URG’U
So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalarga nisbatan kuchliroq aytilishi URG’U deyiladi. o ‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi va so‘zni gap tarkibida boshqa so‘zdan ajratish hamda so‘z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi. Urg’u 2 ga bo’linadi. O’rik, o’rikzor, o’rikzorlar, o’rikzorlarga
1)So’z urg’usi 2) Gap urg’usi
So’z urg’usi (leksik urg’u)
So’z tarkibidagi biror bo’g’inni boshqalarga nisbatan kuchliroq aytilishi- so’z urg’usi deyiladi, Turkiy tili, asosan o’zbek tilda urg’u so’z oxiriga tushib, ko’chib yuruvchi hodisa hisoblanadi. Arab-fors va yevropa tillardan kirib kelgan so’zlarda urg’u barqaror o’ringa ega.
! Urg’u birinchi bo’g’inga tushuvchi so’zlar: Hamma, bari, barcha, also, ammo, lekin, garchi, doim, doimo, hatto, rektor,tonna,mashina, poezd, kofe, ruchka, traktor, kimdir, futbol, kollej, tadbir, ma’lum,bahor.
! Urg’u IKKInchi bo’g’inga tushuvchi so’zlar: afsuski, gazeta, avtobus, albatta, respublika, fonetika, hamisha, reklama
! Urg’u olmaydigan birliklar
1. – ma fe’lning bo’lishsizlik shakli. Borma, uhlama, o’qima, yurma, aytma…….
Ammo: -ma ot va sifat yasovchi vazifasida kelsa urg’u oladi. Suzma- sut mahsuloti. Qaynatma- ovqat turi. Olma- meva. Bostirma-joy.
2. Barcha yuklamalar –mi, -chi,-a,-ya, -ku, -u, -yu, -da, -yoq, -gina,-oq, -yoq, -dir urg’u olmaydi. Sen-chi, keliboq, qizimgina, borgandir, keldi-ku…..
Ammo –gina qo’shimchasi erkalash va so’z yasovchi vazifasida kelsa urgu oladi. Onaginam, ko’pgina
3. Ravish yasovchi –cha, -larcha qo’shimchasi urg’u olmaydi. Yigitcha ishla. Do’stlarcha solomlashdi. Erkakcha kiyindi
Ammo –cha kichraytirish va sifat yasovchi qo’shimcha vazifasida kelsa urg’u oladi.
Kichkina qishloqcha. Qizcha, kuchukcha, xorazimcha o’yin
4. O’xshatish qo’shimchasi –day, -dek urg’u olmaydi. Onamday, bolalardek
5. Buyruq-istak mayllari –ay, -gin, -sin, -sinlar, -aylik urg’u olmaydi. M: boray, uxlasin, yozgin, aytaylik
6. Son qo’shimchalari –ta, -tadan,-ov, -ovlon, -ala, -lab, -larcha,- inchi urg’u olmaydi. Beshovlon, ikkovi, minglab, minglarcha, sakkizinchi
7. bilan, uchun, kabi, singari, yanglig’, haqida, to’g’risida, uzra, tufayli, ustida ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u undan oldingi so’zga tushadi. Ukam haqida, yil bo’yi, osmon uzra, do’stim bilan
8. –dir gumon olmoshini hosil qiluvchi qo’shimcha urg’u olmaydi. Kimdir, qachondir, nimadir
9. Shaxs-son qo’shimchalari, ya’ni kesimni shaklantiruvchi –man,-san,-miz,-siz, -dir qo’shimchalari urg’u olmaydi.
Yurgansiz, o’qiyman, aytilmaganmiz, manbaidir, sensan
Ammo –siz sifat yasovchi qo’shimcha vazifasida kelsa urg’u oladi. Tuzsiz
10. och, nim, lang, tim, to;q, jiqqa, g’irt so’zlari so’zlari sifatdan oldin kelsa urg’u aynan shu so’zlarga tushadi. Tim qora, och yashil, g’irt o’zi, lang ochiq
11. Rangni bildiruvchi sifatlar takrorlansa urg’u birinchi bo’g’inga tushadi.
Qop-qora, sap-sariq, yam-yashil, oppoq
12. Har va hech so’zlardan hosil bo’lgan qo’shma so’zlarda urg’u birinchi so’zga tushadi. Hech qachon, har kuni
URG’U FARQLASH
Urg’u oxirgi bo’g’inga tushasa bunda so’zlar odatda ot va sifat so’z turkumiga mansub so’z bo’ladi
|
Urg’u dastlabki bo’g’inga tushasa bunda so’zlar odatda fe’l va ravish so’z turkumiga mansub so’z bo’ladi
|
Olma
|
Olma
|
Bog’lar
|
Bog’lar
|
Gullar
|
Gullar
|
Ko’zlar
|
Ko’zlar
|
Qo’llar
|
Qo’llar
|
Suzma
|
Suzma
|
Tugma
|
Tugma
|
Etik
|
Etik
|
Qishloqcha
|
Qishloqcha
|
Yangi
|
Yangi
|
Hozir
|
Hozir
|
Atlas
|
Atlas
|
Akademik
|
Akademik
|
1. Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar. Ko’zlar inson qalbining oynasi. 2. Bo’glar yil sayin ko’paymoqada. Arqonni mahkam bog’lar 3. Davrada akam hozir. Hozir shu yerda tugandi. 4. Qizlarga atlas yarashdi. O’qituvchi atlas olib kirdi. 4. Derazamning oldida bir tup, O‘rik oppoq bo‘lib gulladi 5. Olma eksa bog‘iga har kim, Mehmoniga ol, ye, demasmi? «Olma» mening mehmondo‘st xalqim Odatiga yot so‘z emasmi?
6.Jahonda ikki dilbarning biri sensan, biri Laylo, Jahonda ikki oshiqning biri menman, biri Majnun.
Do'stlaringiz bilan baham: |