O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


Yetakchi fe’l (mustaqil fe’l); 2. Ko‘makchi



Download 1,5 Mb.
bet17/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

1. Yetakchi fe’l (mustaqil fe’l); 2. Ko‘makchi fe’l (yordamchi fe’l)

Mustaqil ma’noga ega bo‘lib, ko‘makchi fe’lni boshqarib keluvchi fe’llar yetakchi fe’l deyiladi. Harakatning davomiyligi yoki qisqaligi, muntazamligi yoki kutilmaganligi, shaxs yoki narsaning harakatni bajara olish yoki bajara olmaslik kabi o‘nlab ma’nolar-ni ifodalaydigan fe’llar ko‘makchi fe’llar hisoblanadi.

Harakat tarzi shakllarida yetakchi fe’l ko‘makchi fe’ldan oldin keladi va asosiy ma’noni ifodalaydi. Ko‘makchi fe’l esa turli yordamchi ma’nolar uchun xizmat qiladi. Yetakchi fe’l ko‘makchi fe’lga -b, -ib, -a, -y ravishdosh qo‘shimchalari yordamida birikadi. Masalan, qizarib ketmoq, saqlab qolmoq, yiqila yozmoq, o‘qiy boshlamoq

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida yetakchi fe’l o‘zgarmas qism sanaladi, chunki tuslovchi qo‘shimchalar ham, fe’lning xoslangan shakli qo‘shimchalari ham doimo ko‘makchi fe’l tarkibida joylashadi. Masalan, qizarib ketdim, qizarib ketding, qizarib ketdi.

Harakat tarzi shakllariga bo‘lishsizlik qo‘shimchasi 3 xil qo‘shiladi.

1. Yetakchi fe’lga qo‘shiladi: o‘qimay yurdi

2. Ko‘makchi felga qo‘shiladi: o‘qib yurmadi

3. Har ikkala qismga birgalikda qo‘shiladi: o‘qimay yurmadi

Bunda uchinchi holatda tasdiq ma’nosini ifodalagan.

O‘zbek tilida doimiy ko‘makchi fe’llar yo‘q. Ko‘pgina fe’llar matn mazmunidan kelib chiqib bir o‘rinda yetakchi fe’l bo‘lib kelsa, ikkinchi bir o‘rinda ko‘makchi fe’l vazifasini bajaradi. Masalan, yozib ko‘rmoq (yozmoq-yetakchi fe’l) - yiqila yozmoq (yozmoq-ko‘makchi fe’l) yoki qolib ketmoq (qolib- yetakchi fe’l) - ketib qolmoq (qolmoq-k-chi fe’l).

Ba’zan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida ko‘makchi fe’l birdan ortiq ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, o‘qib berib tur, aytib berib tura qol.

Yetakchi fe’l esa, odatda, bir so‘z bilan ifodalanadi. Bu so‘z sodda yoki qo‘shma fe’l bo‘lishi mumkin. Masalan, saqlab qolmoq, sotib olib qo‘ymoq, taklif qilib qo‘ymoq

Ba’zan yetakchi fe’l uyushib, birdan ortiq shaklda bitta ko‘makchi fe’lni tobelashtirib keladi. Masalan, Yil sayin xo‘jaligimizning yeri kengayib, texnikasi ko‘payib, odamlari o‘sib bormoqda. Ushbu gapda uchta yetakchi fe’l (kengayib, ko‘payib,o‘sib) bitta ko‘makchi fe’lga (bormoqda) bog‘langan.

Harakat tarzi shakllari juft shaklida ham ifodalaniladi. Bunda yetakchi va ko‘makchi fe’lni bog‘lovchi ravishdosh qo‘shimchalari tushib qoladi. Masalan, yozdi-oldi – yozib oldi, o‘qidi-yurdi – o‘qib yurdi, yiqildi-qoldi –yiqilib qoldi.



Harakat tarzi shakllari tarkibidagi ko‘makchi fe’l mustaqil atash ma’nosini yo‘qotib, turli qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi. Aytish joizki, ayrim ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lning ham -b,-ib ham -a,-y shakliga biriksa, ba’zilari qaysidir bir shakl bilan bog‘lana oladi xolos. Quyidagi jadvalda o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi ko‘makchi fe’llar, ularning ma’nolari va ifodalanish shakllari ko‘rsatib berilgan.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish