O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet24/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud:

1. a)


shaxs

birlik

ko‘plik

birlik

ko‘plik

I.

borgan+man

borgan+miz

borib+man

borib+miz

II.

borgan+san

borgan+siz

borib+san

borib+siz

III.

borgan+0

borgan+(lar)

borib+di+0

borib+di (lar)

b)

shaxs

birlik

ko‘plik

birlik

ko‘plik

I.

boryap+man

boryap+miz

bora+man

bora+miz

II.

boryap+san

boryap+siz

bora+san

bora+siz

III.

boryap+ti

boryap+ti(lar)

bora+di

Bora+di(lar)

d)

shaxs

Birlik

ko‘plik

I.

bormoqchi+man

bormoqchi+miz

II.

bormoqchi+san

bormoqchi+siz

III.

bormoqchi+0

bormoqchi+(lar)

2. a)

shaxs

birlik

ko‘plik

birlik

ko‘plik

I.

bordi+m

bordi+k

borgan edi+m

borgan edi+k

II.

bordi+ng

bordi+ngiz

borgan edi+ng

borgan edi+ngiz

III.

bordi+0

bordi+(lar)

borgan edi+0

borgan edi+(lar)

b)

shaxs

birlik

ko‘plik

I.

borsa+m

borsa+k

II.

borsa+ng

borsa+ngiz

III.

borsa+0

borsa+(lar)

3. a)

shaxs

Birlik

ko‘plik

I.

borgan+im yo‘q

borgan+imiz yo‘q

II.

borgan+ing yo‘q

borgan+ingiz yo‘q

III.

borgan+i yo‘q

borgan+(lar)i yo‘q

b)

shaxs

Birlik

ko‘plik

I.

borayotgan+im yo‘q

borayotgan+imiz yo‘q

II.

borayotgan+ing yo‘q

borayotgan+ingiz yo‘q

III.

borayotgan+i yo‘q

Borayotgan+(lar)i yo‘q

4.

shaxs

Birlik

ko‘plik

I.

bor+ay

bor+aylik

II.

bor+0 \ bor+gin

bor+ing(giz)

III.

bor+sin \ bor+sin(lar)

bor+ishsin

Nutqda shaxs-son shakllarining ko‘chgan ma’noda qo‘llanishi ham ko‘p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin:

a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Kamina aytdi – Men aytdim;

b) uchinchi shaxs ko‘plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor;

d) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo‘llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo‘llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda yer mehriga to‘yganday bo‘lasan (Sayyor);

e) gap ichida odam yoki kishi so‘zi qo‘llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo‘llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko‘rib odam quvonadi («Qashq.»);

Bunday qo‘llanish sof nutqiy tabiatga ega.



Аdabiyotlar

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.



13-ma’ruza. Ot. Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari.

Reja:

1. Ot va uning nutqiy voqelanishi.

2. Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari

3. Otning umumiy grammatik ma’nosi.

4. Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari.

5. Otning noparadigmatik shakllari

Kim, nima, qaer so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa, joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik – ot. «Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash» - ot turkumining UGMsi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy emas, balki grammatik mohiyatga ega. Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a’zosiga ta’sir etuvchi narsa predmet deyiladi. Grammatikada esa u keng ma’noda tushuniladi, «mavjudlik» mohiyatiga ega deb qaraladi. Prеdmеtlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar turkumi ot dеyiladi. Ot son, egalik, kеlishik katеgoriyalari, turli ma’no va vazifa uchun qo‘llanadigan morfologik shakllarga, shuningdеk, o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Masalan: ishchilarimizning so‘zida –chi — so‘z yasovchi, -lar — ko‘plik, -imiz — egalik, -ning – kеlishik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalardir.

Ot turkumidagi so‘zlar sifat, son, olmosh, fе’l va ravish turkumidagi so‘zlar bilan sintaktik munosabatga kirishadi: shirin olma, uchta qalam, o‘sha kitob, maktabda ishlamoq, ko‘p odam kabi.

Ot gapda turli vazifalarda kеla oladi, lеkin ega vazifasida kеlishi uning yetakchi sintaktik bеlgisidir.

Ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmaga, yasalish tizimiga, xoslangan sintaktik pozitsiyalariga ega.



Otning UGM parchalanishiga ko‘ra turlari. Otni ma’no jihatidan turlicha tasnif qilish mumkin. Bu o‘rinda ularning grammatik xususiyatini muayyanlashtiruvchi semantik belgi asosga olinadi. Ot quyidagi xususiyatiga ko‘ra tasnif qilinadi:

  1. Bir turdagi predmetdan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra.

  2. Kim yoki nima so‘roqlariga javob bo‘lishiga ko‘ra.

  3. Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra.

Ot borliqdagi bir turdagi predmetdan birining yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko‘ra atoqli va turdosh otga bo‘linadi.

Atoqli va turdosh ot. Atoqli ot bir xil predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladigan ikkilamchi nom. Masalan, bola bir turdagi predmet(shaxs) ning umumiy va birlamchi nomi. SHerzod ana shu bir xil predmet(shaxs)dan birini ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qiladigan va bola atamasidan keyin qo‘yilgan ikkilamchi nom.

Atoqli ot quyidagi lug‘aviy mavzuviy to‘da (LMT) ga ega:

1.Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi: [Ikrom], [Otabek]; [Jumayev], [Xudoynazarov]; [Imomzoda].

2.Jo‘g‘rofiy nom: [O‘zbekiston], [Dehqonobod], [Hisor], [Tanxozdaryo].

3.Tashkilot, muassasa, korxona nomi: [Qarshi universiteti], [Xalq ta’limi vazirligi], [ «Nasaf ziyosi» jurnali].

4. Samoviy yoritqichlar nomi: [Mushtariy], [Zuhro], [Yupiter], [Yarqiroq].

5. Tarixiy hodisa nomi: [Mustaqillik kuni], [Loy jangi], [Boston choyxo‘rligi].

6. Hayvon nomi: [Boychibor], [Brendi], [Yo‘lbars].

7. Mahsulot nomi: [Siltama] (go‘shtli ovqat), [Qoraqum] (shokolad) [CHiyal yaxnasi.

8. Ilohiy tushunchani ifodalovchi nom: [Alloh], [Do‘zax], [Iso], [Buroq].

Atoqli ot matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma’nosiga ega bo‘lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan, [Sanam] so‘zining atoqli yoki turdosh ekanligi shu so‘zni qurshab turgan so‘z yordamida anglashiladi. Bu jihatdan atoqli ot olmoshga o‘xshab ketadi.

Atoqli otning aksariyati turdosh ot va boshqa turkum so‘zi asosida vujudga kelgan. Turdosh otdan: [Asal], [Dilshoda], [Rayhon], [Anor]; fe’ldan: [Sotiboldi], [O‘lmas], [Itolmas], [Turdi]; sifatdan: [SHirin], [Buyuk], [Aziz], [Ulug‘]; sondan: [Etmishboy], [Saksonboy] kabi.

Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi ot turdosh ot deyiladi. Turdosh ot ot turkumiga kirgan so‘zning asosiy qismini tashkil etadi: [tog‘], [qishloq], [mashina], [sevgi], [muhabbat]. Turdosh otda predmetlik va belgilik xususiyati yaxlitlashgan holda mavjud bo‘ladi. CHunki har qanday narsa – belgi-xususiyat majmui.

Atoqli va turdosh ot nafaqat lug‘aviy semantikasi, balki grammatik xususiyati bilan ham farqlanadi. Masalan, atoqli ot, asosan, birlik sonda qo‘llanadi. Ko‘plik son shaklida butunlay boshqa ma’no bo‘yog‘iga ega bo‘ladi: Farhodlar keldi kanal qazmoqqa.(Turs.)

Turdosh ot atoqli otdan hosil bo‘lishi ham mumkin: [muslimka], [xosiyatxon], [rentgen], [amper].

Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko‘ra:

a) muayyan;

b) mavhum otlarga bo‘linadi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish