Otlarning tuzilishiga ko‘ra turlari
Otlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va qisqartma holda
qo‘llanuvchi shakllarga ega.
Sodda otlar (tub va yasama) bir o‘zak morfemadan tuzilgan bo‘ladi: kitob, pichoq,
soatsoz, ishchi.
Qo‘shma otlar bir urg‘u bilan aytiladigan birdan ortiq so‘z shaklining
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: qo‘lqop, gultojixo‘roz.
Murakkab otlar alohida urg‘u bilan aytiladigan ikki yoki undan ortiq so‘zdan
iborat bo‘ladi: Oliy Majlis, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kabi.
Juft otlar ikkita otning teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: ota-ona, qozon-tovoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |