O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Mavzuning  maqsadi — zamonaviy  axborot  texnologiyalari
yordamida  kutubxona  ish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  uchun
zarur  bilimlarni  egallashda  yordam  berish,  xalqaro  bibliografik
formatlar, ularning tarixi, shakllanish jarayonlari, turlari, ahamiyati
haqida  bilim  berish.
Asosiy tushunchalar — MARC, format, UKMARC, USMARC,
milliy  formatlar,  kodlar.
MARC  formatlarining  tarixi,  shakllanishi,  ahamiyati
Mustaqillik  yo‘lidan  sobitqadamlik  bilan  ilgari  borayotgan
mamlakatimizda  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’rifiy  va  iqtisodiy
sohalarda  ham  jahon  talablari  darajasida  rivojlanishda  ko‘zga
tashlanmoqda.  Ayniqsa,  kelajagimizni  belgilab  beruvchi,  mam-
lakatimiz  istiqbolini  yaratuvchi  yoshlarning  ta’lim  va  tarbiyaviy
tizimidagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. „Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi“ va „Òa’lim to‘g‘risida“gi Qonunda, madaniyat va
ma’naviyat  sohasidagi  qator  hujjatlarda  belgilab  berilganidek,
ta’lim  tizimida  sifat  bosqichi  amalga  oshirilmoqda.  Òurli
yo‘nalishlarda o‘quv adabiyotlari yaratish yo‘lga qo‘yildi. Zamon
talablaridan  kelib  chiqqan  holda  kutubxonachi-bibliograflarni
tayyorlash sohasida ham zarur adabiyotlar yaratilmoqda. Kutub-
xonalarda  kutubxona-axborot  tizimini  yaratish  va  bunda  jahon
tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa kutub-
xonalar  ish  jarayonining  kengayishiga,  globallashuviga,  ish
sifatining  oshishiga,  olib  keldi.  Mamlakatimizda  25  dan  oshiq
yirik kutubxonalar xalqaro formatlar asosida ish olib bormoqda,
elektron  katalog  yaratish  jarayoni  amalga  oshirilyapti.  Kitob
berilishi,  kutubxona  fondini  butlash,  kitobxonlar  hisobi  avto-
matlashtirilgan shaklga o‘tdi.
Zamonaviy axborotlar texnologiyasi tizimida MARC format-
larning o‘rni katta.  MARC formatlar bibliografik ma’lumotlarni


195
mashinada o‘qishga asoslangan standartlardir. Kutubxonalar ax-
borot tizimida MARC formatlar kutubxonada mavjud an’anaviy
kataloglardagi bibliografik yozuvlarni, ayniqsa, ana shu kataloglar
kartochkasiga sig‘may qolgan kengroq ma’lumotlarni mashinada
o‘qiy olish imkonini beradi. Yana bir xususiyati shundaki, bunday
formatlar  vositasida  ko‘plab  mamlakatlar  orasida  bibliografik
ma’lumotlarni almashish, bir mamlakat ichida va xalqaro miqyosda
axborot almashuv tizimini va yig‘ma kataloglarni yaratish imkonini
beradi.  Eng  asosiysi,  xalqaro  MARC  formatlar  kommunikativ
aloqa vositasi hamdir. Uni qo‘llashning maqsadi va vazifalari ana
shu xususiyatlaridan kelib chiqadi. Demak, u mashinada o‘qiladigan
katalog  bo‘lib,  Machine-Readable  Catalogue  yoki  Cataloging-
MARC deb yuritiladi. Uning asosiy maqsadi kutubxona fondida
mavjud adabiyotlar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni kompyu-
terdagi  maxsus  dastur  asosida  mashinada  o‘qishga  asoslangan
shaklini  yaratishdan  iborat.  1960- yildan  boshlab  mashinada
o‘qiladigan yozuvlarni yaratish imkonini beruvchi kompyuterlarga
ega bo‘lgan AQSHning Kongress kutubxonasi bibliografik ma’lu-
motlarning mashinada o‘qiladigan shaklini yaratish g‘oyasini ilgari
suradi. Bevosita kataloglardagi kartochka yozuvlarini kompyuterga
ko‘chirish  iloji  yo‘q  edi.  Buning  uchun  kompyuterda  shu  ma’-
lumotlarni  kiritishning  maxsus  tizimi  yaritilish  zarur  bo‘lib
qoldi.  Bunday  murakkab  vazifani  hal  etish  uchun  Kongress
kutubxonasi  1965 — 66- yillarda  loyiha  ishlab  chiqadi  va  uni
MARC 1 deb ataydi. Uning maqsadi bibliografik tavsifni mashinada
o‘qiladigan  shaklga  keltirish.  Loyihaning  ishtirokchilari  AQSH,
Kanadaning  16  ta  yirik  kutubxonalari  va  Britaniya  muzeyi
kutubxonasi  edi.  Tadqiqot  va  tajriba  ishlari  Buyuk  Britaniyada
amalga  oshirildi.  Bu  ish  bilan  parallel  holda  Britaniya  milliy
bibliografiyasi Kengashi BNB MARC nomi bilan loyiha yaratdilar.
Uning  vazifasi  mashinada  o‘qiladigan  ma’lumotlarni  Britaniya
milliy  bibliografiyasi  nashrlarini  tayyorlash  va  nashr  etish
jarayonida qo‘llashdan iborat edi. Bir vaqtning o‘zida yaratilgan
bu  ikki  loyiha  bundan  keyin  MARC  II  formatini  yaratishda
Amerika  va  Angliya  hamkorligining  poydevori  bo‘lib  qoldi.  Bu
format  MARC  formatidan  kommunikativ  aloqa  vositasi  sifatida
foydalanishga qaratildi.  MARC II formatiga yuklatilgan mas’uliyat
ko‘p yillar davomida o‘zida qoldirildi va u hujjatlarning hamma
turlari  haqidagi  bibliografik  ma’lumotlarni  berishga,  turli  xil
kutubxona-axborot vazifalarini bajarishga, kataloglashtirishga va


196
undan turli avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalanish imkonini
yaratishga qaratilgan. Mashinada o‘qiladigan kataloglarni yaratish
bo‘yicha  mamlakatlar  o‘rtasidagi  hamkorlikka  qaramay,  MARC
formatlarning ko‘plab variantlari paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniyada
UKMARC, AQSHda USMARC, fransuz tilida so‘zlashuvchilar —
Fransiya,  Belgiya  va  Shvetsiyaning  fransuz  tilida  gaplashuvchi
qismi uchun INTERMARC yaratildi. 1970- yillarga kelib, MARC
formatlarning  soni  70  dan  oshdi.  Ular  orasida  Kanadada
CANMARC,  Finlandiyada  FINMARC,  OCLC — Onlayn  kom-
pyuter  kutubxonachilik  markazi  va  boshqalar  yaratildi.  Ular
uchun USMARC asosiy negiz — baza bo‘lib xizmat qiladi. Milliy
formatlarning  ko‘plab  yaratilganiga  sabab  milliy  qoidalar  va
tafovutlardir.  Natijada  turli  xil  formatlarda  va  turli  xil  tizimda
axborot almashayotgan ish murakkablashdi. Formatlar o‘rtasidagi
nomuvofiqlikni yo‘qotish uchun IFLA darajasida xalqaro vositachi
format  yaratishga  qaror  qilindi,  bu  format  UNIMARC  nomi
bilan 1977- yilda maxsus ishchi guruhi tomonidan yaratildi va u
„ universal  MARC“  deb  ham  yuritiladi.  Ishchi  guruhi  tarkibiga
AQSH  Kongressi  Kutubxonasi  vakillari  va  boshqa  davlatlardan
mutaxassislar  kiritildi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish