirgi vaqtda, Vena konvensiyasi tomonlari 196 davlatni Protokol tomonlari 16 mamlakatni - ulardan 192 tasi London, 189 tasi Kopengagen, 175 tasi Monreal va 156 tasi Pekin tuzatmalarini ratifikatsiya qilganlarni tashkil etadi.
Har yili 16 sentyabr Monreal protokoli qabul qilingan kun halqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida bayram qilinadi.
2009 yil - ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha ishlarda yutuqlarni bayram qilish uchun alohida yildir. Joriy yil Birlashgan millatlar tashkilotining atrof muhit dasturi ozon qatlamini himoya qilish kunini "Umum ishtirok: ozon qatlamini muhofazasi dunyoni birlashtiradi" shiori ostida o‘tkazmoqda. Bu, ozon qatlamini buzilishiga qarshi kurash bo‘yicha umum jarayonlarda katta miqdorda insonlarni jalb qilishishini nazarda tutganligini namoyon etmoqda.
Ushbu yil ikki muhim holat yuz berganligi bilan o‘ziga xosdir:
Birinchidan, Monreal protokoli universallikka erishdi - bu kelishuv dunyoning barcha mamlakatlari tomonidan imzolandir, so‘nggi 196 chi davlat Timor-Leste yaqindagini ushbu kelishuvga qo‘shildi.
Ikkinchidan, ozon yemiruvchi moddalarning qisqarishi iqlimning global isishi bilan bog’liq jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Birgalikda ishlashda, ozon va iqlimning kelajakdagi tarraqqiyoti uchun insoniyat kuchlarini orttirmoqda. Boshqa yutuqlar, jarayonlar va priborlarning energo samaradorligini yaxshilanganligi hisoblanadi.
Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni bilan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Kopengagen konferensiyasi orasidagi farq 80 kunni tashkil etadi. Monreal protokoli mexanizmlaridan foydalangan holda, barcha mamlakatlarning hukumatlari global chaqiruvlar bo‘yicha keyingi harakatlar uchun mazmunli habarlar yuborilmoqdalar.
Stratosferaning ozon qatlami buzilishi tahdidlarining global tavsifini his qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilning mayida Vena konvensiyasi va Monreal protokolini imzoladi va bugungi kunda protokolning barcha tuzatmalari tomoni hisoblanadi.
Monreal protokolini bajarish uchun o‘zbekiston 1994 yil yanvarida gallonlar importi (foydalanishi), 1996 yil yanvarida esa, XFU va boshqa turdagi ozon yemiruvchi moddalarning importini to‘xtatishi lozim edi. Gallonlarni oborotdan chiqarish o‘z muddatida bajarildi. Biroq, XFU va boshqa moddalarning importi belgilangan muddatdan keyin ham davom etdi va 1996 yilda ozon yemiruvchi moddalarning 272 tonnada hisoblandi. Monreal protokoli mamlakatlari bu muammoni muhokama qildilar va 1998 yilda qaror qabul qildilar. Unga muvofiq, O‘zbekiston o‘ziga ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy Dasturni qabul qilish majburiyatini oldi.
Global ekologik fond (GEF) Monreal protokoli talablarini bajarish va sovutish sektori texnikalaridan 142 tonna ozon yemiruvchi moddalarni foydalanishdan chiqarishda yordam uchun hukumat hissasini hisob qilib, 3356194 AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurs bilan ta’mirnladi.
2009 yilning mart oyida, O‘zbekiston Respublikasi ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni tugatishga yo‘naltirilgan Milliy Dastur doirasidagi xalqaro tashkilotlar: GEF, BMTAMD, BMTTD ko‘magi bilan amalga oshirilgan 5 ta loyihani baholash bo‘yicha GEFning missiyasi bo‘lib o‘tdi. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 2001-2007 yillar davomida amalga orshirilgan "Xlodagentlarni retserkulyatsiyasi va ajratib olish bo‘yicha Milliy Dastur", "SINO" OABsida maishiy sovutgich ishlab chiqarilishida XFU-11 vaXFU-12 dan foydalanishni tugatish", "OYEMlarni almashtirilishini boshqarish bo‘yicha ofisning tashkil etish, institutsional mustahkamlash va tashkiliy salohiyatni oshirish", "Sovutish sohasida mutaxassislarni o‘qitish dasturi", "Bojxona xizmatchilarini o‘qitish Dasturi" loyihalarning baholanishi amalga oshirildi. Amalga oshirilgan loyihalarning baholanishi yuqori natijalarni berdi.
O‘zbekiston atrof - muhit bo‘yicha global Dasturlarning yaxshilanishi uchun misollar sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan turg’un natijalarga ega. GEF loyihalarini O‘zbekistondagi 142 tonna OYEMlarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha vazifani bajardi. Shuningdek, O‘zbekiston Monrela protkoli tomonlari uchun 1998 yildagi qaror ko‘rsatmalari bilan qo‘shimcha majburiyatlarni va reja ko‘rsatgichlarini bajardi. OYEMlardan foydalanishni tugatish bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirilishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Monreal protokoligi rioya etishi rejimida turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasi va Monreal protokoli tomoni bo‘lganligi sababli, bizning respublikasimiz bir qator iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Shuningdek, Protokol tomonlari bo‘lmish mamlakatlar orasida ruxsat etilgan OYEMlar savdosini olib borish uchun erkin huquqqa ega, unga zamonaviy muqobil ozon uchun xavfsiz moddalar va texnologiyalar uchun yo‘llanma berilgan. Hozirgi vaqtda, GEF tomonidan moliyalashtiriladigan 220 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag’ sarf bo‘lishi nazarda tutilgan ikki yangi loyihani imzolash bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyor bo‘ldi.
Shu bilan bir qatorda, barcha mamlakatlar ustida ish olib borilishini nazarda tutuvchi umumiy hal bo‘lmagan muammolar qolmoqda. Xususan:
1.Moreal protokolining talablariga muvofiq, GXFU -alohida toifasidagi OYEMlarni foydalanishdan chiqarish lozim.
2.OYEM bo‘yicha cheklanishlar kiritish, hom ashyo sifatida qurilmalarda bo‘lgan metil bromidi bo‘yicha, karantin ishlov berish uchun istisno tariqasida foydalanilayotgan yangi OYEM bo‘yicha Monreal protokoli bilan nazorat qilinmayotganligi.
3.OYEM bo‘yicha loyihalarni boshqa ekologik vazifalar bilan o‘zaro foydali birlashtirishlarni ta’minlash.
Olam va odam. Ularning har ikkisi nihoyatda o‘xshash va bir-biri bilan uzviy muvozanatda yaratilgan. Birining siyratida zohir bo‘lgan voqelik ikkinchisida ham, albatta, namoyon bo‘ladi. Shu bois, ularni bir-biridan ayro tasavvur qilish qiyin. Ona sayyoramizni o‘rab turgan va aytish mumkinki, insonning immun tizimiga qiyos etiladigan ozon qatlami haqida mulohaza yuritganda ham bunga takror amin bo‘lish mumkin.
Zotan, ozon qatlamining yemirilishi biz yashab turgan olam, bashariyat halokati bilan barobardir.
Ma’lumki, yer yuzasidan 10 dan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan ozon qatlamining miqdori uch milliard tonnadan iborat bo‘lib, u havoning milliondan uch foizini tashkil etadi. Eng muhimi, ozon qatlami quyoshning ultrabinafsha nurlarini o‘rtacha 98 foizgacha yutish salohiyatiga ega. Ammo taraqqiyot shiddati va odamzotning o‘ziga qulaylik yaratishi natijasida ozon qatlamiga jiddiy shikast yetayotganini ham yoddan faromush qilmasligimiz kerak. Vulqon otilishi jarayonida tarkibida oltingugurt birikmalari bo‘lgan gazlar, sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, dezinfektsiya va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollar hamda boshqa ko‘plab sohalarda ishlatiladigan xlorftoruglerod va bromxloruglerodlar ozon qatlamini yemiruvchi moddalar sirasiga kiradi. Xlorning bir atomi ozonning yuz ming molekulasiga ta’sir etishi mumkin. U o‘zi hech qanday o‘zgarishga uchramagan holda, ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi. Eng yomoni, xlorftoruglerodlar atmosferada 75 yildan 110 yilgacha yashaydi.Shuningdek, bugungi kunda turli kosmik apparatlarning uchirilishi jarayonida samoga yuzlab tonna ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar tarqalmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, bitta raketa parvozi davomida o‘n ming tonnaga yaqin ozon yemiriladi.
Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo‘lgani taassuf va xavotir bilan aytilmoqda. 1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo‘lganligi qayd etildi. Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to‘siqsiz yerga yetib kelishi havo haroratining ko‘tarilishi va asriy muzliklarning erishiga sabab bo‘lmoqda. Albatta, bu hammasi emas. Shifokorlarning fikricha, bir foiz ozon yo‘qolganda yer yuzida birgina katarakta xastaligi 150 mingtagacha ortadi, minglab odamlar eng buyuk ne’mat — dunyoni ko‘rishdan mosuvo bo‘ladilar, teri raki 2,5 foizga ko‘payadi, inson immun tizimi zaiflashishi bilan bog‘liq kasalliklar soni ham oshadi. Nurlanishdan faqatgina odamlar emas, balki boshqa jonzotlar ham aziyat chekishi muqarrar. Bahri muhit yuzasida yashaydigan planktonlar, mayda qisqichbaqalar, krablar, suv o‘tlariga bu o‘zgarish, ayniqsa, halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llanish, aholi o‘rtasida turli xastaliklarning tarqalishi, global isish jarayoni sodir bo‘ladi.Yuzaga kelayotgan bu vaziyatlarni bartaraf qilish maqsadida xalqaro hamjamiyat tomonidan bir qator choralar ko‘rilmoqda. Zarur huquqiy hujjatlar qabul qilinayapti. Jumladan, 1985 yilda Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro hujjat — Vena konventsiyasi va 1987 yil 16 sentyabrda ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli ishlab chiqildi. Ushbu hujjat asosida ozon qatlamini buzadigan kimyoviy moddalarning ro‘yxati tuzilib, ulardan foydalanish to‘xtatildi yoki ma’lum cheklovlar qo‘yildi. Har yili 16 sentyabr Monreal protokoli qabul qilingan kun — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.
Dunyo miqyosida ozon qatlamini tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar besamar ketayotgani yo‘q. Jahon meteorologiya tashkiloti va BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi hamkorligida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2050 yilda Arktika, 2065 yilga kelib Antarktida ustidagi ozon tuynuklari to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
1993 yilda Vena konventsiyasi va Monreal bayonnomasiga qo‘shilgan mamlakatimiz ham bu borada muayyan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Ularni bajarish yuzasidan ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida tegishli davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Ozon ofisi tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan milliy dastur ishlab chiqilib, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilayapti. Masalan, muzlatgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ozon qatlamiga ziyon yetkazuvchi moddalar iste’molini qisqartirish choralarini ko‘rmoqda. Shuningdek, tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan vositalarning chetdan kirib kelishi va xorijga olib chiqilishini nazorat qilish maqsadida bojxona nazorati maskanlari ozonni yemiruvchi moddalarni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.
Albatta, ozon qatlamini ko‘z qorachig‘idek asrash, bitta davlat va uning fuqarolarining qo‘lidan keladigan yumush emas. Chunki bu butun bashariyatning muammosi. Insoniyat toki «bir yoqa-englik qilsagina», farzandlari kelajagi va baxti uchun ko‘nglida daxldorlik hissini chuqur tuysagina xavf butunlay bartaraf etilishi mumkin.
Ozon qatlami Yer atmosferasining qismini tashkil qiladi va yuqori konsentratsiyadagi ozonni (O3) saqlaydi. Ushbu qatlam taxminan 93 foizdan 99 foizgacha quyoshning o‘tkir ultrabinafsha nurlarini yutadi. Agar bu qatlamdan ultrabinafsha nurlari to‘liq o‘tsa, Yerdagi hayotga yakun yasashi mumkin. Ozon qatlamining katta qisimi stratosferaning quyi ya’ni, Yer yuzasidan 10 dan 50 kmgacha bo‘lgan masofada joylashgan.
Ozon qatlami azot oksidi, atomar xlor va brom kabi ozod radikalli katalizatorlar tufayli yemirilishi mumkin. Vaholanki, vulqon aerozollari, xlor va brom konsentratsiyalarining so‘nggi o‘nyillikda xlorning organik birikmalarining ko‘p miqdordagi tashlamalarining hisobiga, ayniqsa, asosiy namunada sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, yong’inga qarshi kurarshishda samarali bo‘lgan yong’in o‘chirish moddalarida, qishloq xo‘jaligidagi dezinfeksiya tadbirlarida va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollarda, reaktivlarda va ko‘pchilik boshqa sohalardagi ishlatiladigan xlorftoruglerod (XFU) va bromxloruglerodlar kabi ozon yemiruvchi moddalarning tabiiy va sun’iy manbalari mavjud. Bu stratosferadagi yashab qolish salohiyatiga ega ega bo‘lgan juda stabil bo‘lgan birikmalar, qachonki, ultrabinafshanurlari ta’siri ostida xlor va brom radikallari ozod bo‘ladi. Undan keyin har bir radikal ozonning yemirilishi reaksiyasi zanjirini katalizlashtirishi mumkin. Xlorning bir atomi ozonning 100000 molekulasiga ta’sir etishi mumkin. Bu ozon molekulalarining ultrabinafsha nurlari ni yutib qolish uchun yetarli bo‘lmaydigan buzilishlarga olib keladi.
Ozon yemiruvchi moddalarning atrof-muhitga ta’siri birinchi marta 1980 yilning o‘rtalarida Antarktida ustidagi stratosferadagi ozon qatlamining 1975 yildagi holatiga nisbatan 60-70 foiz kamayishining kuzatilishi bilan aniqlangan. Umumiy kenglikda ozon qatlamining taxminan 3-6 foizga siyraklashgan.ozon qatlamining siyraklashishi natijasida, ultrabinafsha nurlarining ortishi oqibatida, Yer yuzasi bu nurlarning yetib kelishi, o‘z navbatida aholi salomatligi va ekologiya bilan bog’liq muammolarni ortishiga olib keladi. Xususan: teri raki, o‘simliklarning shikastlanishi, shu jumladan o‘simlik mahsulotlarini yetishtirilishining kamayishi, fotosintez jarayonlarining susayishini chaqiruvchi plankton va fitoplankton kabi okeanning xilma-xilligining muhim turlarining kamayishiga olib keladi. Fitoplanktonlarning qisqarishi global isishga ta’sir etadi. Ma’lumki, ular okeandagi uglerod zahirasini tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Ozon qatlami yemirilishi inson salomatligi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarishga ta’siri tufayli hukumatlararo choralar 1985 yilda ozon qatlamini muhofaza qilish haqidagi Vena konvensiyasiga qabul qilindi, 1987 yil 16 sentyabrda esa, ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga kiritilgan. Ushbu ikki hujjat zon yemiruvchilarni ishlab chiqarilishi va ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, sanab o‘tilgnan xalqaro kelishuvlarda belgilangan choralar o‘ziga, ozon yemiruvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni importi va eksporti ustidan nazorat o‘rantilishini ham oladi.
Hozirgi vaqtda, Vena konvensiyasi tomonlari 196 davlatni Protokol tomonlari 16 mamlakatni – ulardan 192 tasi London, 189 tasi Kopengagen, 175 tasi Monreal va 156 tasi Pekin tuzatmalarini ratifikatsiya qilganlarni tashkil etadi.
Har yili 16 sentyabr Monreal protokoli qabul qilingan kun halqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida bayram qilinadi.
2009 yil – ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha ishlarda yutuqlarni bayram qilish uchun alohida yildir. Joriy yil Birlashgan millatlar tashkilotining atrof muhit dasturi ozon qatlamini himoya qilish kunini “Umum ishtirok: ozon qatlamini muhofazasi dunyoni birlashtiradi” shiori ostida o‘tkazmoqda. Bu, ozon qatlamini buzilishiga qarshi kurash bo‘yicha umum jarayonlarda katta miqdorda insonlarni jalb qilishishini nazarda tutganligini namoyon etmoqda.
Ushbu yil ikki muhim holat yuz berganligi bilan o‘ziga xosdir:
Birinchidan, Monreal protokoli universallikka erishdi – bu kelishuv dunyoning barcha mamlakatlari tomonidan imzolandir, so‘nggi 196 chi davlat Timor-Leste yaqindagini ushbu kelishuvga qo‘shildi.
Ikkinchidan, ozon yemiruvchi moddalarning qisqarishi iqlimning global isishi bilan bog’liq jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Birgalikda ishlashda, ozon va iqlimning kelajakdagi tarraqqiyoti uchun insoniyat kuchlarini orttirmoqda. Boshqa yutuqlar, jarayonlar va priborlarning energo samaradorligini yaxshilanganligi hisoblanadi.
Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni bilan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Kopengagen konferensiyasi orasidagi farq 80 kunni tashkil etadi. Monreal protokoli mexanizmlaridan foydalangan holda, barcha mamlakatlarning hukumatlari global chaqiruvlar bo‘yicha keyingi harakatlar uchun mazmunli habarlar yuborilmoqdalar.
Stratosferaning ozon qatlami buzilishi tahdidlarining global tavsifini his qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilning mayida Vena konvensiyasi va Monreal protokolini imzoladi va bugungi kunda protokolning barcha tuzatmalari tomoni hisoblanadi.
Monreal protokolini bajarish uchun o‘zbekiston 1994 yil yanvarida gallonlar importi (foydalanishi), 1996 yil yanvarida esa, XFU va boshqa turdagi ozon yemiruvchi moddalarning importini to‘xtatishi lozim edi. Gallonlarni oborotdan chiqarish o‘z muddatida bajarildi. Biroq, XFU va boshqa moddalarning importi belgilangan muddatdan keyin ham davom etdi va 1996 yilda ozon yemiruvchi moddalarning 272 tonnada hisoblandi. Monreal protokoli mamlakatlari bu muammoni muhokama qildilar va 1998 yilda qaror qabul qildilar. Unga muvofiq, O‘zbekiston o‘ziga ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy Dasturni qabul qilish majburiyatini oldi.
Global ekologik fond (GEF) Monreal protokoli talablarini bajarish va sovutish sektori texnikalaridan 142 tonna ozon yemiruvchi moddalarni foydalanishdan chiqarishda yordam uchun hukumat hissasini hisob qilib, 3356194 AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurs bilan ta’mirnladi.
2009 yilning mart oyida, O‘zbekiston Respublikasi ozon yemiruvchi moddalardan foydalanishni tugatishga yo‘naltirilgan Milliy Dastur doirasidagi xalqaro tashkilotlar: GEF, BMTAMD, BMTTD ko‘magi bilan amalga oshirilgan 5 ta loyihani baholash bo‘yicha GEFning missiyasi bo‘lib o‘tdi. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 2001-2007 yillar davomida amalga orshirilgan “Xlodagentlarni retserkulyatsiyasi va ajratib olish bo‘yicha Milliy Dastur”, “SINO” OABsida maishiy sovutgich ishlab chiqarilishida XFU-11 vaXFU-12 dan foydalanishni tugatish”, “OYEMlarni almashtirilishini boshqarish bo‘yicha ofisning tashkil etish, institutsional mustahkamlash va tashkiliy salohiyatni oshirish”, “Sovutish sohasida mutaxassislarni o‘qitish dasturi”, “Bojxona xizmatchilarini o‘qitish Dasturi” loyihalarning baholanishi amalga oshirildi. Amalga oshirilgan loyihalarning baholanishi yuqori natijalarni berdi.
O‘zbekiston atrof – muhit bo‘yicha global Dasturlarning yaxshilanishi uchun misollar sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan turg’un natijalarga ega. GEF loyihalarini O‘zbekistondagi 142 tonna OYEMlarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha vazifani bajardi. Shuningdek, O‘zbekiston Monrela protkoli tomonlari uchun 1998 yildagi qaror ko‘rsatmalari bilan qo‘shimcha majburiyatlarni va reja ko‘rsatgichlarini bajardi. OYEMlardan foydalanishni tugatish bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirilishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Monreal protokoligi rioya etishi rejimida turibdi.O‘zbekiston Respublikasi Vena konvensiyasi va Monreal protokoli tomoni bo‘lganligi sababli, bizning respublikasimiz bir qator iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Shuningdek, Protokol tomonlari bo‘lmish mamlakatlar orasida ruxsat etilgan OYEMlar savdosini olib borish uchun erkin huquqqa ega, unga zamonaviy muqobil ozon uchun xavfsiz moddalar va texnologiyalar uchun yo‘llanma berilgan.
Hozirgi vaqtda, GEF tomonidan moliyalashtiriladigan 220 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag’ sarf bo‘lishi nazarda tutilgan ikki yangi loyihani imzolash bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyor bo‘ldi.
Shu bilan bir qatorda, barcha mamlakatlar ustida ish olib borilishini nazarda tutuvchi umumiy hal bo‘lmagan muammolar qolmoqda. Xususan:
1. Moreal protokolining talablariga muvofiq, GXFU -alohida toifasidagi OYEMlarni foydalanishdan chiqarish lozim.
2. OYEM bo‘yicha cheklanishlar kiritish, hom ashyo sifatida qurilmalarda bo‘lgan metil bromidi bo‘yicha, karantin ishlov berish uchun istisno tariqasida foydalanilayotgan yangi OYEM bo‘yicha Monreal protokoli bilan nazorat qilinmayotganligi.
3. OYEM bo‘yicha loyihalarni boshqa ekologik vazifalar bilan o‘zaro foydali birlashtirishlarni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |