Oʻzbek xalq termalari. Mundarija


Termalarning yaratilishi va ularning turlari



Download 41,81 Kb.
bet7/11
Sana31.01.2023
Hajmi41,81 Kb.
#905737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nomoddiy kurs ishi

1.2. Termalarning yaratilishi va ularning turlari.

Terma oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida qoʻshiq va doston janrlarining orasida koʻprik vazifasini oʻtovchi kuyga solib aytiladigan sheʼriy asar boʻlsa - da, folklorning mustaqil janri hisoblanadi. Termalarning yaratilishida baxshilarning roli juda kattadir. Koʻpincha termalar doston kuylovchilarning shaxsiy ijod namunasi boʻladi.


Terma deb asosan pand – nasihat, axloq - odob, soz va badiy soʻz haqida yaratilgan, hayotdagi turli hodisalar, biror shaxs yoki jonivorning taʼrifi yoki tanqidiga bagʻishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10 – 12 misradan 150 – 200 misragacha, baʼzan undan ham ortiq hajmdagi lirik, liro – epik asarlarga aytiladi. Bu atama terib, tanlab olish degan maʼnoni anglatadi. Baxshilarning oʻzlari ham “Terma shu, terib aytib borasan” deyishadi. Termalar 3, 4, 5, 6 misrali bandlardan tuzilishi mumkin. Odatda termalar dostonlarni ijro etishdan odin “Nima aytay?” deb boshlanadi. Baʼzan buni “Doston terish” deb ham yuritiladi. Shuning uchun ham termalarni doston ijro etish jarayonida kirish qism deyish mumkin. Ayrim hollarda dostonlardan olib aytilgan parchalar ham terma deb yuritiladi.
Termalarning keng tarqalgan turi “Nima aytay?” sheʼridir. Bu termaning hajmi doston kuylovchining mahorati va tajribasi bilan bogʻliq. Baxshi tinglovchilarning diqqat-eʼtiborini oʻziga tortish, doston eshitishga tayyorlash maqsadida terma kuylay boshlaydi va oʻzi sevib kuylaydigan dostonlar qahramonlarining ayrim belgilarini tinglovchilar yodiga soladi:
Oʻn beshida oyday toʻlgan,
Olmosini belga solgan.
Goʻroʻgʻliga xizmat qilgan,
Qirq yigitni girdga olgan,
Soʻrab oʻtdi Avaz polvon,
Avazxondan aytayinmi?
Termalarning koʻpgina qismini baxshilarning tarjimai holi bilan bogʻliq “Kunlarim”, “Doʻmbiram”, “Dutorim” kabi asarlar tashkil etadi. Masalan, Poʻlkan shoir shunday kuylagan:
Yangi tor tortayin toringni uzib,
Undan soʻng soʻylarsan suyaging qizib,
Odamlar ketmasin majlisni buzib,
Maskov, Nijniy, Qozon, Noʻgʻoyni kezib,
Shaharni qidirib yurgan doʻmbiram.
Shoir soʼzini oʻzining yordamchisi, doʻsti deb biladi:
Uch-toʻrt ogʻiz maqtab qoʻyay mann sani,
Qovurgʻangdan qirib solgan randani,
Xonish qilsam yolgʻiz qoʻymaysan mani,
Xonishimga yordam bergan doʻmbiram.
Baʼzan shoirlar hazil-mutoyiba qilib tinglovchini kayfiyatini koʻtarishga harakat qiladi:
Nomard yigit bu majlisga boʻylamas,
Avji kelsa Nurman gapni oʻylamas,
Yorib yoqsam biror choydish qaynamas,
Senday yogʻoch oʻtin boʻlgan doʻmbiram.
Mashhur folklorshunos olimlar Hodi Zaripov, Buyuk Karimov, Gʻozi Olim Yunusov, Mansur Afzalov, Malik Murodov oʻnlab xalq baxshilarining tarjimai hollari bilan bogʻliq termalarni yozib olganlar. Jumladan Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining “Tarjimai hol”, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Razzoq baxshi Qozoqboy oʻgʻli, Abdulla shoirlarning “Kunlarim” nomli liro-epik dostonlari zamonaviy termalarning eng yaxshi namunalaridir.
Termalarning aksariyati didaktik xarakterga ega. ergash shoir termasidagi yaxshilik va yomonlikni anglash, soʻz vasuhbat qadriga etish haqidagi quyidagi satrlar gʻoyatda ibratlidir. Masalan: Har narsadan suxan qimmat yoronlar,
Yaxshi soʻzni qiling hurmat yoronlar,
Vaqtingizni qadrin bilib oʻtkazing,
Baridan shu dam gʻanimat, yoronlar.
Bu dunyoda shirin, doʻstlar, tiriklik,
Oʻz tengingiz bilan suhbat yoronlar.
Yaxshiga yonashib odam ayiring,
Har nokasga boʻlmang ulfat, yoronlar.
Yaxshiman yomonni soʻzman biladi,
Tildan chiqar dilga niyat, yoronlar.
Baxshilar repertuarida boylar, eshonalar, tekinxoʻrlarni ayovsiz savalagan satirik termalar ham tez-tez uchrab turadi. Jumanbulbul yaratgan manna bu terma shunga yaxshi misol boʻladi:
Agar tuya boʻlganingda joʻng boʻlaring,
Otdan keyin, eshakman teng boʻlaring,
Qantar ogʻmay xarish boʻb agʻnab yotib,
Qargʻa bilan quzgʻunga em boʻlaring.
Agar yilqi boʻlganda oʻtmas eding,
Bahong qirq besh, ellikka etmsa eding,
Har kim olsa oʻzingni aynib berib,
Chir aylanib ovuldan ketmas eding.
Xalq qoʻshiqlarida voqelik yakka shaxsning kechinmalari orqali aks etadi. Biroq bu kechinmalar jamoa his-tuygʻulari bilan uygʻunlashgan boʻladi. Chunki xalq ogʻzaki ijodida yakka shaxsning kechinmalari jamoa kechinmalarini ifodalashning bir vositasi boʻlib hisoblanadi.
Qoʻshiqlar xalq maʼnaviyatining qudratini, fidokoroan mehnatini, omma irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlik va elparvarlikka, vatanparvarlik va doʻstlikka, sevgida sadoqatga chorlaydi.
Qoʻshiq asosan mustaqil toʻrtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq sheʼri namunasidir.
Qadimgi qoʻshiqlarning dastlabki namunalari Mahmud Koshgʻariy tomonidan 1072 yilda tuzilgan “Devonu lugʻatit-turk” asarida uchraydi. Qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodidagi deyarli yagona lirik janr hisoblanadi. Maʼlumki, lirikada asar yaratuvchining atrof-muhitda roʻy berayotgan voqealarga nisbatan his-tuygʻulari orqali bildirgan munosabati aks etadi. Demak, qoʻshiqlarni qoʻshiq aytuvchining ruhiy holati ifodasi sifatida ham qabul qilish mumkin. Chunki hayot taqozosi bilan roʻy bergan voqea-hodisalardan xursand boʻlgan shaxs ham, xafa boʻlgan kimsa ham oʻz mamnunligini va dardini lirika orqali ifodalashga intiladi. Tabiiyki, xursand kishi gʻamgin qoʻshiq va aksincha xafa odam shoʻxchan qoʻshiq kuylamaydi. Shuning uchun ham xalq maishiy hayotida muhim hisoblangan toʻy ham, aza ham qoʻshiq sanʼati bilan chambarchas bogʻliqdir. Qoʻshiqning xalq sanʼatining keng tarqalgan ijod namunasi sifatida tushunilishiga ham ana shu yuqoridagi xususiyatlar sabab boʻlgan.


______________
5Folklorshunos olimlar Hodi Zaripov, Buyuk Karimov, Gʻozi Olim Yunusov, Mansur Afzalov, Malik Murodov,
Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Razzoq baxshi Qozoqboy oʻgʻli va Abdulla shoirlarning dostonlari.

Download 41,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish