Oʻzbek xalq termalari. Mundarija


Termalar va ularning oʻziga xos xususiyatlari



Download 41,81 Kb.
bet9/11
Sana31.01.2023
Hajmi41,81 Kb.
#905737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nomoddiy kurs ishi

1.2 Termalar va ularning oʻziga xos xususiyatlari.
Xalq og‘zaki ijodida qo‘shiq va doston o‘rtasida vujudga kelgan bir janr bor. Unda qo‘shiqdagi lirik ifoda, ayni paytda epik bayon qilish xususiyati uyg‘un namoyon bo‘ladi. Bunday asarlarga xalq terma deb nom bergan. So‘zning lug‘aviy ma'nosi ko‘pdan terib olingan, ajratib saralangan tushunchalarini beradi. O‘zbek folklorining yirik tadqiqotchisi filologiya fanlari doktori, professor To‘ra Mirzayev termalar janriga shunday ta’rif beradi: «Pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta'rifi va tanqidiga bag‘ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200, ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo‘lgan lirik, liro-epik she'rlarga terma deyiladi»
Ta’rifda diqqatni jalb qiluvchi bir nechta fikriy nuqtalar bor. Avvalo, termalar mavzu jihatdan, ko‘pincha, pedagogik ahamiyatni nazarda tutgan hayotiy lavhalar bayonidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, ularda yozma mumtoz adabiyotdagi qasida vazifasi bajariladi. Ya'ni ayrim shaxslar, do‘mbira, ot yoki yana nimalargadir she'r maqtovlar bag‘ishlanadi. Uchinchidan, termalar lirik parchalardan tashkil topishi mumkin. Demak, bunday termalarda ijrochining bosh maqsadi his, tuyg‘u, ichki kechinmalar ifodasiga qaratiladi. To‘rtinchidan, liro-epik she’rlardan iborat bo‘lganda, voqyealar bayoni his-tuyg‘u vositasida aks etadi. Va, nihoyat, hajmi 10-12 va 150-200 misra atrofida, ya'ni ijrochi baxshining xohishi bilan belgilanadi.
Filologiya fanlari doktori, professor Abiyr Musaqulov esa xalq termalarining estetik ahamiyatiga diqqat qilib shunday deydi: «Termalar o‘zbek folklori estetikasini o‘rganish uchun g‘oyat muhim manbadir. Go‘zallik va xunuklik, baxt va baxtsizlik haqidagi termalar fikrimizga dalil bo‘la oladi». Mazkur mulohaza muallifi termalarning xalq ommasi orasidagi haqiqiy insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish quroli ekanini alohida ta'kidlamoqda. So‘z san'atining bosh vazifasi ham aynan insonga go‘zallik va xunuklik vositasida uning qalbiga yo‘l topish orqali ruhiy ta'sir o‘tkazishdir. Termalarning janr xususiyatlari ana shu tushunchalar orqali namoyon bo‘ladi.
Professor Hodi Zarifov bergan ma'lumotlarga qaraganda, Jumanbulbul o‘g‘li Ergashni maktabdor O‘tamurodning qizi Ziynatoyga uylantirganlar. Ammo baxshi yashaydigan hudud an'anasiga ko‘ra kelin to‘ydan keyinoq kuyovnikiga kelmas ekan. Uning kuyovnikiga kelishi uchun yana bir to‘y o‘tkazish odati bor ekan. Afsuski, birinchi to‘ydan keyin Jumanbulbul vafot etadi. Ergashning esa keyingi to‘yga mablag‘i bo‘lmaydi. Otasidan qolgan arzimas bor-yo‘q narsalarni qarz evaziga olib ketishadi:


Bo‘lib-bo‘lib olib ketdi haqini,
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo‘g‘ini,
Zoti yo olismi, bizga yaqini,
Bariga haq berib turgan kunlarim.


Ergash hayotida juda murakkab tanqis holat ro‘y beradi:


Xotin qoldi otasining uyida,
Men bilmayman ne gaplar bor o‘yida,
Ko‘p va'dalar bo‘lgan edi to‘yida
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.


Shunday qilib, vaqtida jonkuyar insonlar harakati bilan yozib olingan termalar yordamida baxshi hayotidagi o‘ta sirli va betakror hodisalar haqida
ma'lumot olamiz.
Mashhur baxshilar yurtda sodir bo‘layotgan adolatsizliklarga beparvo qarab turolmaganlar. Ayrim termalar matnida O‘zbekiston hududidagi tarixiy voqealar ham aks etgan. Xususan, Hodi Zarifov qayd qilishicha, 1898-1908-yillarda O‘rta Osiyoni chigirtka bosgan ekan. O‘tgan asrda qariyalarning xotirasiga qaraganda, ayrim hududlardagi chigirtkani kuraklarda qopga solib ulgurishmagan ekan. Ana endi ofatni ekin maydonlarida tasavvur qiling. 1908-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Chigirtka» nomi bilan terma yaratadi:

Bozorchidan shayton qaytib,


Biriga uch baho aytib,
O‘ttiz olib, to‘qson sotib,
Davlatmandlar qabon bo‘ldi.

Kambag‘alning aqli shoshib,


O‘g‘il-qizman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig‘lashib,
Do‘stlar qaddi kamon bo‘ldi.

Bu qo‘shiq-termada yurtimiz boshidan kechgan musibatli kunlar badiiy aksini topgan.


Baxshilar tomonidan kuylab kelingan «Do‘mbiram», «Kunlarim», «Nima aytay?», «Go‘ro‘g‘li», «Bormi jahonda?..» kabi termalarning hammasida ham ma'lum darajada real tarixiy voqyealar, xalqning kechinmalari ifodalangan. Ularni yaratishda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom shoir, Umir Safarov, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Rahmatilla Yusuf o‘g‘li, Qodir baxshi, Qahhor baxshi ijodi muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, termalarni xalqimiz og‘zaki ijodidagi mustaqil janr sifatida baholash mumkin. Ular xalq hayotining badiiy ifodasi sanaladi. Termalarning xalq dostonlari va haqqoniy hayot o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vositachilik ahamiyati g‘oyatda muhimdir.

_______________


Professorlar: To‘ra Mirzayev, Abiyr Musaqulov va Hodi Zarifov,
Sarimsoqov B. Qoʻshiqlar / Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. - T.: Oʻqituvchi, 1990. – B. 144.
Mirzayev T. Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. - T.: Oʻqituvchi, 1990. – B. 169.
XULOSA.

Oʻzbek xalqining oʻtmishi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu davr ichida xalqning ham moddiy, ham maʻnaviy madaniyati jahon sivilizatsiyasining oʻlmas namunalariga aylandi. Xususan, oʻzbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar osha ajdodlar tomonidan sayqallanib, xalqning bebaho mulki boʻlish bilan bir qatorda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirishning muhim subʻyektisifatida baholandi. Zero, nomoddiy madani meros insonni tarbiyalaydi, ulugʻlaydi. Tabiat va xayot goʻzalligini ochib beradi. Unga mehr – muhabbat munosabatini oshiradi. Shu bilan birga nomoddiy madaniy meros muhim aqliy vazifani ham bajaradi. “Biz har qanday qobiliyatda yozilgan asarni”, - deb yozadi Gyote – Ona xayotimizdagi faktlarni oʻrganishga koʻmaklashganligi uchun qadrlaymiz va eʼzozlaymiz.”


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov oʻzining bir qator asarlarida milliy maʻnaviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini hal qilishda asosiy vazifa sifatida maʻnaviyatni shakllantirishga taʻsir koʻrsatadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilish, ularning bu jarayondagi oʻrni va rolini yaxshi anglab yetish lozimligini alohida taʻkidlab oʻtgan. Shu bilan birga har qanday xalq yoki millatni unga tegishli boʻlgan maʻnaviyat, tarix, oʻziga xos urf-odat va anʻanalar, hayotiy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etib boʻlmasligi qayd etildi. Bu borada, tabiiyki, maʻnaviy meros, madaniy boyliklar, koʻhna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillar boʻlib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda milliy madaniyatni, xususan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targʻib etishga alohida eʻtibor berilmoqda. Chunonchi, 1999 yilda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan YUNESKO tomonidan xalq ogʻzaki ijodining nodir durdonasi boʻlmish “Alpomish” dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 martdagi Farmoniga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” unvoni taʻsis etildi, bu esa xalqimizning madaniy merosiga boʻlgan yuksak ehtiromning yorqin misolidir. 2001 yil 30 avgustda “Madaniy meros obʻyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi “Madaniy meros obʻyektlarini muhofaza qilish va ulardan foylalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori madaniy meros obʻyektlarini muhofaza qilish ishlarini yangi bosqichga koʻtardi, tarixiy va madaniy yodgorliklarni har tomonlama oʻrganish, ommalashtirish hamda targʻib etishga yordam berdi.
Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilyotgan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targʻib etishga qaratilgan ishlarning izchilligini taʻkidlash joizdir.
Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi qoʻshiqchilik yunalishida har yili “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish haqidagi Qarori buning dalilidir.
Mustaqillik va Navroʻz bayramlarining mamlakatimizda davlat miqyosida keng nishonlanishi, mazkur bayramlarga bagʻishlangan asosiy tantanalarning poytaxtda chet ellik mehmonlar, diplomatik korpus vakillari ishtirokida oʻtkazilishi, shuningdek, bu tadbirlarning telekanallar orqali dunyoning oʻnlab mamlakatlariga translyasiya qilinishi milliy nomoddiy madaniy merosimizni xalqaro miqyosda targʻib etishning muhim omilidir.
Oʻzbekiston Respublikasi 2007 yil 1dekabrda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qildi va 2008 yil 29 apreldan boshlab uning toʻla huquqli ishtirokchisiga aylandi. Mamlakatimizda 2003 yil 17 oktyabrda Parij shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʻlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Bosh konferensiyasida (Yunesko) qabul qilingan Konvensiya qoidalarini bajarish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbek xalqi umumjahon madaniyati rivojlanishiga oʻzining sezilarli xissasini qoʻshgan va ayni vaqtda umuminsoniy madaniyatdan oziq olib rivojlangandir. Albatta buning zamirida oʻzbek xalqining nomoddiy madaniy merosi va uning oʻlmas namunalari turgan.
Qadim oʻtmishimizda ham ajdodlarimiz nomoddiy madaniy merosimizga boshqacha mexr bilan qarashgan.
Ijtimoiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlari tufayli vujudga keladigan yangiliklar voqelikka aylanadi. Bu yangi narsa eskidan olinib, mukammalroq boʻladi. Oqibat natijada, xalq ijodiyotining ajoyib namunalari har bir davrda rivojlanib yangilanib boradi. Xalq ijodi ayni vaqtda bu jarayon insoniyatning badiiy tajribasidagi anʼanalarni oʻzlashtirish bilan ham bogʻliqdir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat taʻlim yoʻnalishida talabalarga oʻqitilayotgan nomoddiy madaniy meros kursini oʻqitishdan maqsad shuki talabalarning oʻzbek xalqi nomoddiy madaniy merosidan foydalanish, uni tanqidiy oʻzlashtirish, ayni vaqtda uni yanada rivojlantirish va boyitishdan iboratdir. Bu maqsadda erishishda mazkur maʻruza matni dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
Insoniyat yaratgan moddiy va maʻnaviy madaniyat yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Din, tarix, falsafa, qadriyatlar, urf-odat va marosimlar shu muazzam daraxtning shoxlari, xalq ijodi, dunyoqarashi va fikriy kashfiyotlari esa uning ildizidir.
Dunyodagi boshqa xalqlar qatori oʻzbek xalqining ham madaniy qadriyatlari, maʻnaviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning maʻnaviy oʻchoqlaridan biri boʻlib xizmat qilgan. Bundan tashqari, biz yashab turgan hudud gʻoyat xilma-xil diniy eʻtiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan mintaqa hisoblanadi. Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston hududi nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov taʻkidlaganidek, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Nomoddiy madaniy meros bu xalq ijodi zamonaviy sanʼatining bitmas - tuganmas chashmasi hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, ogʻizdan-ogʻizga , ustozdan – shogirdga, avloddan – avlodga oʻtib, takomillashib sayqal topib , taraqqiy etgan ijod maxsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush tabiati toʻgʻrisidagi tushunchalari, madaniyati , eʼtiqodi, orzu – istaklari va ideallari , xis-tuygʻulari va tafakkurining boy olami baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻylari oʻz ifodasini topadi.
Nomoddiy madaniy meros durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyati vakillari tomonidan ijod etiladi. Ogʻizdan - ogʻizga koʻchib boshqalar ham bu asarlarni ijro etadilar,uning boyib borishiga oʻz xissalarini qoʻshadilar. Natijada, Nomoddiy madaniy meros xalq ijodiyotining eng yaxshi namunalari oʻlmas anʼanalarga aylanadi va asrlar davomida oʻzbek xalqining maʼnaviy qiyofasini namoyon etib keladi.

Download 41,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish