O‘zbek tilshunosligi kafedrasi


-ma’ruza TURKIY TILLARDA YUKLAMALAR



Download 3,85 Mb.
bet162/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

10-ma’ruza
TURKIY TILLARDA YUKLAMALAR
Reja:
1. Turkiy tillardagi yuklamalar haqida.
2. So‘roq yuklamalari.
3. Kuchaytiruv yuklamalari
4. Chegaralov yuklamalari.
5. Iltimos, istak ma’noli yuklamalar.
6. Inkor yuklamasi.
7. Tasdiq yuklamasi.
Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А.Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Yuklama. So‘roq yuklamalari. Chagaralov yuklamalari. Kuchaytiruv yuklamalari. Inkor yuklamalari. Ta’kid yuklamalri.
1. Turkiy tillardagi yuklamalar haqida. Turkiy tillardagi yuklamalar modal so‘zlar bilan affikslar oralig‘idagi nisbatan yangi kategoriya hisoblanadi. Ko‘pgina yuklamalarning affikslarga o‘tish tendensiyasi kuzatiladi. Bir qancha yuklamalar, jumladan, affikslar to‘liq ma’noli so‘zlarga birikkanda, assimilyat-siyaga uchrab, unlilar garmoniyasi qonuni ta’sirida o‘zlarining fonetik mustaqil-ligini yo‘qotadi. Yuklamalar qo‘llanishdagi faolligi ularning grammatik formaga aylanishiga olib keladi: so‘z oxirining yo‘qolishi, chegarasining yemirilishi sodir bo‘ladi. Ayrim yuklamalar buning natijasida bir necha fonetik variantga ega bo‘ladi. Shu sababli yuklamalarni tarkibiga ko‘ra tasnif qilishda, ko‘pincha, so‘z-yuklamalar, affiks-yuklamalarga e’tibor beriladi.
Turkiy tillarda o‘z tili asosida vujudga kelgan yuklamalarning postpozitiv (so‘zdan keyin kelishi) holati ko‘p kuzatiladi. So‘z oldida keladigan yuklamalar boshqa tillardan o‘zlashgan: hech, ha va hokazo. Bu yuklamalarning muayyan so‘zlarning so‘z birikmalarida ikkinchi komponent sifatida tez-tez qo‘llanishi natijasida vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Yuklamalar ot, fe’l, ba’zan undovlardan shakllanadi. Yuklamalarning ko‘pchiligi keyingi ming yillikda, ayniqsa, keyingi ikki asrda yozma adabiy tilning keng rivojlanishi munosabati bilan paydo (hosil) bo‘lgan. Ko‘pgina yuklamalar shakli jihatdan qaysi so‘zdan kelib chiqqan (fe’l, olmosh, ravish va hokazo) iga qarab, o‘zining shu ko‘rinishini saqlaydilar.
Yuklamalarning tasnifi masalasi murakkabdir. Odatda, ular semantik belgisiga qarab tasnif etiladi. Ammo yuklamalarning semantikasi ko‘p qirrali bo‘lib, mana shu jihatdan qaraganda, ularning miqdori ham ko‘payib bormoqda. Faqat yoqut tilidagina boshqa turkiy tillarda uchramaydigan 160 ta yuklama qayd etilgan. Shu paytgacha turkiy tillardagi barcha yuklamalar ham aniqlangan emas. Bu faqat turkologiyada emas, balki jahon tilshunosligida hanuz hal qilinmagan muammodir.
Ta’kidlash kerakki, bobotil davrida yuklamalar alohida so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, grammatik jihatdan shakllanmagan edi. Yuklamalar vazifasini turli otlar va fe’llar bajargan. Bunga qaramasdan, ayrim so‘zlar allaqachon hozirgi ma’nosida yuklamalar bo‘lib shakllangan edi.
Qadimgi turkiy davrda, aftidan, yuklamalar bog‘lovchilarga qaraganda ancha takomillashgan bo‘lib, allaqachon so‘z turkumiga aylañan edi. Bunga qadimgi turkiy va o‘rta turkiy yodgorliklarda yuklamalarning ancha keng ko‘lamda qo‘llanilganligi guvohlik beradi. Bog‘lovchilarning turkiy tillarda rivojiga o‘zga tillar ta’siri sezilarli bo‘lgan bo‘lsa, yuklamalar orasida ham boshqa tillardan o‘zlashganlari mavjudligiga qaramay, ular turkiy tillarning o‘z ichki imkoniyatlari hisobiga ko‘payib borgan.
Jahondagi ko‘pgina tillarda bo‘lgani kabi, turkiy tillarda ham bog‘lovchilar, modal so‘zlar va yuklamalarning o‘zaro munosabati va aloqasi, shuningdek, yuklamalarning bog‘lovchilarga ko‘chishi kuzatiladi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish