O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami 1- qism


MEТONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI



Download 340,5 Kb.
bet45/61
Sana23.05.2022
Hajmi340,5 Kb.
#607395
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61
Bog'liq
1 Qism (fonetika -leksik)

MEТONIMIYA VA UNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI
Navoiyni oldim qo‘limga deydilar. Navoiyni qo‘lga olib bo‘ladimi? U buyum emas-ku qo‘lda ko‘taradigan!? Bedilni o‘qir edim deydilar. Bedil kitob emas-ku!? Samovarda osh yedik deymiz. Samovar ustiga o‘tirib osh eb ko‘ring-chi, kuyib qolasiz...
Hojiboy Тojiboyevning «O‘zbekning gapi qiziq» ruknidagi bunday ichakuzdi hangomalarini ko‘p eshitgansiz va huzur qilib kulgansiz, lekin bu hangomalardan nima uchun kulishimiz sababini bilasizmi? Hojiboy Тojiboyevning mahorati shundaki, u so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini anglagan holda ko‘chma ma’nolarda qo‘llangan so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosini izohlab, undan odamlarni kuldira oldi.
Yuqorida keltirilgan gaplar tarkibida kulgi qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lgan so‘zlarning barchasi ko‘chma ma’noning bir turi — metonimiyaga asoslangan.
Metonimiya yunoncha metanymia — qayta nomlash demakdir.
Narsa va hodisalar o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqa­dorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi.
Yuqoridagi misollarda shoir bilan uning asarlari (chunki shoir va uning asari o‘rtasida ongimizda doimiy bog‘lanish bor), choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o‘rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisi uchun ko‘chgan: Asosiy aytilayotgan so’z tushib qoladi yoki boshqacha nom bilan nomlanadi.
Navoiyni qo‘lga oldim deganda Navoiy asarlarini, Bedilni o‘qir edim deganda ham uning asarlarini tushunamiz.
M: 1. «Rossiya»ga qanday borsam bo‘ladi? (Bekatdagi yo‘lovchining murojaati) 2. Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan)
3. Mabodo, «Besh bolali yigitcha» kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan) 4. Navbatim sumka ko‘targan «jinsi»dan keyin. (Xaridorning javobi)
5. «Navoiy»ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. (O‘quvchining nutqidan) 6. Bir yoshga kirdim. 7. Doskaga kim chiqadi. 8. Asrorboy bizni choyga taklif qildi. 9. Nega ustingni kir qilding. 10. Qo’lingizga tusha olmadim. 11. Hoy, Qizilqalpoqcha qayyoqa ketyapsan. 12. Majlis shunga qaror qabul qildi. 13. Zal oyoqqa turdi. 14. Men “95” ichaman.
! Shaxs nomlari joy yoki narsa nomiga ko’chsa metanimiya bo’ladi.
«Oltin vodiy» poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, «Zarafshon» futbol komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, «Chorsu» meh­mon­xonasi, «Ford» avtomobili, «Тoshkent» qahvaxonasi, volt, amper

Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish