O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Kitobxonlarning  kompyuter  madaniyatini



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
bibliografiya

Kitobxonlarning  kompyuter  madaniyatini
shakllantirish  usullari
Huquqiy  madaniyatni  shakllantirib,  tarbiyalab  borish  har
bir tarbiya va ta’lim tizimidagi xodimning vazifasi. Buning uchun
hamma yo‘nalishdagi Davlat va hukumatimiz qonunlarini, qaror
va ko‘rsatmalarni bilishga, undan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish
maqsadida turli yakka va guruhli hamda ommaviy tadbirlar o‘tkazish
talab etiladi. Shu maqsadda ko‘pgina axborot-kutubxona markazlarida
huquqiy axborot markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar viloyat
hududidagi  barcha  fuqarolar,  tashkilot  va  muassasalar,  bilim
maskanlari  bilan  ish  olib  borish  bilan  birga  boshqa  tizimdagi
kutubxonalarga  shu  yo‘nalishda  uslubiy  yordam  beradilar.
Huquqiy madaniyat — bu o‘zining Konstitutsiyada belgilangan
haq-huquqlarini,  burchi  va  vazifalarini  anglab  yetish,  to‘la-
to‘kis amalga oshirish, amaliy faoliyatida va shaxsiy hayotida ana
shu  me’yorlardan  unumli  va  to‘g‘ri  foydalana  bilish  qobiliyati,
san’ati  va  bilimining  yig‘indisi.  Shuning  uchun  ta’lim-tarbiya
maskanlari,  jumladan,  axborot-kutubxona  markazlari,  axborot-


203
resurs  markazlari  faoliyati  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  huquqiy
madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat.
Estetik va kitob madaniyati, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini
tarbiyalash  masalasiga  ayrim  mutaxassislar  eskicha  yondashuv
deb  qaraydilar.  Ammo  hozir  ham  kitob  o‘qish  madaniyati,
axborotni  qidirish, to‘plash,  tahlil  qilish,  tanlash, undan  to‘g‘ri
foydalana  olish  qoidalarini  ko‘pchilik  kitobxonlar  tushunib
yetmaydilar.
Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur.  Chunki
estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik ko‘rsata
oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan
uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila
olmagan  kishidan  yaxshilik  kutib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun
barcha  adabiyot  va  san’at  asarlaridan,  ular  asosida  yaratilgan
audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish
burchimizdir.
O‘qish madaniyati — bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri
tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri
foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish
madaniyati,  asosan,  yosh  kitobxonlar  bilan  ishlovchi  maktab,
kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining
vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota-onalar va kutubxona
xodimlarining  hamkorligi  zarur.
Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari,
shuningdek,  elektron  kataloglar,  adabiyotlar  ro‘yxati,  tavsiya
qo‘llanmalari,  bibliografik  ko‘rsatkichlar,  bibliografik  sharhlar,
yirik shakldagi bibliografik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri
keladi.  Har  qanday  ilmiy  izlanishlar,  tadqiqot  ishlari  ularning
yordamisiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, faqatgina bir kutubxonada
yaratilgan  elektron  katalogdan  emas,  balki  boshqa  mamlakat
kutubxonalarining elektron katalogidan foydalanishda bibliografik
elementlarni bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan
qat’i  nazar  katta  ahamiyatga  ega.  Bibliografik  manbalardagi
yordamchi  apparatlar — ismlar,  predmet,  alifbo  ko‘rsatkichi,
mundarija,  kirish  so‘zi  va  boshqa  turli  ma’lumotlardan  unumli
foydalana olish ko‘nikmasi har bir kitobxon uchun zarur. Bunday
ko‘nikmani  shakllantirib  borish  ham  kutubxona  xodimining
vazifasidir.
Axborot  texnologiyalari  asrida  zamonaviy  axborot  texno-
logiyalaridan  foydalanish  ko‘nikmasi  va  madaniyatiga  ehtiyoj


204
katta.  Har  bir  kutubxona,  axborot  markazi,  o‘quv  xonalari,
sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday
sharoitda  kompyuterdan  foydalanishning  texnik  va  gigiyenik
qoidalarini  anglab  yetish,  texnika  xavfsizligiga  amal  qilish,
kompyuterni  ko‘z  qorachig‘idek  asrab-avaylash,  undan  unumli
foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil etilgan axborot
texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani
va  madaniyatni  tarbiyalashdan  iborat.  Buning  uchun  har  bir
foydalanuvchi  bilan  ishlash,  turli  ko‘rgazmali  qurollardan
foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka tartibda olib boriladigan
ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni
nazorat  qilib  borish,  maslahatlar  uyushtirish  kutubxonalar
tajribasiga kirib keldi.
Muloqot  madaniyatini  shakllantirish.  Alisher  Navoiy:  „So‘z
aytish  va  so‘z  tinglash  odobiga  alohida  e’tiborni  qaratish,  uni
ota-ona  tarbiyasining  nishonasidur“,  deydi.  Muloqot — ikki  va
undan  ortiq  kishi  o‘rtasidagi  suhbat.  Suhbatlashish,  muloqotga
kirishish  odobi  har  bir  inson  uchun  zarur.  Muloqot  davomida
o‘zaro fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy jarayon
amalga oshadi, bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr
va mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish, boyitib
borish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni
saqlash, o‘zaro hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Bu, albatta,
avvalo oilada tarbiya topadigan jarayon. Ammo uni kitob vositasida,
kutubxonada  o‘tkaziladigan  tadbirlar  ta’sirida  amalga  oshirish
ko‘proq samara beradi. Hatto kitobxon oilada olmagan bilimini
kutubxonadan topadi, oilada berilmagan yaxshi fazilatni boshqalar
ta’sirida o‘ziga singdiradi. Bunda kutubxona xodimidan, har bir
tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy namuna talab etiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish