5 Mar’uza
Mavzu: Oilaviy MTT moddiy texnik bazasini shaklllantirishning muhim jihatlari.
Reja:
Oilaviy MTTlarni tashkil etish ijtimoiy zaruriyat
Oilaviy MTT tashkil etish uchun kredit olish tartibi
Oilaviy MTTlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari
Tayanch so‘z va iboralar: Oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasi, yakka tartibdagi tadbirkor, kredit, yuridik shaxs, davlat-xususiy sherikchilik., hisobvaraq, ruxsatnoma, DXSH.
Oilaviy MTTlarni tashkil etish ijtimoiy zaruriyat
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faqat davlat-xususiy sherikchiligining oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Demak, siz oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasini shahaharda tashkil eta olmaysiz . Shuningdek, oilaviy bog‘cha ochish uchun yuridik shaxs tashkil etish shart emas. Ya’ni , oilaviy bog‘cha tashkil etish uchun qonunda belgilangan tartibda Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yhatdan o‘tishning o‘zi yetarli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
Taʼlim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash;
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining vazifalari:
Taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;
Bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
Bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
Bolalarda xalqimizning yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻularini shakllantirish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faolyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi. Ya’ni, oilaviy bog‘cha ochish uchun litsenziya olishingiz shart emas.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolangandan so‘ng faoliyatini boshlaydi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 7-12 nafar bolalarga tarbiya berishga yo‘l qo‘yiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan uyda bolalarning sog‘lom o‘sishi va tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, bino va inshootlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya nazoratining santariya qoidalari, normalari va gigena normativlariga mos bolishi lozim.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti ota-onalarning istak va talablaridan kelib chiqib (bog‘chani tashkil etgan shaxs) tomonidan belgilanadi. MTTda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi kunlik ish tartibi joriy etiladi.: 9 soatli. 4 soatli
Do'stlaringiz bilan baham: |