O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua


Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi



Download 1,5 Mb.
bet15/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik – fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo‘lishli, yo bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl yuz bergan/berayotgan/beradigan, bo‘lishsiz shakl esa yuz bermagan/bermayotgan/bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalashda geterogen (har xil) tabiatli, ya’ni turli sathga mansub lisoniy birliklar ishtirok etadi. [-ma], [-may], [-maslik] morfologik ko‘rsatkichidan tashqari, [na] nomustaqil so‘zi ham ishtirok etadi. Ayrim adabiyotda [yo‘q], [emas] inkor ifodalovchi so‘zlarni ham shu siraga kiritadilar. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. CHunki zikr etilgan so‘zlar fe’l kesim vazifasida kelgandagina inkor ifodalaydi va bu ma’noni ifodalash uchun fe’l bilangina cheklanmaydi. To‘g‘ri, nutqimizda kelgani yo‘qligini bilmayman tipidagi qurilmalarda [yo‘q] so‘zi ishtirok etadi. Biroq bu qurilma Kelgani yo‘q predikativ sintagmasining transformatsiyasi. Demak, baribir, [yo‘q] so‘zi kesimlikning inkor shakli bo‘lib qolaveradi.

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini ko‘rsatish»dir. Bu kategoriyaning semantik qiymati bo‘lib, uning sintaktik tomoni kuchsiz. CHunki u o‘zi birikayotgan so‘zning birikish imkoniyatiga juda oz ta’sir qiladi (ya’ni uning hech, hech qachon birliklari bilan birikuviga olib keladi, xolos).

Bo‘lishlilik nol shakl orqali ifodalanadi. Bu nol shakl ham boshqa kategoriyalar nol shakli kabi xususiyatga ega bo‘lib, bo‘lishsizlikni ham ifodalashi mumkin. Masalan, Yozadi-ya, yozadi («yozmaydi» ma’nosida).

Demak, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini fe’l birikuvchanligiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatish asosida ifodalash» bo‘lib, bu UGM [0], [-ma], [-may/masdan], [-maslik] ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish