Oʻzbek xalq termalari. Mundarija



Download 41,81 Kb.
bet1/11
Sana31.01.2023
Hajmi41,81 Kb.
#905737
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nomoddiy kurs ishi



OʻZBEK XALQ TERMALARI.


MUNDARIJA:


KIRISH……………………………………………………………………............................2


I BOB. OʻZBEK QOʻSHIQLARINING OʻRGANILISHI VA TASNIFI...16


1.1 Qoʻshiqlarning badiiy xususiyatlari va tarbiyaviy ahamiyati....19


1.2. Termalarning yaratilishi va ularning turlari………………………...….24


II BOB. MEHNAT QOʻSHIQLARI VA TERMALAR..........................27


1.1 Mehnat qoʻshiqlari, ularning turlari...........................................27


1.2 Termalar va ularning oʻziga xos xususiyatlari..........................30


XULOSA.........................................................................................34


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI...............................37

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yurtimiz mustaqil respublika sifatida shakllanib rivoj topayotganiga 20 yil boʻlib qoldi. Oʻtgan muddat davomida xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, shu jumladan, adabiyotshunoslikda ham keskin sifat oʻzgarishlari roʻy berdi. Madaniyat, sanʼat, adabiyot, xalq ijodiga boʻlgan munosabat davlat maqomi darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston radio va televideniyesi, gazeta, jurnallarda millatimiz ogʻzaki ijodi namunalari va ular haqidagi maʼlumotlar muntazam ravishda yoritilmoqda. Oliy oʻquv yurtlarining filologiya va jurnalistika fakultetlarida oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi kursi namunaviy dastur asosida oʻqitilmoqda. Mazkur dasturda xalqimiz ogʻzaki ijodi milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi ekani, badiiy ijod ota-bobolarimizdan keyingi avlodga qoldirilgan maʼnaviy meros ekani alohida taʼkidlanadi. Ammo oʻtgan vaqt davomida “Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi” kursi boʻyicha yangicha talqin qilingan, zamon ruhi singdirilgan darslik va hatto qoʻllanmaning yozilmagani achinarli hol. Ana shu kamchilikni muayyan ravishda bartaraf qilish maqsadida mazkur qoʻllanmani tayyorlashga jurʼat qildik.
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlarini qisqartmagan holda nashr qilish, ularning tariximiz va bugungi kunimizdagi ahamiyatini anglashdagi ijobiy oʻzgarishlar tashabbuskori yurtboshimiz Islom Karimov boʻldi. 1990 yilda, hali mustaqillik qoʻlga kiritilmasdan avval taqiqlangan Navroʻz bayrami umumxalq tantanasi darajasida nishonlandi. Keyinchalik “Alpomish” dostonining 1000 yillik toʻyi tantana qilindi. 2008 yil “Maʼnaviyat” nashriyoti tomonidan eʼlon qilingan “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” kitobida shunday deyiladi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimiy toshyozuv va bitiklar, xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qoʻlyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, sanʼat, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, meʼmorlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk maʼnaviy boyligimizdir . Muhimi, xalq ijodi, xususan, ogʻzaki ijod asarlari millat sifatidagi oʻzbeklar tabiatining shakllanishidagi ahamiyatini yurtboshimiz mohiyat jihatdan yuksak baholaydi.
Shuningdek, qoʻllanmani tayyorlashda, avvalo, hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek filologiyasi, Jurnalistika fakultetida 40 yildan ortiq muddat davomida “Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi”, “Ommaviy axborot vositalari va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi” fanidan oʻqigan maʼruzalarimiz, oʻtkazgan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari, yaqin 50 yil davomida talabalarimiz ishtirokida tashkil etilgan folklor ekspeditsiyalari natijalari, Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidan nashr ettirilgan avvalgi darsliklardagi bugungi kunda oʻz qadrini yoʻqotmagan fikr-mulohazalar, taniqli olimlarimizdan H.Zarifov, M.Afzalov, M.Alaviya, Z.Husainova, O.Sobirov, A.Qahhorov, J.Qobulniyozov, M.Saidov, T.Mirzayev, K.Imomov, M.Murodov, B.Sarimsoqov, T.Ashurov, O.Safarov, A.Musaqulov, M.Joʻrayev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul va boshqa taniqli folklorshunos olimlar tomonidan bildirilgan ilmiy qaydlar asos boʻldi.


________________________
1Karimov I. A. Bizning yoʻlimiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yoʻlidir. –
T.: Oʻzbekiston, 2012. – 312 b.
Folklorshunoslar: H.Zarifov, M.Afzalov, M.Alaviya, Z.Husainova, O.Sobirov, A.Qahhorov, J.Qobulniyozov, M.Saidov, T.Mirzayev, K.Imomov, M.Murodov, B.Sarimsoqov, T.Ashurov, O.Safarov, A.Musaqulov, M.Joʻrayev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul va boshqalar.
Kurs ishning vazifasi: Maʼlumki, mazkur kurs respublikamiz viloyatlari universitetlari va pedagogika institutlarining Oʻzbek filologiyasi, ayrim oliy oʻquv yurtlaridagi Jurnalistika fakultetlari talabalari uchun oʻzbek adabiyoti tarixi haqidagi ilmiy tizimning tarkibiy qismi sifatida oʻqitiladi. Unda xalq ogʻzaki ijodining xos xususiyatlaridan tashqari maqol, topishmoq, askiya, latifa, lof, qoʻshiq, ertak, doston kabi janrlar doirasida fikr yuritiladi.
Oʻtgan asrning 80-90-yillarida oliy oʻquv yurtlarining filologiya fakultetlari talabalari uchun xalq ogʻzaki ijodi fanidan darslik yaratish tajribasi amalga oshgan edi. Dastlab 1980 yilda “Oʻqituvchi” nashriyoti H.Razzoqov, T.Mirzayev, O.Sobirov, K.Imomovlarning muallifligida birinchi darslikni eʼlon qildi. Keyinchalik 1990 yilda K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, O.Safarovlar muallifligida “Oʻqituvchi” nashriyoti “Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi” darsligini nashrdan chiqardi. Bu darsliklarda xalq ogʻzaki ijodiga oid maʼlumotlar folklorshunoslik nuqtai nazaridan ilmiy asosda oʻz ifodasini topgan. Zarur oʻrinlarda biz ham ulardan foydalanganmiz. Ammo yurtimizda roʻy bergan ijtimoiy oʻzgarishlar asarlarni tahlil qilishda yangicha yondashishni taqozo qiladi. Chunki oʻtgan asrning 80-90-yillarida xalq ogʻzaki ijodidagi xos xususiyatlar, maqollardan tortib qoʻshiqlargacha, ertaklardan dostonlargacha asosan sobiq tuzum mafkurasi tazyiqida oʻrganilgan va tahlil qilingan. Xususan, juda koʻp oʻrinlarda oʻzbek xalqi yaratgan asarlar kambagʻal va boylar sinfi oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar zaminida baholangan. Hatto Navroʻz bayramini ham asrlar davomida tajribadan oʻtgan xalq tantanalari qatorida qayd qilingandan koʻra islom dinidan avval paydo boʻlganligini, diniy marosimlarga aloqasi yoʻqligini taʼkidlash bilan oqlab koʻrsatishga eʼtibor berilgan. Xalq ogʻzaki ijodi dasturiga binoan “Alla” haqida, bolalar folklori mavzusida fikr yuritiladi. Biz qoʻshiqlar yuzasidan bildirilgan mulohazalarda ham “Alla”larga qisman toʻxtab oʻtdik. Ayni chogʻda mavsum-marosim qoʻshiqlari yuzasidan ham ikki oʻrinda: “Qoʻshiqlar” va “Mavsum marosimiy folklori”da maʼlumot berishga majbur boʻldik. Shuning uchun mazkur qoʻllanmada uchraydigan ayrim takrorlar borligini qayd etmoqchimiz. Mazkur janrlar haqidagi tushunchalarga ega boʻlish bugungi kun filolog va jurnalist mutaxassis uchun oʻta zarur hisoblanadi.

Download 41,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish