O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet80/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Qo‘zg‘atuvchisi. D. spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 0,4—0,5 mm, eni 0,2—0,3 mm, o‘rtasi xuddi bog‘lab qo‘yilganga o‘xshaydi va oldingi qismi bargsimon kengaygan, orqa qismi esa biroz toraygan va silindrsimon shaklda. Òananing ol- dingi qismida quloqsimon o‘simtasi mavjud, og‘iz so‘rg‘ichi, uning ostida, tananing pastrog‘ida tuxumdon, bachadon va urug‘don joylashgan. Òanasi tiniq, tananing o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, uning yonida esa temirli fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Og‘iz teshigidan qisqa qizilo‘ngach ikkiga bo‘linib, ichak nayla- rini hosil qiladi, ular tananing oxirgi qismida bir-biri bilan bir- lashib ko‘richakni hosil qiladi.
Biologik rivojlanishi. Parazitning jinsiy voyaga yetgan shakllari baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi (definitiv xo‘jayin), parazit tuxumlari parranda najasi orqali suvga tushadi. Òuxumdan lichinka chiqadi (miratsidiy), u kiprikchalar bilan o‘ral- gan bo‘lib, ular yordamida suvda suzib yuradi. Miratsidiy suvda chuchuk suv molluskalari tanasiga kirib oladi va u yerda par- tenogenetik (jinssiz) yo‘l bilan ko‘payadi. Dastlab sporotsista,
undan bir qancha rediylar, ulardan esa dumli serkariylar hosil bo‘ladi, ular molluskalar tanasini tark etib, suvda biroz (bir sutka) suzib yurgach, oraliq xo‘jayinlari — baliqlarni topib, ularning organizmiga teri qatlami orqali, jabra, hazm organi orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zning shishasiga kirib oladi va rivojlanadi. Serkariylar dumini tashlab qon tomirga kirib olgach, qon oqimi bilan ko‘zning shishasi, olmachasigacha yetib keladi. U yerda o‘sadi, rivojlanadi va invazion lichinka — metatserkariyga ayla- nadi. Baliqxo‘r parrandalar zararlangan baliqlarni iste’mol qil- ganlarida kasallikka chalinadilar. Prepatent davri 4—5 kun. Ba- liqlar organizmida metatserkariylar 4 yilgacha o‘zining hayot- chanligini saqlab turishi mumkin.
Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish mumkin. Kasallikka zog‘orabaliq, cho‘rtanbaliq, sudak, yelim- baliq, gustera, gulmohi, karas, pelyad, oq amur, peshanado‘ng va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbayi — bu metatserka- riylar bilan zararlangan baliqlar, serkariylari bor molluskalar. Diplostomozning tarqalishida asosiy rolni bir suv havzasidan ikkinchisiga o‘tganda suvning ifloslanishiga olib keluvchi baliq- xo‘r parrandalar o‘ynaydi. Serkariylar bilan zararlangan mol- luskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalariga suzib borib, u yerni ham zararlashi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Zararlanish 5—6-kunlarda sodir bo‘ladi.

Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish