O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Guruhli  bibliografik  axborotlashtirish



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Guruhli  bibliografik  axborotlashtirish
Guruhli  bibliografik  axborotlashtirish — axborotga  bo‘lgan
ehtiyojga  ko‘ra  bir  guruhni  tashkil  etadigan  kitobxonlarni  bib-
liografik  axborot  bilan  muntazam  ta’minlab  borish.  Ommaviy
kutubxonalarda tadbirkorlar, ijtimoiy soha vakillari, tashkilot va
muassasa rahbarlari, tabiatshunoslar, ekologlar va boshqa guruhlar.
Guruhli bibliografik axborotlashtirish vaqtiga ko‘ra doimiy yoki
vaqtinchalik  bo‘ladi,  mazmuniga  ko‘ra  tarmoqlararo,  mavzuli,
muammoli-mavzuli  bo‘ladi.  U  kundalik  yoki  retrospektiv
xarakterga ega. Anketa o‘tkazish, suhbatlar olib borish, talablar
yig‘ish  orqali  muntazam  ravishda  aniq  kitobxonlar  guruhining
axborotga bo‘lgan ehtiyoji yig‘ilib, tahlil qilib, o‘rganib boriladi.
So‘ng  uni  o‘tkazish  vaqti,  axborot  bilan  ta’minlash  tartibi
belgilanadi:  ketma-ketligi,  kuni,  vaqti  va  boshqalar.
Guruhli bibliografik axborotlashtirishning turli shakllari mav-
jud:  yangi  hujjatlarning  tarmoq  va  mavzuli  ro‘yxatlari,  mavzuli
yoki kompleks ko‘rgazmalar, mavzuli bibliografik sharhlar, axborot
stendlari, mavzuli papkalar, mutaxassis kunlari, axborot xizmati
yoymalari va boshqalar.


192
Mavzuli  ko‘rgazmalar  yoki  ko‘riklar  retrospektiv  xarakterga
ega bo‘ladi. Ko‘chma ko‘rgazmalar qaysi tashkilotda tashkil etilsa,
o‘sha  joy  rahbariyati  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  amalga
oshadi.  Og‘zaki  bibliografik  sharhlar  ham  alohida  olingan
kitobxonlar guruhi uchun o‘tkaziladi va muhim ahamiyatga ega.
Uni ko‘rik-ko‘rgazmalar vaqtida o‘tkazish yaxshi samara beradi,
uning matnini saqlab qolib, boshqa kutubxonalarga foydalanish
uchun  berish  ham  mumkin.  Boshqa  kutubxonalar  fondidan,
internet  orqali  yoki  elektron  ma’lumotlar  bazasidan  olingan
axborot hujjatlari asosida mavzuli papkalar, axborot-bibliografik
to‘plamlar, o‘lkashunoslik mavzusidagi to‘plamlar tashkil etiladi.
Mavzuli axborot kunlari ham guruhli axborot berishda katta
ahamiyatga ega va qiziqarli tadbir hisoblanadi. Uning maqsadi —
mavzuga oid keng qamrovli adabiyotlarni namoyish etish, ular
haqida  ma’lumot  berish  va  targ‘ib  qilish.  Mutaxassis  kunlari
avvaldan  tayyorlangan  reja  asosida  olib  boriladi.  Asosiy  vazifa
mutaxassislarni eng yangi zamonaviy axborot va kutubxonachilik-
bibliografik  resurslar  bilan  tanishtirishdir.  Mutaxassis  kunlari
dasturida  tadbir  haqida  qisqacha  so‘z,  mutaxassis  ma’ruzasi,
maxsus  adabiyotlar  sharhi,  yangi  ilg‘or  tajribalar  haqida  fikr
almashish, tajriba almashish, ko‘rgazma, maqolalar muhokamasi,
axborot qidiruvi haqida maslahat va boshqa tadbirlar aks etadi.
Zamon talabidan kelib chiqqan holda axborot resurs markazlari,
kutubxonalar  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  tashkilotlariga,
mahalla qo‘mitalariga, xotin-qizlar bo‘limlariga, sog‘lom avlod,
oila  jamiyatlariga  ularning  ish  faoliyatida  zarur  tadbirlar  uchun
axborot  xizmat  ko‘rsatish  bilan  shug‘ullanadilar.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish