Oʻzbek xalq termalari. Mundarija


Kurs ishning tuzilishi va xajmi



Download 41,81 Kb.
bet5/11
Sana31.01.2023
Hajmi41,81 Kb.
#905737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nomoddiy kurs ishi

Kurs ishning tuzilishi va xajmi: Ish toʻrtta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


______________________
3“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da (3-jild. 442-b), “Alpomish” dostoni, “Bozirgon” dostoni Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻoti-t-turk” asari.
ASOSIY QISM
I BOB. OʻZBEK QOʻSHIQLARINING OʻRGANILISHI VA TASNIFI.

Xalq qoʻshiqlari ogʻzaki ijodimizning qadimiy lirik janridir. “Qoʻshiq” atamasi qadimgi turkiy tildagi “qoʻshdi” feʼlining oʻzagidan yasalgan boʻlib, misraga misrani qoʻshib kuylash, sheʼr toʻqish maʼnolarini anglatadi va bu atama ikki maʼnoda qoʻllaniladi. Keng maʼnoda u ogʻzaki lirika turini anglatadi va bu maʼno, yaʼni sheʼriyat, qasida, qoʻshiq maʼnolari Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit-turk” asarida ham qayd etilgan (DLT. 1-tom, 1960, 357). Tor maʼnoda qoʻshiq atamasi ogʻzaki lirik turga mansub mustaqil janrni anglatadi.


Xalq qoʻshiqlarida voqelik yakka shaxsning kechinmalari orqali aks etadi. Biroq bu kechinmalar jamoa his-tuygʻulari bilan uygʻunlashgan boʻladi. Chunki xalq ogʻzaki ijodida yakka shaxsning kechinmalari jamoa kechinmalarini ifodalashning bir vositasi boʻlib hisoblanadi.
Qoʻshiqlar xalq maʼnaviyatining qudratini, fidokoroan mehnatini, omma irodasining bukilmasligini ifodalab, kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlik va elparvarlikka, vatanparvarlik va doʻstlikka, sevgida sadoqatga chorlaydi.
Qoʻshiq asosan mustaqil toʻrtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq sheʼri namunasidir.
Qadimgi qoʻshiqlarning dastlabki namunalari Mahmud Koshgʻariy tomonidan 1072 yilda tuzilgan “Devonu lugʻatit-turk” asarida uchraydi. Qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodidagi deyarli yagona lirik janr hisoblanadi. Maʼlumki, lirikada asar yaratuvchining atrof-muhitda roʻy berayotgan voqealarga nisbatan his-tuygʻulari orqali bildirgan munosabati aks etadi. Demak, qoʻshiqlarni qoʻshiq aytuvchining ruhiy holati ifodasi sifatida ham qabul qilish mumkin. Chunki hayot taqozosi bilan roʻy bergan voqea-hodisalardan xursand boʻlgan shaxs ham, xafa boʻlgan kimsa ham oʻz mamnunligini va dardini lirika orqali ifodalashga intiladi. Tabiiyki, xursand kishi gʻamgin qoʻshiq va aksincha xafa odam shoʻxchan qoʻshiq kuylamaydi. Shuning uchun ham xalq maishiy hayotida muhim hisoblangan toʻy ham, aza ham qoʻshiq sanʼati bilan chambarchas bogʻliqdir. Qoʻshiqning xalq sanʼatining keng tarqalgan ijod namunasi sifatida tushunilishiga ham ana shu yuqoridagi xususiyatlar sabab boʻlgan.
Bu janrga mansub asarlar asosan toʻrt misradan iborat boʻladi va ab-ab yoki aa-ba tarzda qofiyalanadi. Har bir toʻrtlikda maʼlum ruhiy holat haqida tugal fikr ifodalanadi. Masalan:
Daryolarning ul yuzidan sel keladi,
Sel bilan ikki oʻrdak teng keladi.
Oʻrdakka oʻrdak munosib, gʻozga-gʻoz,
Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit-turk” asaridagi qoʻshiqlar mavzu va mazmun jihatidan bir necha turlarga boʻlingan. Ular orasida lirik, ov va chorvachilik bilan bogʻliq, fasllar munozarasi kabi qoʻshiqlar uchraydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, bu sheʼriy parchalarni adabiyotshunos olim Abdurashid Abdurahmonov “Alp er Tunga (Afrosyob) jangnomasi”ning qismlari deb isbotlashga harakat qilgan. Shunday fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan ham ilgari surilgan. Bizningcha ham, bu sheʼriy parcha-toʻrtliklar shaklan xalq qoʻshiqlariga oʻxshasa ham, aslida yaxlit bir asarning saqlanib qolgan namunalaridir. Ular A. Abdurahmonov taʼkidlaganidek, “Alp er Tunga (Afrosyob) jangnomasi” yoki marsiyasining yoxud boshqa bir asarning qismlari boʻlishi mumkin.
Hozirgi kunda oʻzbek xalq qoʻshiqlari quyidagicha tasnif qilinmokda:
Lirik qoʻshiqlar.
Mavsum qoʻshiqlari.
Marosim qoʻshiqlari.
Mehnat qoʻshiqlari.
Tarixiy qoʻshiqlar.
Lirik qoʻshiqlar inson ruhida tashqi muhit taʼsirida vujudga kelgan his-tuygʻularni, ichki kechinmalarni ifodalovchi vosita hisoblanadi. Lirik qoʻshiqlarning mazmunini oddiy soʻzlashuv tarzida, yaʼni fikrni sodda soʻzlar bilan bayon etgan holda ifodalash mumkin emas. Baʼzi lirik qoʻshiqlarni esa izohsiz tushunib boʻlmaydi. Ammo oʻzbek qoʻshiqlari qatoridagi bu sheʼriy parchalarni oʻzbeklar ruhan tushunganliklari uchun izohini surishtirib ham oʻtirmaydilar. Masalan xalq orasida:
“Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotgoning qani?
Men yomondan ayrilib,
Yaxshini topgoning qani?”
deb “Tanovor” kuyida aytiladigan qoʻshiq bor. Unda oq ilonning oydinda yotishi haqida fikr bildirilgan. Bu qoʻshiqni ijro etadigan oʻzbeklarning koʻpchiligi “Oq ilonning oydinda yotishi” maʼnosini bilmaydilar. Olimlarning qayd etishicha, qadimgi rivoyatlarga koʻra oq ilonning oydinda yotganini koʻrgan har bir kimsa baxtli boʻlar ekan. Mazmuni izohlanayotgan mazkur qoʻshiqda ana shu rivoyatga ishora mavjuddir. Qoʻshiqda oq ilonning oydinda yotmagani bilan qoʻshiq toʻqiyotgan shaxsning baxtli boʻlolmagani paralell qoʻyiladi. Oʻz sevgilisiga etisha olmagan kimsa ruhan bu dunyoda baxtli odamning umuman yoʻqligini taʼkidlashga harakat qiladi. Agar biz:
Men bu erda oʻt yoqsam, Andijonda tutuni,
Bu dunyoda bormikan yurak bagʻri butuni.
Bu dunyoda bor boʻlsa, yurak bagʻri butuni,
Qogʻozdan oʻchoq yasabo, guldan qilay oʻtini.
deb kuylanuvchi qoʻshiqni esga olsak, fikrimizning toʻgʻriligi yanada aniqroq koʻrinadi.

Download 41,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish