5.10- rasm. 5.11- rasm.
necha marta aylanish soniga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatiladi. Hozirgi vaqtda, asosan, bir fazali ÑÀ1 va uch fazali ÑÀ3Ó, ÑÀ4Ó va ÑÐ4Ó hisoblagichlari qo‘llaniladi. ÑÀ3Ó (ñ÷±ò÷èê àêòèâíûé, òð±õôàçíûé, óíèâåð-ñàëüíûé) hisoblagichi ikki elementlidir.
Noelektrik kattaliklarni elektr o‘lchash asboblari yordamida o‘lchash. Elektr o‘lchash asboblari no-elektrik kattaliklarni o‘lchashda ham keng qo‘llanadi. Sababi elektr o‘lchashlar juda aniq olib boriladi va o‘lchash qulaydir. Noelektrik kattaliklarga misol tari-qasida bosim, harorat, avtomobilning tezligini keltirish mumkin. Bu kattaliklarni elektr kattalikka — tok yoki kuchlanishga o‘zgartiruvchi mexanizm datchik deb ataladi. Avtomobilning tezligi taxogenerator bilan o‘lchanadi. Òaxogeneratorning (ÒG) o‘qi ichki yonish dvigateliga (IYD) ulangan va demak, ÒGning chulg‘a-midagi EYK IYDning aylanish tezligiga proporsional bo‘lib, quyidagi ifodadan aniqlanadi:
EÒG = UÒG = Ñ · n · Ô,
bunda: Ñ – o‘zgarmas koeffitsiyent, n — IYD o‘qining aylanish tezligi, Ô — ÒGning magnit oqimi, o‘zgarmas magnit hosil qiladi.
Demak, voltmetrning ko‘rsatishi avtomobilning aylanish tezligiga proporsional ekan. Bunday asbob spidometr deyiladi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, masalan, haroratni o‘lchash uchun termopa-ralar yoki termorezistor (termistor)dan foydalaniladi.
Induktiv va sig‘im datchiklari, silfon datchiklar ham amalda keng qo‘llaniladi.
Qator hollarda o‘lchash asboblarining o‘lchash chegarasini kengaytirish zaruriyati tug‘ilib qolsa, masa-lan, o‘zgarmas tok zanjiridagi ampermetrning o‘lchash chegarasini kengaytirmoqchi bo‘lsak, o‘lchash mexa-nizmiga parallel ravishda qarshilik ulanadi. Bunday qarshilik shunt qarshilik deyiladi. Qarshilikning katta-ligi yuqori aniqlik bilan beriladi, chunki aynan mana
shu kattalik asbobning o‘lchashdagi xatosini belgilab beradi. O‘zgarmas tok zanjirida voltmetrning o‘lchash chegarasi o‘lchash mexanizmiga alohida qarshiliklarni ketma-ket ulab kengaytiriladi. Bu turli qarshiliklar qo‘shimcha qarshilik Rqo‘sh deyiladi. Har ikkala, ya’ni
shunt qarshilik Rsh va qo‘shimcha qarshilik Rqo‘sh ham zavodda asbobga qo‘shib beriladi. O‘zgaruvchan tok
zanjirlarida asboblarning o‘lchash chegarasini ken-gaytirish uchun alohida o‘lchash transformatorlaridan foydalaniladi. O‘lchash chegarasini kengaytirishning aynan shu usuli elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. O‘lchash transformatorlarining turlari, ularning ishlash prinsiði mazkur kitobning „Òransformatorlar“ bo‘limida bayon etilgan.
Har bir o‘lchash asbobi qator shartli belgilarga ega. Bu shartli belgilar ayni o‘lchash asbobini to‘liq tav-siflab beradi va ularni ishlatishda qulaylik tug‘diradi.
— magnitoelektrik o‘lchash mexanizmi;
— elektromagnit o‘lchash mexanizmi;
— elektrodinamik o‘lchash mexanizmi;
— induksion o‘lchash mexanizmi;
yoki 2,0 — o‘lchash asbobining aniqlik sinfi;
— 2 kV yoki — o‘lchash asbobi g‘ilofining
o‘lchash sxemasi izolatsiyasining sinalgan kuchlanishi yoki yuqori kuchlanish;
— o‘lchash asbobining me’yoriy ishlash holat-lari (gorizontal yoki vertikal holati);
Wh — aktiv elektr energiyasi hisoblagichi;
Whar — reaktiv elektr energiyasi hisoblagichi;
W — vattmetr.
VI BÎB. ÒRANSFORMAÒORLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |