-chilik(-chi+lik) murakkab qo‘shimcha. Ot, sifat, ravish yoki modal so‘zlardan
kasb-hunar va holat bildiruvchi mavhum otlar yasaydi: soddachilik, qudachilik, oilachilik,
oshnachilik, xursandchilik, xafachilik, qo‘shnichilik, qassobchilik, ozchilik, ko‘pchilik,
yo‘qchilik.
-garchilik (-gar+chi+lik) murakkab qo‘shimcha. Holat yoki kasb-hunar bilan
bog‘liq mavhum otlarni hosil qiladi: ovoragarchilik, serobgarchilik, loygarchilik,
yog‘ingarchilik, odamgarchilik.
-ch (-inch). Fe’l negizlarga qo‘shilib, holat oti, mavhum tushuncha, belgi oti hosil
qiladi: sevinch, ishonch, o‘tinch, quvonch, qo‘rqinch.
-sh (-ish). Fe’l negizlarga qo‘shilib, harakat oti yasydi: o‘qish, yig‘ilish, qurilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |