O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet23/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Kelasi zamon. Mavjud darsliklarda grammatik illyuziya natijasida kelasi zamonning ikki ko‘rinishi farqlanadi: a) kelasi zamon aniqlik shakli; b) kelasi zamon gumon shakli.

Kelasi zamon ZK UGMsini «nutq momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Bu zamon:

a) [-a], [-y] (O‘zbek qizlari sevgisini aytmaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor) Bolang uch-to‘rt qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qah.);

b) [-(a)r/mas] (Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas. (Oyb.) SHu atrofda yurgandir, kelib qolar. (S.An.)) affikslari orqali ifodalanadi. (SHu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, darsliklarda zamon shakllari sanalganda, undan keyin albatta shaxs-son shakllari kelishi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda ZK kesimlikning dialektik bog‘langan bir tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun hadeb zamon shaklidan keyin shaxs-son shakli bo‘lishini ta’kidlab o‘tirishni ortiqcha deb bildik. CHunki ular ajralmas.)

Kelasi zamon fe’lining [ekan], [emish] to‘liqsiz fe’li bilan yasalgan eshitilganlik, keyin bilganlik ma’nosini ifodalovchi shakli gumon ma’nosini ifodalamasligi ta’kidlanadi: (ishlar ekan), (kelar ekan); (ishlar emish), (kelar emish) kabi. Bunda to‘liqsiz fe’llarda zamon ma’nosi yo‘q. Zamon shaklning [-ar] qismi orqali ifodalanadi.

Umuman olganda, to‘liqsiz fe’llar fe’ldan boshqa so‘zlar kesim vazifasida kelganda ularga zamon va modal ma’nolarni birgalikda beradi. Fe’llarni shakllantirganda esa sintetik-analitik shaklning affiks qismi zamon ifodalab, to‘liqsiz fe’l zimmasiga modal munosabat ifodalashgina yuklatiladi. Qiyoslang: ishchi ekan – ishchi bo‘lgan ekan, o‘qigan emish. Keyingi ikki misolda [-gan] shakli zamon, to‘liqsiz fe’llar modal munosabat ifodalagan.

Kelasi zamon shakllari kesimning payt valentligini kelasi zamon ma’noli hol vazifasidagi so‘zshakllar bilan to‘ldiradi: ertaga, kelasi yil, kelajakda kabi.

Affikslar ko‘chma ma’nolarda ishlatilishi ham mumkin. Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik (kelasi zamon). (P.Tur.) SHundan so‘ng, bilmadim, qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim (hozirgi zamon). (Sayyor.) Kecha dalada chunonam chekanka qilyaptiki, bamisoli usta sartarosh g‘o‘zani tarashlayapti deysiz (o‘tgan zamon). (S.Ahm.) Bularni boshqa qismga yuborayapmiz (kelasi zamon). (A.Ubay.) Bunday ma’no ko‘chishi nutqiy tabiatli.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish