29
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi o‘quvchilarni guruh bo‘lib ishlashga, bir-
birini hurmat qilishga, jipslashishga, “So‘zning o‘rnini top” o‘yini o‘quvchilarni
zakovatli bo‘lishga, “Besh minutli esse” metodi ijodiy fikrlshga, obrazlar
yaratishga, “Ven diagrammasi” metodi esa tahlil qilishga o‘rgatadi.
Hozirgi
kunda ta’limda yaxshi natijalarga erishish uchun har bir o‘qituvchi interfaol
metodlardan foydalanishi kerak.
2.2. Metaforalarni o‘qitish orqali o‘quvchilarning obrazli tafakkurini
shakllantirish usullari
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini
mustaqil va ijodiy fikrlashga, o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglashga,
fikr mahsulini
og‘zaki va yozma shaklda nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga mos to‘g‘ri,
mantiqli va ravon bayon qila olishga o‘rgatishdan, ya’ni kommunikativ (o‘zaro
muloqot) kompetensiyani rivojlantirishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda,
ona tili ta'limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil va
ijodiy fikrlay oladigan, nutqiy va madaniy muloqot
salohiyati rivojlangan
savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, ona tili ta’limining asosiy vazifasi
o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini,
mantiqiy tafakkurini
o‘stirish, o‘zini, o‘zgalarni va borliqni til vositasida anglashni hamda fikr va his-
tuyg‘ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishni
o‘rgatishdan iborat.
Matnni ifodali o‘qish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish, so‘zlarni to‘g‘ri,
gap ohangiga amal qilgan holda ravon o‘qish, gapdagi tinish belgilarni
talaffuzda aks ettirish, so‘z va gap urg‘ulariga
rioya qilish, ilmiy atama va
ramzlarni, mumtoz adabiyot namunalarini to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmasini
shakllantirish.
30
Fikrni to‘liq va to‘g‘ri anglash, anglangan fikrni bayon etishda nutqning
to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli, mazmundor bo‘lishi, monologik nutq,
dialogik
nutqdagi mantiqiylikni saqlay bilish, qayta bayonning matn mazmuniga mos
bo‘lishi. Muayyan nutq muhiti, sharoiti va real nutq vaziyatlarda nutq uslublari
(so‘zlashuv, ilmiy, badiiy, publitsistik) dan oqilona va samarali foydalana olish.
Yozma nutqda matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va
aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi va harf, tinish belgilarini
to‘g‘ri yozish, husnixatda qatorlarni to‘g‘ri
joylashtirish, so‘zlar orasidagi
oraliqni to‘g‘ri belgilash; matnda uslubiy qoidalardan kelib chiqib so‘zlarni
noo‘rin takrorlashdan saqlanish, fikr izchilligini ta’minlash darajasi
rivojlantirish.
O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi,
adabiy-estetik didini
shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurni shakllantirishda
turli xil usullardan foydalanish mumkin. Ulardan biri “Sinetika” metodidir. Bu
metodning asoschisi U. D. Gordonom.
Do'stlaringiz bilan baham: