O’zbek xalq kuylarining shakllari. Mundarija: Kirish I bob. O’zbek xalq kuylarining shakllari


O’zbek musiqasining rivojiga hissa qo’shgan buyuk allomalari



Download 0,96 Mb.
bet5/12
Sana20.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#684348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’ZBEK XALQ KUYLARINING SHAKLLARI

1.2.O’zbek musiqasining rivojiga hissa qo’shgan buyuk allomalari.

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari oltmish yillik umrini qizg`in ijod va ijtimoiy faoliyat bilan, ilm hamda dunyoni, uning go`zalliklarini anglamoq zahmatlari bilan o`tkazdi. Dastlabki alifbo sabog`ini otasi G`iyosiddin Muhammaddan olgan bo`lsa, she’riyat sirlarini - Mavlono Yah’yo Sebak (aruz fani), Xoja Fazlulloh, Abullaysiy hamda tog`alari Mir Sayyid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiydan o`rganadi. Kichik tog`asi, Navoiy ta’birida - «ko`proq sozlarda yaxshi» talqinli, «uni va usuli xo`b» bo`lganligi va «musiqiy ilmidin xabardor»ligi bois, yosh Alisherning ayni musiqa savodini ham unda chiqargan deyishga asos beradi.


Biroq, musiqadan asosiy saboqlarni Navoiy hazratlari o`sha davrning nom qozongan darg`alaridan biri Xoja Yusuf Burhon dan olgan ko`rinadi. Zero, u, shoir e’tirof etganidek: « ... musiqiy ilmini ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko`proq o`z she’r(lar)iga musiqiy bog`lar (ta’kid bizniki. T.G`.) erdi. «Isfahon» amalini bu baytig`a bog`labturkim:
Rasid mavsumn shodiyu ayshu tarab,
Agar gado ba murodi dile rasad chi ajab».
Ya’ni:
Shodlik, zavq va xushchaqchaqlik mavsumi etishdi,
Agar gado ham o`z dilidagi murodiga etishsa ne ajab.
Benazir shoir tarjimai holidan yana shular ma’lumki, u qaerda bo`lmasin - Hirotdami, Samarqanddami, Mashhadu Astroboddami, doimo yonida bastakorlardan Xoja Abdullo Marvarid, Paxlavon Muhammad, musiqashunoslardan Abdurahmon va Muhammad Jomiylar, o`nlab sozandayu xonandalar bo`lishgan hamda musiqa ijodi va ijrochiligi, ilmi borasida izchil muloqotlar xamisha davom etgan. Hozir musiqashunosligimizda «Navoiy va musiqa» mavzui «Navoiyning badiiy asarlarida musiqaning o`rni», «Navoiyning ilmiy asarlarida musiqa», «Navoiy she’riyati o`zbek musiqa folklorida», «Navoiy va o`zbek mumtoz musiqa merosi», «Navoiy - bastakorlik ijodiyotida», «Navoiy va XX asr o`zbek musiqasi» kabi yo`nalishlarda tadqiq etilmoqda.
Alisher Navoiy badiiy merosining deyarli barcha qatlamlari - mahobatli «Xamsa» (50 ming misra atrofida), butun hayoti mobaynida izchil yaratilgan «Xazoyin ul-maoniy» (44900 misra) va «Devoni Foniy» (12 ming misra)da, shuningdek, boshqa asarlarida ishlatgan jami 26 mingdan ziyod, so`zlar orasida yuzlab maxsus musiqiy-kasbiy atama, tushuncha, ibora va xususiy birikmalar uchraydi. Bularni quyidagi tarzda muayyan tasniflarga bo`lish mumkin:
-cholg`ular: daf, doyra, nog`ora, do`mbira, ko`s, do`l; jilojil, zang, zangula; mizmor, nay, karnay, nafir, (surnay), sibizg`a; ud, rud, chang (cheng), barbat, qonun, rubob, tanbur; qo`biz, g`ijjak; arg`anun;
-musikiy shakl (janr)lar: doston, yor-yor, o`lan, marsiya, naqsh, peshrav, navba, rehta, tuyuq, tarona, qo`shiq, surud, jirzsavt, kor, amal, saj, qavl, chinga;
-musiqa asari: ko`k, kuy, lahn, navo, nola, turkona, tasnif, alhon;
-musiqiy asarlar talqinchisi: lahnpardoz, lahnsoz, alhonchi, alhonnamoy, alhonsaro, navosoz, navobaxsh, navogar, dostonnavoz, barbatzan, mutrib, mug`anniy, udzan, rudzan, qavvalon, cholibon, surudchi;
-bevosita musiqa asari ijodkori; muallif, musannif, mulahhin, bog`lovchi (bastakor), bog`labon, amalon, amalchi; nag`masoz;
-musiqa asari yaratishga undash, da’vat: bog`la, bog`lagan, tuz, tuzubon, ko`rguz, ko`rsat, aylagin, aylabon, tutgil, tut, surud chekib;
-muayyan mavzu va mazmundagi musiqa asarlari: Qumri lahni, lahni no`sho-no`sho, lahni Barbad, Hudiy Lahni, Navoiy lahni, «Tegdi g`izol», «Hey tulugim», miatayin, ayolg`u, bozgo`y, suvora, tarona, chinga, bazmu, tarab;
Ishonchimiz komilki, keltirilgan atamalar doirasi Alisher Navoiy badiiyati bundan ham keng qamrovda qo`llangan. Bu jihatni tadqiq qilishga bel bog`lagan zukko musiqashunos uning yangi-yangi qirralarini topishi muqarrar.
1-maqola Urmaviyning an’anaviy ta’limotiga binoan 17 tovushqator tizimi jins, jam’, davr va tabaqot, mutanofir va muloyimot masalalariga bag’ishlangan. Bunda Binoiy o’z davrida amaliyotda ko’llanilgan 12 makom tizimi, 24 sho’’ba va 6 ovozot tarkibini, shuningdek ud va inson mijozi (temperament) orasidagi mutanosiblik masalalarini batafsil bayon etadi.Ayni vaqtda Binoiy Xuroson va Movaraunnahr xalqlari musiqasida yangi kiritilgan, bungacha noma’lum bo’lgan Yangi asarlar xususida ma’lumotlar keltiradi: Navbahor, Visol, Guliston, Ramzudo, Bahor, Mehrijon mahshuq, Xushsaro, Xazon, dilko’sh bo’ston, majlisi affuz, nasimiy, Jon fido, Zindarvud, Mujdagoniy, Nuhut, Vomiq kabi maqomot tarkibidagi asarlarning kuy tuzuklari (ladlari) va usullari haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
2-maqola «Fi ilmil ika’» («Iqo’ ilmi haqida») – ritmika masalalariga bag’ishlangan bo’lib, bunda Binoiy o’z davri usullarini 3 guruh, ya’ni saqil, ramal va foxitiy guruhlariga tasnif etadi. Shu bilan birga Binoiy o’sha davrlar musiqa amaliyotida keng ko’llanilgan G’uryona, Varashon, Raxiy Samo, Muhammas, Chorzarb, Davri Turkiy kabi usul doiralarini batafsil sharhlaydi. Bunda Binoiy janrlar tasnifiga ham katta e’tibor berib, ularni usul mezoni jihatidan 2 guruhga ya’ni mavzui (usuli ma’lum usulda bo’lgan) va g’ayrimavzun (improvizatsiya shaklida usulsiz) asarlarga ajratadi.
Binoiy Urmaviyning harfiy kuy yozuv tizimiga tayanib o’zi ijod etgan «nuhrang» deb nomlanuvchi naqsh janridagi asarini yozib qoldirgan.

Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (7-noyabr 1414-yil, Jom — 9-noyabr 1492-yil, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning ota-bobolari asli Dashtdan bo’lib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi „Dilkash“ (Navoiy ma’lumotiga ko’ra, „Nizomiya“) madrasasiga kirib, o’z davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qo’lida tahsil olgan. Shu davrdayoq u arab tilini mukammal o’rgana boshlagan. Keyinroq Jomiy o’z bilimini oshirish uchun Samarqandga keladi va Ulug’bek madrasasida buyuk falakiyotshunos Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, fiqhshunos Fazlulloh Abullays qabilardan ta’lim oladi. Bu yillarda u til va adabiyotnigina emas, riyoziyotfalakiyotfalsafahuquqshunoslik fanlari, din asoslarihadis va tafsir ilmlarini ham chuqur o’rganadi, olimlarning turli mavzulardagi munozara va mubohasalarida qatnashib, yetuk olimligi bilan tanila boshlaydi. Jomiy Hirotga qaytgach, tasavvuf yo’liga kirishni, o’z bilim va faoliyatini shu yo’lga, qolaversa, ijodga, ilm-fanga bag’ishlashni afzal ko’radi. U o’ziga pir qilib Shayx Sa’diddin Koshg’ariy tanlaydi, Hirotning jome masjidida uning suhbatlarini tinglaydi. Sa’diddin Koshg’ariy tasavvufda Muhammad Naqshband sulukiga mansub edi. Jomiy mashhur sufiylar bilan yaqindan muloqotda bo’ladi. Muhyiddin ibn al-Arabiyning asarlarini chuqur mutolaa qiladi. O’zining mutasavviflik faoliyatida Bahouddin Naqshband g’oyalarini shu sulukning ikkinchi bir yirik namoyandasi — Xoja Ahror bilan yaqin munosabatda bo’lgan holda yanada rivojlantirdi. Rasman o’zini kundalik „Malomatiya“ tariqatiga mansub deb xisoblasada, asarlarida Naqshbandga ixlosi baland bo’lgan. Jomiy Xurosonda temuriylardan ShohruxAbulqosim BoburAbu Said va Husayn Boyqaro podshoxligi davrida yashadi. Xurosonda Hirot taxtiga temuriy Sulton Husayn Boyqaro o’tirgandan so’ng Jomiyning mamlakatdagi mavqei juda ortadi, chunki Sulton Husayn va uning ko’p avlodlari o’zlarini unga murid, deb e’lon qilganlar. Jomiy musiqa sohasida ham katta obro’ga ega bo’lib, Naqshi Mulla („Naqshi Imoma“) asari muallifidir. Sharq musiqa ilmi tarixida Jomiyning Risolai musiqisi ham alohida o’rin tutadi. Risola kirish, ikki yirik qism — „ilmi ta’lif“ va „ilmi iyqo’“ hamda xotimadan tashkil topgan bo’lib, ular o’z ichiga 23 faslni qamrab olgan. Jomiy o’zining musiqiy nazariy va musiqiy estetik qarashlarida Abu Nasr ForobiyAbu Ali ibn SinoSafiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marog’iylarning mumtoz an’analarini davom ettirgan. Asosiy diqqatini o’sha davr amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan parda (lad) tizimlari (jins, jam, „O’n ikki maqom“, sho’’ba va boshqa) hamda usul (ritm) masalalariga qaratgan. Jomiyning musiqaviy tafakkuri adabiy-badiiy ijodida ham o’z ifodasini topgan.
Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, bir necha marta nashr etilgan. „Qofiya sharhi risolasi“, „Sharhi Mullo“ (yoki „Mullo Jomiy“) Markaziy Osiyo va Idil (Volga) bo’yi tatarlari madrasalarida arab tili grammatikasidan darslik sifatida o’qitilgan. 

Forobiy uning taxallusi bo’lib, to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog’liq. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan.
Forobiy turkiy qabilalardan bo’lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo qirg’og’idagi Forob – O’tror degan joyda tug’ilgan. U tug’ilgan hudud Somoniylar tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. Forobiy boshlang’ich ma’lumotni ona yurtida oldi. So’ng Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda o’qidi. Keyinroq o’z ma’lumotini oshirish uchun arab xalifaligining madaniy markazi bo’lgan Bag’dodga keldi. Bag’dodda bu davrda musulmon dunyosining turli o’lkalaridan, xususan Markaziy Osiyodan kelgan ko’p ilm ahllari to’planishgan edi. U yerga bora turib Forobiy Eron shaharlari – Isfahon, Hamadon, Rayda va boshqa joylarda bo’ldi. Forobiy Bag’dodda al-Mutaddil (829–902), al-Muqtafiy (902–908), al-Muqtadir (908–932) xalifaliklari davrida yashadi. U bu yerda o’rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari bilan chuqur tanishib, o’zga diniy e’tiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy muloqotda bo’ldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Xiylon (860–920)dan tabobat va mantiq ilmini o’rgandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish