O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
bibliografiya

tarbiyalash  shakllari
Matbuotda axborot va kompyuter madaniyati haqida fikrlar
ko‘plab  uchraydi.  Avvaldan  kutubxonachilik  ishida  kitobxon
madaniyati, o‘qish madaniyati tushunchalari ishlatilgan. Zamona-
viy  xususiyatlar  ta’sirida  axborot  va  kitobxon  madaniyati  tu-
shunchalari  mazmunan  bir-biriga  yaqin  ma’noda  qo‘llanilishi
ko‘zga  tashlanyapti.  Bu  tushunchalar  shunisi  bilan  dolzarbki,
zamon  axborotlashib  bormoqda,  axborot  olami  kengayib  ketdi.
Endi  har  bir  kishi  vaqtidan  unumli  foydalangan  holda  o‘zi
uchun zarur axborotni o‘z vaqtida olishga ulgurishi kerak. Axborot
olamidan  o‘zi  uchun  kerak  axborotni  tanlab  olish,  uni  qayta
ishlab chiqish dengiz tubidan gavhar qidirish bilan teng. Hozirgi
kun ta’lim va tarbiya tizimida kishilarni, ayniqsa, bolalarni kelgusida
axborotlashgan  jamiyat  hayotida  faol  yashashga  tayyorlash


201
muammosi  turibdi.  Buning  uchun  maktab  o‘qituvchilarini  va
kutubxonachilarni  axborot  madaniyatiga  o‘qitish  zaruriyati
tug‘iladi.
Axborot  madaniyati — axborotni  qidirish,  axborot  resurslari
(matbuot nashrlarining barcha turlari) bilan ishlay olish, axborotni
qidirish, topish, u bilan ishlash, analitik va sintetik tahlil qilish,
shaxsiy hayotida va mehnat faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasi
darajasi. Har bir kishi buni bajarish jarayonida quyidagi savollarga
javob bera olishi zarur:
— Men nima qilishim kerak?
— Axborotni topish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
— Axborotni  qanday  yo‘l  bilan  olishim  kerak?  (Axborotni
qidirish  uchun  aniq  resurslarni  tanlash)
— Qaysi  resurslardan  foydalanishim  zarur?
— Resurslardan qanday foydalanishim kerak? (Tanqidiy tahlil
qila bilish)
— Undan  nimani  yozib  olishim  kerak?  (Axborotni  saralash
va tanlash)
— Zarur axborotni ola bildimmi? (Tahlil, sintez, baho berish)
— Uni qanday va qay yo‘l bilan taqdim etish kerak? (Natijaga
baho  berish)
 Axborot madaniyatini tarbiyalash maktab va bolalar kutub-
xonasi xodimlarining asosiy vazifasi. Chunki kitobxon kitobxonlik
umrining asosiy vaqtini shu kutubxonalarda o‘tkazadi. Shuning
uchun kutubxonachi-pedagog kasbini tayyorlash vazifasi muhim
vazifalardan biri. Masalan, Rossiya maktablarida kutubxonachilar
kichik sinf o‘qituvchilariga kitobxonlik va axborot madaniyatini
shakllantirishda yordam berish bo‘yicha maxsus dasturlar yaratilgan.
Axborot bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida o‘rta
sinflarda  kutubxonachilik-bibliografik  bilimlar  targ‘ib  qilinadi,
o‘rgatiladi. Yuqori sinflarda esa axborot madaniyati asoslaridan
darslar o‘tiladi. Bizning xalqimiz avvaldan kitobxon xalq. Ammo
kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish lozim. O‘zbekcha
maktab o‘quvchilariga o‘zbek adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti
haqida ko‘proq tasavvur va tushuncha hosil qildirishimiz kerak.
Shuningdek, adabiyotni davrlar bo‘yicha, mamlakatlar bo‘yicha,
janrlar bo‘yicha ham ajrata olishlari zarur. Bunday tushunchani,
bilimni  shakllantirish,  avvalo,  adabiyot  fani  o‘qituvchilarining
ishi  bo‘lsa,  ikkinchidan,  kutubxonachining  ham  vazifasidir.


202
Kutubxonachilar axborot madaniyatini tarbiyalashda quyidagi-
larga e’tiborni qaratishlari kerak:
— tarixiy  va  huquqiy  madaniyatni  rivojlantirish — davlat
qonunlarini,  rasmiy  hujjatlarni  bilishga  yo‘llash;
— estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati
ko‘nikmalarini  tarbiyalash;
— bibliografik madaniyat;
— zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nik-
masini va madaniyatini tarbiyalash;
— muloqot  madaniyatini  shakllantirish.
Bu  xususiyatlar  hamma  uchun  zarur.  Iste’molchilar  bilan
ish  olib  borishda  quyidagi  prinsiðlarga  amal  qilinadi:  rejalilik;
ketma-ketlik;  bosqichma-bosqich  olib  borish;  alohida-alohida
ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi,
darajasini hisobga olgan holda yondashish).
Buning  uchun  ular  bilan  ishlashning  hamma  usullaridan
foydalanish mumkin. Masalan, axborot ko‘rgazmalari, stendlar,
turli bibliografik plakatlar, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari
bo‘yicha  bilim  berishga  oid  turli  xil  qo‘llanmalar,  varaqalar,
bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar,
savol-javob  o‘yinlari,  turli  videonamoyishlar  va  boshqalar.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish