O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami 1- qism


MEТAFORA VA UNING USLUBIYAТI



Download 340,5 Kb.
bet44/61
Sana23.05.2022
Hajmi340,5 Kb.
#607395
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
1 Qism (fonetika -leksik)

MEТAFORA VA UNING USLUBIYAТI
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir.
Metafora (yunoncha metaphora ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:
1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i va qozon qulog‘i.
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, itning dumi, samolyot dumi va boshqalar.
Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.
1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam yetimlarning boshini siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon qo‘l siltab, onamning o‘zlari ham urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek) 6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O‘shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg‘izlatmay, holidan xabar olib turgan. (H. Nazir) 9. Kuyov bo‘lmay qaro yer bo‘lgur na o‘ligini ko‘rsatadi, na tirigini. (A. Qahhor)
! Metafor quydagi usullarda namyon bo’ladi
A) Inson a’zolari narsaga ko’chadi: choynak burni, gapning boshi, buloq ko’zi, yer yuzi, dunyo bag’ri
B) Kiyim qismlari narsa va hodisaga ko’chadi : eshik tugmasi, daryo yoqasi, o’lim yoqasi, dala etagi
D) hayvon qismlari narsa va hodisaga ko’chadi: maydon chap qanoti, varrak dumi, samalyot dumi
G) Holat va belgi o’zro ko’chadi: gapni gapga ulash, shirin hayollar og’ushida, hazon bo’lgan umr
! Narsa nomlari shaxsning ismiga ko’chsa metafora usulda ko’chgan bo’ladi.
Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.
Misollar.
1. Quyosh kulib boqadi. 2. Eri-xotin qo’sh ho’kiz. 3 Oz bo’lsada yuziga tabassum yugurdi. 4. Navoiy ijtimoiy masalalarni ko’tarib chiqdi. 5. Onasi qizini gapni tekislab turdi. 5. Estradamiz yulduzlari sahnada. 6.Yurtimizga og’ir, vazminlik bilan bahor keldi. 7. Aisher Navoiyning asarlari o‘zbek tilini baland pog‘onaga ko‘tardi. 8. Kishilar o‘rtasidagi iliq munosabat mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalaydi. 9. Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning (I. Sulton). 10.Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi (O.). 11. Och nazari tushar suratga.

Rahmi kelib bulutning
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
(E. Vohidov)

Qalam ushladimmi demak — o‘yin bas,


Yayrab ocholmaydi gul dudog‘ini
Shundoq yurak yutib so‘rasha olmas,
Xonamda qoldirgan qo‘g‘irchog‘ini.
Burchak-burchakda jim tortishar burun,
Bilmam qanday o‘y-u xayol ichida.
Тuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin,
Bolalarim yurar oyoq uchida...


«Palak» so‘zining bir necha xil ma’nolari borligini bilib oling.
1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak, bodring palak.
... So‘lg‘in palaklarda o‘smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko‘rinar edi. (A. Muxtor)
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: Тo‘rt egat palak ekdim.
3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta) iрakli matolar tayyorlanadi.
Poyiga iрakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik, e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi.
Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi.
5. O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab.


Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish