Abu Nasr Farobiyning musiqaga qo’shgan hissasi.
Farobiy musiqani inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omillardan biri deb bildi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bag’ishlovchi, histuyg’ulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli ko’p jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida ma’lumot berdi; ilmi iyqo, ilmi ta’lif fanlariga asos soldi.Yuqoridagi asarida o’tmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uyg’unligi, kuy ijro etish usullari haqida so’z yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga ta’sir qiladi, Mustaqil O’zbekistonda yangi jamiyat qurish ishi keng avj olib ketgan hozirgi davrda yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, ularning Vatanga bo’lgan mehr – muhabbatini oshirish, ma’naviy siyosiy ongini o’stirish va estetik hissini, takomillashtirish muhim masalalardandir. Estetik axloqiy arbiya borasida san’at, xususan musiqa san’ati o’rnining ta’sir kuchi bilan nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u eng qadimiy ayni chog’da zamonaviy va. xalqning sevimli san’ati hisoblanadi. IX asr oxiri va X asr boshida yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Nasr Forobiyning “Sof birodarlar maktubi” nomli asarida musiqaning naqadar ta’sirchan ekanligi haqida rivoyatlar keltiriladi: “Kenlardan bir kun e’tiborli bir kishi o’z huzuriga. musiqachilarni chaqiradi. Ularning mahoratiga qarab o’tirishga taklif etadi.
Shu paytular huzuriga juldur kiyingan bir kishi kirib keladi. Uy soxibi uni eng to’rga o’tirishga taklif uyg’otadi. Bundan musiqachilar ranjiydilar. Shunda uy egasi kelgan kishining ulardan ustun ekanligini ko’rsatish uchun shunday deydi...”. Undan biror kuy chalib berishini iltimos qiladi.Notanish kishiyonidan bir yog’och asbobini chiqarib, birbiriga ulab, shunday bir kuyni chaladiki majlisda o’tirganlar nihoyatda shod va xursand bo’ladilar. Keyin u bir kuyni ijro etadi. Kuy shunchalik ta’sirchan va mungli bo’ladi, o’tirganlar qayg’uga tushadilar, qalblari alamga to’ladi. So’ng u yana bir kuyni chaladiki, o’tirganlarning hammasi uxlab qoladi. Shundan keyin u xonadan chiqib ketadi. Balki ushbu rivoyatda mubolag’a va bo’rtirish ko’proqdir, lekin yaxshi musiqa tinglovchilarning histuyg’ulariga, eng nozik qalb terlariga ongi, tafakkur va ruhiga ta’sir etishi tabiatdir. Chunki, u kishini o’ylashga, fikr yuritishga xayol surishga, ma’lum xulosalar chiqarishga majbur qiladi. Zotan, san’atning bunyodkorlik qudrati ham ana shundadir. Buyuk qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino “Ash shifo” kitobida musiqaning, kuy vaohangining bola qalbiga estetik ta’siri haqida fikrlarni bayon qiladi. Olimning ta’kidlashiga, inson o’z tabiatiga ko’ra musiqaga moyil, musiqa tinglashu bilan shug’ullanish qanchalik erta boshlansa, unda san’atga bo’lgan moyillik va ehtiyoj shunchalik tez va barvaqt rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |