O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
9-11BTUS-19 guruh talabasi G’afurova Ziynatning
“Matematika o‘qitish metodikasi”fanidan
”2-sinf matematika darslarida miqdorga doir masalalar yechichga o’rgatish.”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
REJA:
KIRISH:
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHISI MANTIQIY TAFAKKURINI O’STIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
I.1. Bolalarni mantiqiy tafakkurini shakllantirishning shart-sharoitlari.
I. 2. O’quv tamoyillari tizimida o'quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirish yo’llari.
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI O’STIRISHDA O’QUV TAMOYILLARINI TATBIQ ETISHNING METODIK JIHATLARI
II.1.2-sinf matematika migdorga doir masalalar yechich
II.2. Matematika darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirishga yo’naltirilgan texnologiyalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, indivudual psixik(ruhiy) rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni bir muncha tezlashtiradi.
Demak o’qitish- o’qish, bildirish-bilish murakkab, qiyin ziddiyatli jarayondir.Bu jarayonda inson ruhiyatiga tegishli –sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi.
O’quvchilarda aqliy qobilyatni o’stirish, dunyoni bilishga o’rgatish aynan boshlang’ich ta’limdan boshlanadi.
Matematika o’qitishda seziladigan ko’pgina kamchiliklar aynan o’qitishda ta’lim tamoyillarini to’g’ri tanlamaslikdan, ulardan unumli foydalanmaslikdan kelib chiqadi deb o’ylaymiz. Bu kamchiliklarning asosida ko’pchilik o’qituvchilarimiz, o’qitish metodlarining zamonaviy tasnifini, tasnifdagi har bir guruh metodlarining ro’yxatini, u metodlarning har birini darsda qaysi maqsadlarda ishlatish kerakligini ayniqsa yangi bilim, tushunchalar, ko’nikmalar hosil qilish darslarida o’quvchi fikrining yo’nalishi bo’yicha ta’lim tamoyillaridan juda oz foydalanishlaridandir deb o’ylaymiz.
Shu munosabat bilan bizga shunday gipoteza-faraz paydo bo’ladi. Agar o’qituvchi matematika o’qitishda turli maqsadlar uchun to’g’ri metod tanlasa va undan o’rinli foydalansa, u albatta yuqoridagi qayd etilgan kamchiliklardan holi bo’ladi deb o’ylaymiz. Ayniqsa boshlang’ich sinflar o’ta zarur bo’lgan tafakkurni o’stirishda ta’lim tamoyillaridan doimiy, izchil foydalanib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |