Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Diplos- tomozni davolash choralari ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olish tadbirlari qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanish zanjirini uzishga qaratilishi lozim. Bu, asosan, suv havzalarida molluskalarni yo‘qotish orqali amalga oshiriladi. Nosog‘lom suv havzalarida baliqlarni ovlab bo‘lgach, yozda quritiladi, qishda esa muzlatiladi, bunda molluskalarning miqdori keskin kamayadi. Havzalar dezinvaziya qilinadi, buning uchun mis sulfati (0,002 g 1 l suvga), xlorli (0,05 g/l) va so‘ndirilgan ohak (2—3 g/l), 1% li ammiak selitrasi, 2% li osh tuzi eritmasi va molluskotsid preparati 5,4 di- xlorsalitsilanilid 1:500000 va 1:750000 nisbatda ishlatiladi. Mol- luskalarni yo‘qotishga suv havzalarida qora amur baliqlarini ko‘pay- tirish orqali ham erishiladi. Bu baliq molluskalarni iste’mol qilib, biologik zanjirni uzishga yordam beradi. Baliqxo‘r parrandalarning uyalarini yo‘qotish, ularni qo‘rqitish ham yaxshi samara beradi.
Postodiplostomoz — bu ham keng tarqalgan gelmintoz kasallik bo‘lib, terining, mushak qatlamining zararlanishi va umurtqa pog‘onasining qiyshayib qolishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ham tabiiy suv havzalarida va ham baliqlarning ikrasini qo‘yib baliq ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda uchraydi. Zararlangan baliqlarning tanasida qora dog‘lar (turli hajmdagi) hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham kasallikning dastlabki nomi «qora-dog‘li» kasallik deb yuritilgan. Bu qora dog‘lar gelmint lichinkalarining joylashgan joyida qora pigmentlarning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchisi. Postodiplostomozning qo‘zg‘atuvchisi bu Diplostomotidae oilasiga mansub Postodiplostomum cuticola.
Metatserkariylari noksimon shaklda, uzunligi 0,7—1,5 mm, eni 0,3—0,5 mm, tanasi tiniq bo‘lib, ikki qismdan iborat: oldingi — kengaygan va keyingi — toraygan qismi. Òananing oldingi qismida og‘iz so‘rg‘ichi, o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, oldingi qismning oxir- rog‘ida fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Metatserka- riylar teri va teriosti hujayralarida uzunligi, aniqrog‘i, diametri 0,6—0,9 mm keladigan sistaga o‘ralgan holda joylashgan. Pa- razitning jinsiy voyaga yetgan shakli baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi.
Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Planorbidae oilasiga mansub chuchuk suv molluskalari. Lichinkalarning in- vazion bosqichga yetish muddati suvning harorati, molluskalar- ning turi va yoshiga bog‘liq bo‘lib, 75—95 kunga teng. Prepatent muddati 3—7 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |