3. Kuchaytiruv yuklamalari. Umumturkiy da yuklamasi da bog‘lovchisi-ning vujudga kelishiga sababkor bo‘lgan. Ular fonetik jihatdan farqlanmaydi va shunday fonetik variantlarga ega. Bu yuklama uchun kuchaytiruv-ta’kid, emotsio-nal-ekspressivlik ma’nolari xosdir. Ushbu ma’noda u qadimgi turkiy yodnomalarda uchraydi: Bu altї ya küntog‘ishїdan-ta künbatushїg‘acha teggän erdi (Bu olti yoy sharqdan g‘arbgacha qurildi). Ammo hozirgi tillarda da yuklamasi turli ma’nolarga ega: tasdiq, biriktirish, chegaralash, ayirish, to‘siqsizlik; u so‘roq yuk-lamasiga birikib, gumon olmoshlarini vujudga keltirishda ishtirok etadi.
Ta//tä kuchaytiruv yuklamasi barcha turkiy tillarda tarqalgan: shor. Men-da köridm; olt. Uy da, qoy do doq (Sigir ham, qo‘u ham yo‘q); xak. Sin de ügreneziñ (Sen ham o‘rganasan); q.balq. Bir zat da aytolmadïm (Men hach narsa deya olmadim); tat. Ba°shqalar bilän Jihansha ba°bay da kilgän idi (Boshqalar bilan birga Jigansha boboy ham kelgan edi); no‘g‘. Bir zat ta yoq (Hech narsa yo‘q); turkm. Tiz‘räk oqa da (Tezroq o‘qisang-chi!); o‘zb. O‘zing bilasan-da; qoz. Onьsь ras ta edi(Bu to‘g‘ri edi); ozarb. Sänin gaydandïr da! (Bu sening odating!); chuv. Butra da s‘unmaris, shïvra da butmaris (Olovda ham yonmadi, suvda ham cho‘kmadi); qirg‘. Jer da, su: da bizdeylerdiki (Yer ham, suv ham bizlarnikiday) kabi.
Xakas va tuva tillarida da yuklamasi uning fonetik evolutsiyasi oralig‘i etapini aks ettiradigan cho‘ziq unlisiga ega: da:. Ayrim turkiy tillarda yuklamaning ancha qadimiy formasi saqlangan: qoz., shor. tag‘ї, qum., shor. dag‘ї va hokazo.
Ushu qadimgi formaning hozirgi, qisqargan shakli ancha faol qo‘llaniladi: qoz. tag‘їda, qum. dag‘їda kabi.
Tag‘ї//dag‘ї formasi turkiy yodgorliklarda ancha keng qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Kodeks Kumanikosda (dag‘їn–5) 60 marta qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Bu uning bog‘lovchiga aylanishiga sababkor bo‘lgan.
Slavyan tillarining kuchli ta’siriga uchragan ayrim tillarda yuklamaning slavyancha formasi mavjud: kar. da, gag. da//da. N. K. Dmitriyev fikricha, da slavyan bog‘lovchisi shaklan turk da enklitik (urg‘uli bo‘g‘inning urg‘usiz bo‘g‘inga qo‘shilishi) affiks mos kelishi gagauz tilida keng tarqalgan; slavyancha la ham turli ma’nolarda (a, no) qo‘llaniladi. Shunday qilib, aftidan, ushbu -da ning gap boshida qo‘llanishi qrim-tatar tilidan boshqa tillarda ishlatilmasligini izohlash kerak. Qaraim tilida da Bibliya matnlarini qadimgi yahudiy tilidan qaraim tiliga tarjima qilish natijasida paydo bo‘lgan: da ayttї adonay (va tangri aytdi) kabi.
Boshqa yuklamalar, aftidan, ayrim areal va ba’zi turkiy tillarda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil ravishda paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |