Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Davo- lash usullari ishlab chiqilmagan. Oldini olish va qarshi kurashish diplostomozga o‘xshash.
Opistorxoz — bu it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar hamda odamlarning tabiiy-o‘choqli invazion kasalligi bo‘lib, opistorchis felineus (Opistorchidae oilasi) hayvonlarning jigar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagida, ba’zan esa oshqozonosti bezining yo‘llarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Òrematodaning tana uzunligi 8—13 mm, eni 1—1,5 mm. Bosh tomoni biroz toraygan, orqa qismi esa kengaygan. Oldingi tomonida og‘iz so‘rg‘ichi, tomoq, undan esa qizilo‘ngach
va qizilo‘ngach bifurkatsiyalanib ichak naylarini hosil qiladi. Qo- rin so‘rg‘ichi tananing to‘rtdan birinchi bo‘lagining oxirida joylashgan. Urug‘donlari ikki bo‘lmali bo‘lib, tananing oxirgi qismida joylashgan, uning ustiga tuxumdon va urug‘ chiqaruvchi yo‘l, tananing o‘rta qismi bachadon shoxlari bilan to‘lgan. Jinsiy teshik qorin so‘rg‘ichining oldida joylashgan.
Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Bithynia leachi avlodiga mansub chuchuk suv molluskalari, qo‘shimcha xo‘jayinlari esa ko‘pchilik karp turidagi baliqlar (qizilko‘z, lin, ko‘kbo‘yin, karp, leshch, sazan, chebak va boshqalar).
Òezak bilan tashqi muhitga tushgan tuxumlarning ichida parazitning miratsidiysi shakllanadi. Ana shunday tuxumlarni molluskalar alimentar ravishda iste’mol qilganlarida ularning ichaklarida tuxumdan miratsidiy chiqib, ichak devorini teshib qorin bo‘shlig‘iga, undan esa jigarga kirib o‘sadi, rivojlanadi, jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Dastlab miratsidiy sporotsistaga ay- lanadi, u esa, o‘z navbatida, rediyni hosil qiladi, unda esa serka- riylar hosil bo‘ladi. Miratsidiydan serkariy hosil bo‘lguncha 2 oy muddat kerak bo‘ladi. So‘ngra serkariylar molluska tanasini tark etib suvda erkin suzib yuradi, qo‘shimcha xo‘jayinlari — baliq- larni topib ularning terisi orqali mushak qatlamiga biriktiruvchi to‘qimaga kirib sistaga aylanadi va rivojlanib kasallik chaqirish qobiliyatiga esa bo‘lgan lichinka — metatserkariyga aylanadi. Metatserkariylar, asosan, bel mushagining yuzaki va chuqur mu- shaklarida, qovurg‘alararo mushaklarda, jabrada, suzgich appa- ratida, ichakning devorlarida va ikrasida parazitlik qiladi.
Asosiy xo‘jayinlari opistorxoz bilan xom, yaxshi pishirilma-
gan metatserkariylar bilan zararlangan baliqlarni iste’mol qil- ganlarida kasallikka chalinadilar. Asosiy xo‘jayinlarning ingichka bo‘lim ichagida metatserkariylar sistalardan (kapsula) ozod bo‘lib, o‘t yo‘llari orqali o‘t xaltasiga yetib boradi va 3—4 haf- tadan so‘ng esa jinsiy voyaga yetadi. Parazitning patent rivojlanish muddati 4—4,5 oyga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |