Oʻzbek xalq termalari. Mundarija



Download 41,81 Kb.
bet4/11
Sana31.01.2023
Hajmi41,81 Kb.
#905737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nomoddiy kurs ishi

Kurs ishning yangiligi:
Yuqorida qayd etganimizdek, Yangi Oʻzbekiston bugun yangi marralar sari jadal ilgarilab bormoqda. Yangi taraqqiyot davri musiqa va sanʼat sohasida ham yangi imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda. Bu borada mavjud muammolarni aniqlash, ularga aniq yechimlar topish yoʻllarini izlash zarur. Bunda sohaning tajribali va taniqli mutaxassislari bilan bir qatorda yosh tadqiqotchilar ham yelkama-yelka turib jonbozlik koʻrsatishi muammolar yechimini osonlashtiradi.
Kurs ishning amaliy ahamiyati:
Fikrimizning qanchalar toʻgʻri ekani xalqimiz ijodidagi askiya janri misolida toʻliq isbotini topadi. Avvalo, askiya janri (bu haqda askiya mavzuida mukammal maʼlumot beriladi) dunyodagi birorta xalq ogʻzaki ijodida uchramaydi. Janrning asosini milliy tilimizdagi omonim soʻzlarning nihoyatda koʻpligi tashkil etadi. Soʻzlarning shaklan bir xil, ammo mazmunan turli maʼnolarni bildirishi bir soʻzni talaffuz qilishda biratoʻla bir necha fikrni ifodalash imkonini beradi. Natijada, soʻz oʻyini usuli bilan kulgi paydo boʻladi va askiya vujudga keladi. Oʻzbek milliy tilining boy va rang-barang imkoniyatlarga ega ekani boshqa janrlarda ham namoyon boʻladi. Doston, ertak, qoʻshiq kabi turli janrlarga mansub asarlar soʻzlarini boshqalari bilan almashtirish mumkin emas. Boshqa soʻz qoʻllanganda, asarning mazmuniga, shakliga, jozibasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bu holatni ogʻzaki ijodimizdagi istalgan namunaning istalgan soʻziga nisbatan kuzatish mumkin. Masalan: ertaklar “Bir bor ekan, bir yoʻq ekan...” degan soʻzlardan boshlanadi. Shu jumlaning oʻzida hikoya qilinayotgan voqeaning hayotda roʻy berganiga shubha paydo boʻlishi tabiiydir. Ertak davomida esa birinchi jumladagi fikr rivojlanadi va tasdiqlanadi. Yoki dostonlarda qayta-qayta quyidagi misralar takrorlanadi:

Dam shu damdir, oʻzga damni dam dema,


Boshing omon, davlatingni kam dema.


Bu matndagi soʻzlarni ham boshqalari bilan almashtirsak, misralarning fayzi, shukuhi yoʻqoladi. Xalqimiz yaratgan maqollarni tashkil etuvchi soʻzlar xususida esa, umuman, til lol qoladi. Oʻzingiz tasavvur qiling, Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻoti-t-turk” asarida 300 ga yaqin maqollar keltirilgan boʻlib, ularning ayrimlari shu kungacha millatimiz nutqida aynan takrorlanadi. Demak, ming yil avval bobolarimiz, momolarimiz bir maqolni qanday yoʻsinda talaffuz qilgan va qanday maqsadda aytgan boʻlsa, siz ham shunday holatda qoʻllayapsiz. Xullas, “Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi, Koʻzginamning yoshiga oʻrdak suziydi” kabi qoʻshiq misralariga duch kelar ekansiz, tilimizning qanchalar keng va bitmas-tuganmas boylikka ega ekaniga ishonch hosil qilasiz.
Beshinchidan, xalq ogʻzaki ijodi badiiy adabiyotning tarkibiy qismidir. “Badiiy” soʻzining goʻzal, ajoyib maʼnolarga ega boʻlishi lugʻatlarda qayd etilgan. Asar matnini goʻzal qilib turadigan omil esa, koʻpincha, badiiy tasvir vositalariga bogʻliq. Badiiy tasvir vositalarini mutaxassislar “badiiy sanʼatlar”, “tasvir vositalari”, “sheʼr sanʼatlari” deb ham ataydilar. Ularning sifatlash, oʻxshatish, mubolagʻa kabi oʻnlab turlari mavjud. Aslini olganda, har bir badiiy sanʼat namunasi ham oʻziga xos kashfiyot hisoblanadi. Ertakchi tasvirlayotgan malikaning goʻzalligini oʻn toʻrt kunlik oyga oʻxshatadi. Qiz shu qadar latofatga ega boʻladiki, kulsa, atrofga gul, yigʻlasa, dur sochiladi. U yurganida oyogʻi ostidagi izlar oʻrnidan rayhon, jambillar oʻsib chiqadi. Doston qahramonlari shu qadar jahldorki, gʻazabga toʻlganida moʻylovining ustini qirov bosadi, tikilganida togʻ-toshlar qumdek maydalanib ketadi.
“Bozirgon” dostonida Goʻroʻgʻli oʻttiz qoʻyning terisidan boʻlgan poʻstinni, oʻn besh qoʻyning terisidan boʻlgan choʻgirma (poyabzal) kiyib daryo yoqalab ketaveradi. Bozirgon boʻlsa bir oyogʻini daryoning oʻng, ikkinchi oyogʻini chap qirgʻogʻiga qoʻyib, tuyalarni oʻtkazayotgan boʻladi. Yuqorida qayd qilingan tasvir vositalari ogʻzaki ijod asarlariga oʻziga xos fayz bagʻishlaydi. Tinglovchi otning osmonda uchishiga, qari odamlarning goʻdak chaqaloqlarga aylanishiga, oynakdan daryo, taroqdan butazorlar paydo boʻlishiga ishonadi va bu toʻqimalarga qoyil qoladi.
Albatta, badiiy adabiyotning, xususan, ogʻzaki ijodning soʻz sanʼati sifatidagi fazilatlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan belgilar bilan chegaralanib qolmaydi. Masalan, ogʻzaki asarlarda ham, yozma adabiyotda ham ijodkor majoziy fikr yuritish usulidan foydalanishi mumkin. Majoz soʻzi lugʻaviy jihatdan “oʻtish joyi” maʼnosini ifodalaydi. Lekin bu soʻzning boshqacha aytish, koʻchma maʼno ifodalash maʼnosi ham bor. Badiiy adabiyotda majoz, asosan, vosita tushunchasida qoʻllanadi. Yaʼni biror fikrni bildirish uchun boshqacha yoʻl tanlanadi. Masalan, masallarda turli jonivorlar, narsa-predmetlar vositasida odamlar oʻrtasidagi munosabatlar yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodidagi koʻp janrlarda majoziy fikr yuritishdan keng foydalanilgan. Ayniqsa, maqollarda bu usul yetakchi hisoblanadi. “Sichqon sigʻmas iniga, gʻalvir bogʻlar dumiga”, “Otning yagʻiri toyga qolar”, “Tuyaga yantoq kerak boʻlsa, boʻynini choʻzar” kabi yuzlab maqollar mazmun-mohiyatan koʻchma maʼno ifodalovchi hikmatlardan iboratdir. “Xalq ogʻzaki ijodi – soʻz sanʼati” deganimizda, shuningdek, ertakchi, baxshi, qoʻshiqchi, askiyaboz, latifachi ijrochilarning tinglovchilarga bagʻishlayotgan maʼnaviy lazzatini ham unutmaslik lozim. Xalq qoʻshiqlarida aks etgan his-tuygʻu, ichki kechinmalar; ertaklardagi gʻaroyib voqealar; dostonlardagi goʻzal tasvirlar, eng avvalo, zargarona tanlangan soʻzlardan iboratligi, ikkinchidan, ularning mahorat bilan ijro qilinishi asrlar davomida xalqimizga zavq bagʻishlagan. Shuning uchun ham mazkur asarlar oʻzbek xalqi maʼnaviy xazinasining bebaho qadriyatlari sifatida hamisha eʼzozlangan.

Download 41,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish