O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet165/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

Juda, eng ma’nosidagi äñ kuchaytiruv yuklamasi ko‘pchilik turkiy tillarda turli fonetik o‘zgarishlarda uchraydi: o‘zb. eng; qoz., qirg‘., q.qalp., shor,: eñ; turkm. iñ, iññen; tat., iñ ya°xshь ozarb. än yaxshï (eng yaxshi); tur. en güzel(eng go‘zal); qirg‘. eñ jaman (eng yomon); olt. eñ daqshï; qoz. eñ jaqsï kabi.
La//lä kuchaytiruv yuklamasi ham turkiy tillarda ishlatiladi: berge le(aftidan, beradi), durgey le (mayli, yuraversin); shor. Pir le kiji keldi (Faqat bir kishi keldi); turkm. Men ishleyin le? (Xalaqit bermanglar, men ishlay); xak. Chalgis xoptïg‘a la aylaxtanchatxan (Faqat bir kaltakesak aylanadi); tat. Ey lä qa°ytmьym (E, yo‘q, qaytmayman).
Oq//ök kuchaytiruv yuklamasi barcha turkiy tillarda tarqalgan: olt. Bu oq kün (Xuddi shu kun); xak. Pastux xaydag‘, xoylar andag‘ox (Cho‘pon qanday bo‘lsa, qo‘ylar han shunday bo‘ladi); no‘g‘. Solqun oq (Xuddi shu kun); qoz. Pili, maqъl-aq (Mana endi, ma’qul); o‘zb. Birinchi yilda-oq (Hali birinchi yilgayoq); chuv. chъnag‘ax(aslida); tat. Shulay uq (shunday ham) va hokazo.
Oq//ök yuklamasi tarkibida q/k mavjud bo‘lgan boshqa yuklamalar bilan genetik jihatdan aloqador bo‘loshi mumkin. Bunga misol tariqasida ozarbayjon tilidagi ki, o‘zbek tilidagio ku yuklamalarini keltirish mumkin: ozarb. O ki yaxshï adamdïr (U yaxshi odamdir); o‘zb. U keldi-ku.
Cha//chä affiksi buyruq maylining 2-shaxs birligida kuchaytirish ma’nosida qo‘llaniladi: tat. Kil-shä (Kel-chi); o‘zb. O‘qi-chi; q.balq.Jaz-chï (Yoz-chi); boshq.Kil-si (Kel-chi); no‘g‘.Kёrset-shi (Ko‘rsat-chi); qoz. Ber-shi (Ber-chi) kabi.
4. Chegaralov yuklamalari. Chegaralov yuklamasi qana//qїna (faqat) qip-choq arealida, shuningdek, o‘zbek, uyg‘ur tillarida taqalgan. Sharqiy qipchoq va unga yaqin bo‘lgan qirg‘iz tilida birinchi bo‘g‘inda unli, boshqa barcha tillarda tor unli mavjud holda uchraydi: qoz., q.qalp., no‘g‘., qirg‘: qana//g‘ana; ba’zan old qator unli bilan: kene//gene: tat., boshq., barab. tat.: qїna//g‘їna, kїna//gїna–dastlabki ikkitasida 4 ta fonetik variantgacha mavjud: chuv. kїna, uyg‘. kinä//g‘ina//kinä//ginä: o‘zb. qina//gina, qar. g‘їna//kїna.
Qadimgi runik yodgorliklarda bu yuklama qїna shakliga ega: Az-qїna türk budun yorїyur ämis (Ozgina turk xalqi yurar ekan), Ulug‘ Irkin az-qїna ärin tezip bardї (Ulug‘ Erkin ozgina erkak bilan qochib bordi). Ayrim yodgorliklarda qїna//qїya kichraytiruv-ajratuv yuklamasi ma’nosida ishlatiladi: og‘ulqїya (o‘g‘ilcha), qїzqїya (qizcha) kabi.
Kuchaytiruv yuklamasi qoy turli tillarda iltimos, istak, qat’iylik ma’nolariga ega. Qipchoq va unga yaqin bo‘lgan qarluq tillarida turli fonetik variantlarda tarqalgan: qoz., q.qalp., qirg‘. qoy//g‘oy.
Qirg‘iz tilida fonetik va semantik taraqqiyot natijasida ushbu yuklama -g‘o (so‘roq), gagauz tilida ko (pust), uyg‘ur tilida qiñ‘u, o‘zb. ku//yu//u (axir, nahotki) yuklamasi, aslida, qoy fe’liga borib taqaladi. Ehtimol, bu yuklama runik yodgorliklarida uchrashiga qaramay, ancha keyingi paytlarda yuzaga kelgandir: Bödkä körigmä bäglär gü yañїltachїsїz (Ko‘ziga faqat mol-mulki ko‘rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar).
Aq chegaralov yuklamasi muayyan mintaqada, asosan, qipchoq tillarida tarqalgan. Bunda bir qancha tillarda so‘z boshidagi unli lablanmagan bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pchilik tillarda u lablangan: qoz. aq, chuv. ah, barab.tat., olt., shor. oq, boshq. uq. Runik, arab, uyg‘ur alfavitlarida yozilgan qadimgi yozma yodgorliklarda ham qo‘llanilgan: On-oq tün budunïn sayu itmiz (Shu kecha biz ham bir qabilaga elchilarni jo‘natdik). Yemdi-oq aydїm (Endigina aytdim). Bir-oq og‘lї erdi bu Aytoldїnїñ (Bu Oyto‘ldining yagona o‘g‘li edi). Isiñ küchig bärtim-ök, bän özüm yälmäg yätä їttїm-oq (Mehnatni, kuchni berdim, axir, men o‘zim uzoqlarda bosqin uyushtirib turdim, axir (To‘nyuquq, 52).

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish